Mavzu: Maktabga tayyorlov guruhlarida bolalarni rasm chizishga o‘rgatish Reja


Hamma yosh guruhlar uchin rasm chizish faoliyatiga o‘rgatishning asosiy umumiy vazifalari quyidagilar



Yüklə 19,6 Kb.
səhifə2/6
tarix07.01.2024
ölçüsü19,6 Kb.
#208131
1   2   3   4   5   6
Mavzu Maktabga tayyorlov guruhlarida bolalarni rasm chizishga o-fayllar.org

Hamma yosh guruhlar uchin rasm chizish faoliyatiga o‘rgatishning asosiy umumiy vazifalari quyidagilar:
  1. Predmetning shakli va tuzilishini tasvirlashga, ularning qismlarini o‘zaro proporsiyalashni ko‘rsatib berishga, harakat natijasida ularda o‘zgatishlarda o‘rgatish.


  2. Tasvirlashni obrazli yorqin qiladigan ba’zi bir xarakterli qismlarni tasvirlashga o‘rgatish.


  3. Predmetning rangini, uning mazmuni va obraz xarakterini o‘zaro birlashtirib berishga o‘rgatish.


  4. Bo‘yoq, rangli qalam va boshqa materiallar bilan chizishda texnik ko‘nikmalarni rivojlantirish.




Kichik guruhda o‘rgatishning mazmuni va vazifalari. Ikki yoshli bola qalam, mo‘yqalamni to‘g‘ri ushlashi mumkin, lekin uning tajribalari kam, bajara olish va bilish qobiliyatlari yo‘q, qo‘l harakatlari yetarlicha rivojlanmagan. Shuning uchun asosiy vazifalar bolalarga umumiy tarbiyaviy ta’sir qilish bilan bog‘liqdir.
Kichik guruhda o‘rgatishning vazifalari quyidagilar:
  • Rasm chizish jarayoniga qiziqishni uyg‘otish.


  • Rasm chizish materiallari “qalam, bo‘yoqlar” va ulardan foydalanish usullari bilan tanishtirish.


  • Katta yoshli odam chizgan rasmni, predmetning tasviri deb tushunishni o‘rgatish.


  • To‘g‘ri va egri chiziqlarni, shakllarni chizishni o‘rgatish.


B u guruhning dasturi keyingi guruhlarning dasturidan bosqichma-bosqichmurakkablashib borishi bilan farqlanadi. Rasm chizishning birinchi mashg‘uloti qog‘oz va qalam bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bu materiallarning o‘yinchoqlardan bolalarga ma’lum bo‘lgan turli xil predmetlardan farq қилишиниpedagog bolalarga tushuntiradi. Qalamlar bilan turli faoliyat turlarini bajarish mumkin. Qog‘oz toza edi, qalamning harakatlanishidan unda izlar paydo bo‘ldi. Qalamning ochilgan uchi qog‘ozda iz qoldiradi. Ikki uchi esa, iz qoldirmaydi. Agar sekin bosilsa, qog‘ozda uning izlari ko‘rinmaydi. Agar qattiq bosilsa, qog‘oz yirtilib ketishi mumkin.


