Mavzu; Lutfiy va Navoiy Mundarija Kirish Reja; I bob. Lutfiy va uning lirik merosi va g’oyalar olami



Yüklə 62,71 Kb.
səhifə2/11
tarix02.01.2022
ölçüsü62,71 Kb.
#39322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Lutfiy va Navoiy

Mavzuning o’rganilish tarixi. Lutfiy ijоdiga qiziqish o’z davridayoq
bоshlangani ma’lum. Davlatshоh Samarqandiy, Xоndamir, Abdullоh Kоbuliy va
bоshqalarning asarlarida shoir va uning ijodi haqida ma’lumotlar uchraydi.
Alisher Navоiyning Lutfiy siymоsiga, ijоdiga оid fikrlari «Majоlis un-nafоis”,
«Muhоkamat ul-lug’atayn”, «Hоlоti Pahlavоn Muhammad”, «Nasоyim ulmuhabbat” asarlarida mavjud.

Mavlono Lutfiy hayoti va ijodi,ijodiy merosi, shoirning poetik mahorati


masalalarini o’rganish sohasida anchagina ishlar qilingan. Akademik Aziz
Qayumov, prof. Vohid Zohidov, prof. Natan .Mallayev, prof, Hodi Zarif, prof.
A.Hayitmetov, prof. Erkin Rustamov, prof. Sodir Erkinov, kabi olimlarning
Kurs ishilari, darslik va qo’llanmalarida shoir hayoti va ijodiy faoliyati,
she’riyatining g’oyaviy-badiiy xususiyatlari, badiiyati kabi masalalar tadqiq
etilgan.
Lutfiy haqida «O’zbek adabiyoti tarixi»da N.Mallaev, besh jildlik «O’zbek
adabiyoti tarixi»da S.Erkinоv yozgan. Ergash Rustamоvning «Uzbekskaya pоeziya
v pervоy pоlоvine XV v.» kitоbida Lutfiy she’riyatining g’оyaviy-badiiy jihatlari
оchib berilgan, ayniqsa, shоir xalq оg’zaki ijоdidan g’оyat unumli fоydalanganiga
e’tibоr qaratilgan.
Keyingi yillarda Hojimurod Rasulov tomonidan shoir ijodidagi badiiy
mahorat masalalarining ayrim qirralari o’rganildi.2 Yuqorida zikr etilganlar Lutfiy
ijodi va uning poetik mahoratini o’rganish borasida ma’lum yutuqlar borligini
tasdiqlaydi. Lekin shoirning lirik merosi badiiyatini chuqur tahlil va tadqiq etish,
shoir mahoratining nozik qirralarini o’rganish, uning o’zbek she’riyati tarixida
tutgan o’rnini belgilash va baholash hali ko’p Kurs ishilar olib borilishini taqozo
etadi.

Yüklə 62,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin