Yaponiya iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakat.YIM(XQP) ning umumiy hajmiga ko‘ra dunyoda AQSH, Xitoy va Hindistondan keyingi to‘rtinchi o‘rinni egallaydi
Yaponiyada xizmat ko'rsatish sohasi sanoatni rivojlanishi taʼminlovchi sektor sifatida shakllanib kelgan. Chakana va ulgurji savdoning ulushi xizmat koʻrsatishda ustuvor, 1980 yillardan reklama, maʼlumotlarni qayta ishlash, nashriyot,turizm, dam olish sohalari, koʻngilochar va boshqa sohalar jadal rivojlandi. Xizmat koʻrsatish sohalarining aksariyati dastlab kichik hajmda faoliyat yurituvchi va mehnat sigʻimkorligi yuqori bo’lgan, hukumat tomonidan kompyuter va elektron mahsulotlarning xizmat koʻrsatish sohasida qoʻllanishi yoʻlga qoʻllanishi qoʻyilib texnologik jihatdan rivojlanib bordi. Xizmat koʻrsatish sohasida bandlar ulushi, 75%ni tashkil etadi. Yaponiyada nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari ichida savdo,moliyaviy va sugʻurta xizmatlari hamda bank xizmatlarini koʻrsatish yuqori oʻrin egallaydi. Yaponiya igtisodiyotida axborot, turizm, aloqa xizmatlarining roli oshmoqda.
Savdo Yaponiya savdosi qoʻshilgan qiymatyaratilgan tovarlar savdosiga asoslanadi. Mamlakat xom-ashyoni import qilib, soʻngra uni qayta ishlaydi va qoʻshilgan qiymat yaratilgan sanoat tovorlarini eksport qiladi. Yaponiya imperiyasi davrida Yaponiyada savdo yengil sanoatga ixtisoslashgan edi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng mamlakat, neft va yoqilgʻi mahsulotlarini import qilib, mashinasozlik, avtomobilsozlik, yarimoʻtkazgichlar, yugori texnologik uskunalarni eksport qila boshladi. Bu davrda savdo ogʻir sanoat va kimyo sanoati mahsulotlariga ixtisoslashdi. 1980 yildan Yaponiya savdo balansi ijobiy boʻla boshladi. AQSH va Yaponiya oʻrtasida bir necha bor savdo nizolari kelib chiqa boshladi. Yaponiya kompaniyalari 1990 yillardan boshlab qator ishlab chigarish zavodlarni Osiyo mamlakatlariga koʻchira boshladi. Osiyo mamkatalrida ishlab chiqilgan tovarlarni esa import qilishga oʻtdi.
Moliya Yaponiyada moliya bozori rivojlangan, xizmatlar diversifikatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan. Mamlakat iqtisodiyoti moliya bozorining infrastrukturasining rivojlanganligi oʻz zaxiralarini va mavjud resurslarini samarali ishlata olgan. Mamlakatda faoliyat yurituvchi eng yirik konglomeratlarham aynan markazi bank boʻlgan moliya-sanoat guruhlari. 2019 moliya yilida boshlangʻich umumiy hisoblar byudjetidan asosiy xarajatlar ijtimoiy taʼminot (34,2 foiz), davlat qarziga xizmat koʻrsatish (23,6 foiz); mahalliy ajratmalar, soliq imtiyozlari va boshqalar (16,1 foiz), jamoat ishlari (6,1 foiz), taʼlim va fan (5,4 foiz) va milliy mudofaa (5,2 foiz) uchun ajratilgan.