Mavzu: Magniy qotishmalari markalari
va ishlatish sohalari
Reja:
Magniy va uning qotishmlari.
Quyma magniy qotishmalari.
Magniy juda yengil metall bo'lib, och kulrang ko'rinishga ega, uning zichligi esa 1,74 g/sm
3 ga teng.
Geksogonal kristall panjaraga ega bo'lib, kimyoviy faolligi katta, hatto havoda o'z-o'zidan yonadi. Texnik tozalikka ega bo'lgan magniyning uchta tamg'asi(markalanishi) ma'lum:
Mr 90 (99,90 %Mg)
Mr 95 (99,95% Mg) va
Mr 96 (99,96% Mg).
Quyma magniyning mexanik xossalari quyidagicha: ϭ
b =115MPa, ϭ
0,
2=25MPa δ= 8 %, HB=40 MPa.
Magniyning Al, Zn, Mn bilan hosil qilgan qotishmalari ma'lum. Magniy qotishmalarining holat diagrammalari alyuminiy qotishmalarinikiga o’xshash bo’lib, ular ham deformatsiyalanadigan va quyma qotishmalarga bo’linadi. Shuning uchun termik ishlov turkumlari alyuminiy qotishmalariga beriladigan termik ishlash turkumiga o'xshash. Magniy qotishmalariga toblash va eskirtirish berilgandan keyin mustahkamlik bir oz oshadi. Qotishmalarni toblash uchun 3 80...420
0 C, eskirtirish uchun esa 200...300
0 C qizdiriladi. Magniy qotishmalarini termik ishlash
xususiyati shundan iboratki, ularda diffuzion jarayon sekin borganligi uchun, toblash haroratida ko'proq (4...24 soat) ushlab turishga to'g'ri keladi. Eskirtirish haroratida ham uzoq vaqt (16…24 soat) ushlab turiladi. Buning natijasida deformatsiyalangan qotishmaning: (b ko'rsatkichi 10...30% va quyma qotishmaniki 30...60% ga oshadi. Magniy qotishmalaridan avtomashina,
samolyot, yigiruv va to’qimachilik dastgohlari vositalarini tayyorlashda keng qo’llaniladi.
Magniyli qotishmalar - asosini magniy tashkil qiladigan qotishmalar. Magniyli qotishmalarda 12% gacha A1, Zn, Mn, Zr, Th, Sa, Se va boshqa elementlar boʻladi. Sof holdagi magniyli buyumlar ishlab chiqarishda material sifatida ishlatib boʻlmaydi, chunki ularning fizik-mexanik mustahkamligi past. Eng mustaxkam va olovbardosh Magniyli qotishmalar magniy-metall tizimlari asosida ishlab chiqilgan. Qotishmaning asosini qattiq eritmalar tashkil etadi.
Dastlabki Magniyli qotishmalar 20-asr boshlarida paydo boʻlgan ("Elektron" nomi bilan atalardi). 20—30-yillarga kelib sanoatda ularning ahamiyati oshdi. 40- yillargacha, asosan, Mg—Al—Zn va Mg—Mn
tizimi asosidagi, 50-yillardan