Bunday tushuntirishni va harakatlarni ko‘rsatib berish bolalarda rasm chizishga qiziqishni o‘yg‘otadi. Bulardan tashqari oddiy texnik ko‘nikmalarni qalam, mo‘yqalamni to‘g‘ri ushlash, ulardan tartibli foydalanish. Bo‘yoqni mo‘yqalamning uchiga olishni bilish kabilarni o‘rgatishni dastur o‘z ichiga olgan.
Bu guruh bolalar (3 yoshli bolalar) psixologik jihatdan rivojlanadi, turmush tajribalari o‘sadi. Tarbiyachi bu yoshdagi bolalar bilan rasm bo‘yicha mashg‘ulot olib borganda bolalarning rasmga nisbatan qiziqishlarini orttiradi. Bu guruhda bolalarning rasm ishining sifati emas, balki ish jarayoni qiziqtiradi. Rasm bo‘yicha barcha guruh bolalari tarbiyachining og‘zaki ko‘rsatmalarini tinglashga, tarbiyachining ko‘rsatib bergan usullarini bajarishga o‘rganib boradilar. Bu yoshdagi bolalar rasm faoliyatida tezda o‘yin faoliyatiga o‘tish bilan ajralib turadi.
M asalan: doirachalar chizib, uni ichini qalam bilan urib chiqib, uni qush don cho‘qiyapti deb ifodalaydi. Bunda yosh bolalarning rang tanlash malakasi shakllanadi. Bolaning diqqatini ularga yoqqan ranglar tortadi. Bolalar tasvirlash jarayonida so‘z bilan ifodalashga o‘rganadilar. Rasmda tasvirlay olmagan voqealarni so‘z bilan to‘ldiradi. Bolalarda mustaqillik, faollik o‘sadi. Tarbiyachi bolalarga mashg‘ulotda olgan bilim va ko‘nikmalardan mustaqil foydalanish imkoniyatini tug‘diradi. Kichik guruhda bolalarni narsalarni tasvirlash usullariga o‘rgatib boriladi. Bolalar turli shakldagi predmetlarni tasvirlashga o‘rgatiladi, doira, to‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchak va turli yo‘nalishdagi chiziqlar to‘plamidan iborat narsalarni chizadilar.
Predmetlarni shaklini to‘g‘ri tasvirlashga o‘rgatish uchun bolalarni qo‘llarini shakliy harakat qilishga o‘rgatish lozim. Bolalarni predmet shakli bilan qo‘lning shakl harakatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rgatish lozim. Tarbiyachi predmetni tasvirlashga o‘rgatishdan oldin, uni mashg‘ulot oldidan ko‘rib chiqadi, ya’ni kuzatish olib boradi. Bolalar jonu-dili bilan turli rangdagi koptoklar, sharlar va archa munchoqlarini tasvirlaydilar. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklini tasvirlashga bolalar bu guruhda qiynaladilar, shuning uchun bu shakl yilning 2-yarmida beriladi. Bolalar archa, daraxt tursa yiqilmas qo‘g‘irchoq, aravachani tasvirlaydi. Ranglarni qizil, sariq, ko‘k, yashil, qora, oqlarni bilishga o‘rgatiladi. Shuningdek, rang aralashtirishlarni (pushti, havo rang va zarg‘aldoq, jigarrang) tavsiya etish mumkin. Bu guruh bolalarini ranglarni to‘g‘ri atash va tasvirlash aniq talab etilmaydi, ammo tarbiyachi astasekin predmetlarni rang tusini haqqoniy tasvirlashga o‘rgatib borishi kerak. Masalan: ko‘m-ko‘k o‘tlar o‘smoqda, o‘tlarda sap-sariq jo‘jalar o‘tlab yurishibdi va hokazo. Bu guruhda bolalarning mazmun jihatidan juda sust bo‘ladi, ya’ni ishlar mazmuni asosan so‘zda ifodalaniladi. Masalan: mashina chizib, so‘z bilan mazmun beradi, u bu mashina yurib ketdi yoki yuk olib kelyapti. Mashg‘ulot davomida bolalar bir turdagi predmetlarni bir necha marta tasvirlashni o‘rganadilar. Bu esa, bolalarni texnik ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. Rasm davomida ishni tezda tugatgan bolalarga tarbiyachi rasm mazmunini kengaytirish maqsadida yangi vazifalar berishi mumkin. Masalan: o‘t ustida yurgan jo‘jalar yonida don yoki turli chuvalchanglarni chizishni tavsiya etish mumkin va bu bilan bolalar chizgan ishlarini mazmunan boyitib borish va bolalarni ham shunga o‘rgatib borish lozim.

Yüklə 19,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin