Magniy qotishmalarini eritishda va quymalar olishda qotishma yonib ketmasligi uchun zarur choralar ko'rish kerak. Buning uchun qotishma temir qozon (tigel)da eritilib, eritma flyus (ko'pik) ostida bo'lishi kerak, quyish vaqtida esa oqib tushayotgan suyuqlik ustiga oltingugurt kukuni sepilsa, hosil bo'layotgan oltingugurt gazi uni yonishdan saqlaydi. Qum tuproqli qoliplarga quyilayotganda
oksidlanishni kamaytirish uchun qum tuproq tarkibiga maxsus qo'shimcha, masalan alyuminiyning ftorli tuzi qo'shiladi.
Deformatsiyalanadigan magniy qotishmalari.Deformatsiyalanadigan qotishmalarni jo'valashda, tunuka, shakldor buyumlar olishda, pokovka va shtamplashda issiqlayin plastik deformatsiyalanadi. Gap shundaki, magniy qotishmalarining kristall tuzilishi geksogonal panjaraga ega bo'lib, past haroratda mustahkamligi kam, chunki siljish faqat bazis tekisligidagi (0001) yuzalar bo'yicha bo'ladi. Agar qotishmalarni 200...300 oC ga qizdirib bosim ostida ishlansa, qo'shimcha ravishda siljish yuzalari (1011) va (1120) paydo bo'ladi, natijada plastiklik ortadi. Shu sababli qotishmalarni yuqori haroratda bosim ostida ishlanadi. Lekin deformatsiya tezligi qancha kam bo'lsa, magniy qotishmalarining texnologik plastikligi shuncha yuqori bo'ladi. Qotishma tarkibiga qarab, masalan presslashni 300...480 oC, jo'valashni esa 340...440 oC da boshlab 220...250 oC da tamomlash kerak. Shtamplash yopiq shtamplashlarda o'tkazilib, qotishmani 280...480 oC ga qizdirish kerak. Lekin bunda mexanik xossalarning katta anizatropiyasiga ega bo'linadi. Sovuqlayin plastik deformatsiyalashda esa ko'plab oraliq rekristallizatsion yumshatish o'tkazishga to'g'ri keladi.
Deformatsiyalanadigan magniy qotishmalari (8.1-jadval) ichida MA1 yuqori texnologik plastiklikka ega, yaxshi payvandlanadi va korroziyabardoshdir. Lekin mexanik xossalari bo'yicha mustahkamligi kam qotishmalar qatoriga kiradi. Bu qotishmaga qo'shimcha ravishda 0,2% Ge (MA8) qo'shilsa, mayda donadorlikka ega bo'ladi, mexanik xossalar ham oshadi, sovuq deformatsiyalash mumkin bo'ladi. MA2-1 qotishma Mg-Al-Zn turkumiga kirib yuqori mexanik xossalarga ega, yaxshi payvandlanadi. Lekin jo'valash va list shtamplash oson bo'lgan holda kuchlanish holatida korroziyalanishga moyilligi bor.
MA14 qotishma ham yuqori mexanik xossaga ega bo'lib, 2500 C dan pastda olovbardosh hisoblanadi va kuchlanish holatida korroziyaga moyilligi yo'q (korroziyabardosh). Lekin issiqlayin jo'valashda darzlar hosil bo'lishi mumkin. Qotishmani 160...1700C qizdirib eskirtirish (T5) orqali xossalarini yaxshilash mumkin. Birlamchi toblashni presslash haroratida havoda sovitish mumkin. Korroziyaga bardoshligi kam bo'lganligi uchun magniy qotishmalaridan tayyorlangan buyumlarning usti qismi oksid qatlami bilan qoplanadi. Oksidlangan qatlam yuzasi polimer bo'yoq bilan qoplanadi.