Mavzu: Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha pedagogika fanining predmeti va vazifalari. Reja


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar?



Yüklə 410,7 Kb.
səhifə46/50
tarix20.10.2023
ölçüsü410,7 Kb.
#158214
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Mavzu Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha p-fayllar.org

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar?
1.Sensor tarbiya vazifalari nimalardan iborat?

2.Sensor tarbiyaning asosiy tekshirishusulinimalardan iborat?


3. Sensor tarbiyaning maqsadi nimalardan iborat?
4.Maktabgacha yoshdagi bolalar aqliy bilimlarining necha foizi sezish orqali amalga oshiriladi?
5. Sensor tarbiyaninng mazmun mohiyatini yoriting.
6.Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyasini rivojlantirishda sensor tarbiyaning ahamiyati?
7.Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyasini rivojlantirishda sensor tarbiyaning ahamiyati nimalardan iborat?
Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyasi.
1.Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyasi.
2.Maktabgacha yoshdagi bolalarga axloqiy tarbiya berish mazmuni.
Tayanch tushunchalar: axloqiy tarbiya, kamolot, mustaqil, ezgulik, rivojlanish, bilim, talab, jarayon
Insoniyat taraqqiyotida axloq muhim o‘rin tutadi. Sharqning buyuk mutafakkirlari insonni axloqiy kamol toptirish, uni har tomonlama rivojlantirish, maʼnaviy qiyofasini shakllantirish jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri, deb qarashgan. Inson axloqiy, umuman maʼnaviy va maʼrifiy jihatdan kamol topishi jarayonida turli tarixiy bosqichlardan – johillik, nodonlikdan ilmga, yovuzlikdan ezgulikka, vahshiylikdan insoniylikka o‘tarkan, jamiyat ham shu tariqa rivojlanadi. Ikki muqobil ibtido – yovuzlik va ezgulik, jaholat va kamolatning o‘zaro kurashi inson va jamiyat taraqqiyotini belgilagan, inson aql-zakovat sohibi sifatida o‘zini anglashiga olib kelgan. Bu ikki muqobil kuch kurashi jamiyatdagi mavjud ijtimoiy munosabatlarda ifodalansa, insonga nisbatan uning ichki olamiga xos nafs bilan qalb, aql bilan aqlsizlik o‘rtasidagi kurashda ifodalanadi. Axloq muayyan jamiyat va davrda o‘zgarishlarga uchrashi, rivojlanishi, so‘nishi mumkin. Har bir xalqning yoki millatning o‘ziga xos axloqi bilan bir qatorda, umumbashariy axloq meʼyorlari ham bor. Bunday axloq meʼyorlari jamiyatning umumiy taraqqiyotiga samarali taʼsir ko‘rsatadi
Axloq so'zi - lotincha «myeros», ya’ni moral, mantiq so'zidan kelib chiqib, u hech qayerda qat’iy yozib qo'yilmagan ijtimoiy qonundir. Inson kundalik hayotida undan (axloq normalaridan) norma sifatida foydalanadi. Axloqiy tarbiya normalari har bir jamiyatning huquqiy normalariga asos bo'ladi. Axloqiy tarbiyada kishi axloqiy bilimlarni o'zlashtiribgina qolmay, har qanday vaziyatlarda o'zini ana shu normalarga munosib tuta oladigan kishilar axloqiy tarbiyalangan hisoblanadi. Axloqiy tarbiyalangan kishida barqaror ma’naviy motivlar shakllangan bo'ladi. Bu motivlar esa o'sha kishini jamiyatda munosib xulq-atvorga rag'batlantiradi. Yosh avlodni jamiyatga, mehnatga, o'ziga munosabatni ochib beruvchi ma'naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash tarbiyalanuvchi shaxsni, axloqiy tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslarini chuqur bilishni talab qiladigan murakkab jarayondir. Axloqiy bilimlarni ongli ravishda o'zlashtirib olishgina o'quvchilarga atrofdagi kishi­lar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi.
Axloqiy tushunchalarning turli yosh davrlarida
Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo'lgan ma’lum xatti-harakat qoidalari yig'indisidir.
Axloq odamlarning bir-biriga, jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, oilaga munosabatini muayyan tartibga soladigan xatti-harakat qoidalari tizimida namoyon bo'ladi.
Axloq - kishining ichki olami, e’tiqodi, fazilatlari sifatida mavjud bo'lsa, odob - shaxsning ko'zga tashlanadigan mulozamati, xulq-atvori, muomala-munosabatlarida namoyon bo'ladi.
Qadimgi faylasuflar-u, donishmandlar ijodida odob-axloq malasalari markaziy o'rinni egallab kelgan. Ular axloq-odobni jamiyatning «poydevori» deganlar. Shuning uchun jamiyatning har bir a'zosining xulqi-odobiga alohida e'tibor bilan qaraladi.
Muqaddas Qur'oni Karimda va payg'ambarimiz Muhammad Alayhissalomning hadislarida insoniy axloq-odobning barcha qirralari o'z ifodasini topgan.
Quyidagi hadislarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin: «Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham yaxshilangizlar», «Men barcha yaxshi axloqni takomillashtirish uchun yuborilganman», «Mo'min kishida quyidagi ikki xislat bo'lmasligi kerak: baxillik va axloqsizlik».
Ma'lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo'lmish ilmu ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti deb bilganlar.
Albatta, ta’Iim-tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni xalq ma'naviyatini boyitadigan eng muhim omildir».
Husayn Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy» asari shaxsiy, oilaviy va fuqarolik axloq asoslarini o'z ichiga olgan. U 40 bobdan iborat. Muallif asarda adolat, sabr, yoqimlilik, hayo, odob, ishonch, va’daga vafo qilish masalalari haqida so'z yuritadi.
Jaloliddin Davoniyning «Axloqi Jaloliy» asarida axloqiy muammolar, ijtimoiy-falsafiy masalalar tahlil qilinadi. Asarni yozishda muallif Arastu, Aflotun, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sinolarning axloqiy ta'limotlaridan foydalangan. Risola uch qismdan iborat bo'lib, birinchi qismida xulqiy tarbiya va axloqiy xislatlarni egallash haqida so'z yuritib, axloqning asosiy tushunchalari: donolik, adolat, iffatga mufassal to'xtalgan, axloq ilmining maqsad va vazifalari belgilab berilgan. Ikkinchi qism oila va oilaviy hayot masalalariga bag'ishlangan. Unda bolalarni tar­biyalash va kamolga yetkazish, kasb-hunarni egallash yoritiladi. Uchinchi qism ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag'ishlangan.
Ahmad Yugnakiyning «Hibbat-ul-haqqoyiq» asari ta'limiy-axloqiy yo'nalishda yozilgan bo'lib, bilimlilik, adolat, saxovat kabi xislatlar ulug'lanadi, yetuk insonni tarbiyalash g'oyasi ilgari suriladi.
Amir Temur «Axloqiy Husniya» - yaxshi xulqlar egasi bo'lgan. U oqil va tadbirli sarkarda sifatida odamlarni ish­ga tayinlashda ham, vazifasidan ozod etishda ham shoshma-shosharlik va adolatsizlikka yo'l qo'ymagan. Amir Temur singari jahon ma’naviyati saltanatida o'z o'rinlariga ega bo'lgan buyuk bobokalonlarimizning axloq, go'zal xulq haqidagi fikrlari bugungi kun talabi bilan yozilgandek tuyuladi.
Amir Temurning vasiyatlaridan xalqiga cheksiz sodiqligini, millatini ulug'laganini, ozodlik uchun kurashuvchan, axloq­iy madaniyati yuksakligini ko'rish mumkin: «Millatning dardiga darmon bo'ling. Zaiflarni qo'riqlang, yo'qsinlarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo'lsin».
Ota-bobolarimizning asrlar davomida to'plagan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etgan yodgorliklar orasida Xorazm vohasi hududida yaratilgan bebaho ma’naviy obida «Avesto» kitobi alohida o'rin tutadi. Ana shunday o'lmas asori-atiqalar bu ko'hna o'lkada, bugun biz yashab turgan tuproqda qadimdan buyuk madaniyat mavjud bo'lganidan guvohlikberadi. «Avesto»ning tub ma'no-mohiyatini belgilab beradigan «Ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal» degan tamoyilni oladigan bo'lsak, unda hozirgi zamon uchun ibrat bo'ladigan axloqiy saboqlar borligini ko'rish mumkin.
Ma'lumki har bir xalqning o'z afsonaviy qahramonlari, pahlavonlari bo'ladi. Shu ma'noda xalq og'zaki ijodining noyob durdonasi bo'lmish «Alpomish» dostoni millatimizning o'zligini namoyon etadigan, avlodlardan avlodlarga o'tib kelayotgan qahramonlik qo'shig'idir. Bu mumtoz asarda tarix to'fonlaridan, hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib, o'zligini saqlagan, el-yurtimizning bag'rikenglik, matonat, olijanoblik, vafo va sadoqat kabi axloqiy fazilatlari o'z ifodasini topgan. Shu bois «Alpomish» dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlari- dan saboq beradi9.
Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» kitobi- ning «Haqqoniyat» deb atalgan bobida rostlik va to'g'riso'zlikni insonning eng insoniy sifatlaridan biri deb hisoblaydi. U bola tarbiyasida o'sayotgan shart-sharoit va tarbiyaning roliga alo­hida e’tibor beriladi.
A.Navoiy ijodida ham axloq-odob masalalariga katta ahamiyat berilgan.
«Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha odamlar uchun yoqimlirog'idir» - deydi mutafakkir A.Navoiy.
A.Navoiyning «Mahbub-ul qulub» asarida odob, axloqqa oid g'oyalar ilgari surilgan. Insonparvarlik g'oyalari ulug'langan.
Pedagogika fani yosh avlodni axloqiy rivojlanishida tarbi­ya va ta'limni muhim omil deb hisoblaydi. Pedagogika va ruhiyatga oid tadqiqotlar natijalarining ko'rsatishicha, Maktabga­cha ta’lim davri bolaning ma'naviy shakllanishida eng muhim bosqichidir. Shu davrda ma'lum maqsadga qaratilgan ta’Iim- tarbiya ta'sirida shaxsning axloqiy sifatlari shakllana boshlay- di. 6-7 yoshda ijobiy xulq normalarining ancha barqaror shak­li yuzaga keladi. Bola atrofdagilar bilan bo'ladigan munosabatlarida egallab olgan axloq normalariga asoslangan holda ish tutadigan bo'lib qoladi. Shuning uchun bolalarga ilk yoshdan boshlab axloqiy tarbiya berib borish muhimdir.Insoniyat taraqqiyotida axloq muhim o‘rin tutadi. Sharqning buyuk mutafakkirlari insonni axloqiy kamol toptirish, uni har tomonlama rivojlantirish, maʼnaviy qiyofasini shakllantirish jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri, deb qarashgan. Inson axloqiy, umuman maʼnaviy va maʼrifiy jihatdan kamol topishi jarayonida turli tarixiy bosqichlardan – johillik, nodonlikdan ilmga, yovuzlikdan ezgulikka, vahshiylikdan insoniylikka o‘tarkan, jamiyat ham shu tariqa rivojlanadi. Ikki muqobil ibtido – yovuzlik va ezgulik, jaholat va kamolatning o‘zaro kurashi inson va jamiyat taraqqiyotini belgilagan, inson aql-zakovat sohibi sifatida o‘zini anglashiga olib kelgan. Bu ikki muqobil kuch kurashi jamiyatdagi mavjud ijtimoiy munosabatlarda ifodalansa, insonga nisbatan uning ichki olamiga xos nafs bilan qalb, aql bilan aqlsizlik o‘rtasidagi kurashda ifodalanadi. Axloq muayyan jamiyat va davrda o‘zgarishlarga uchrashi, rivojlanishi, so‘nishi mumkin. Har bir xalqning yoki millatning o‘ziga xos axloqi bilan bir qatorda, umumbashariy axloq meʼyorlari ham bor. Bunday axloq meʼyorlari jamiyatning umumiy taraqqiyotiga samarali taʼsir ko‘rsatadi.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning ma'naviy dunyosini, uning Axloqiy bilim berish bir qancha tarbiyaviy vazifalarni bajaradi, inson hayoti va madaniyatining axloqiy qadriyatlari to'g'risida keng tasavvur, tushunchalar beradi. Axloqiy tasav­vurlar, qarash, mulohaza, baho berish kabi tushunchalarni shakllantirishga va shu asosda axloqiy e’tiqodni yuksaltirishga ta’sir ko'rsatadi, ya'ni:
Bolalarni o'zlarining axloqiy tajribalarini mushohada qilishlari va boyitishlariga yordam beradi;
Shaxsni o'zini axloqiy tarbiyalashga zamin yaratadi.
Axloqiy bilim, asosan axloqiy suhbatlar, ma’ruzalar, kechalar, turli kasb egalari bilan uchrashuvlar va boshqa vositalar bi­lan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida axloqiy tarbiya berish har xil vositalar yordamida amalga oshiriladi. Birinchi galda bolalarni har xil faoliyatlar vositasida kattalar mehnati bilan tanishtirish, mashg'ulotlarda va mashg'ulotlardan tashqari vaqtlarda ta’lim berish orqali amalga oshiriladi.
Har xil bayramlar, ijtimoiy hayot voqealari, bolalar adabiyoti, musiqa, o'yin materiallari, ommaviy axborot vositalari-oynayi jahon, radio va boshqalar bolalarning axloqiy tarbiyasiga katta ta’sir ko'rsatadi.
Kichik yoshli bolalar axloqiy tasavvur va bilimlarni faqat o'yin mashg'ulotlarida yaxshi o'zlashtirib oladilar. Bolalar tomonidan o'zlashtirib olingan axloqiy tasavvurlarni ular ongli ravishda tushunib yetishlari dastlab mashg'ulotlarda, ke­yinchalik o'yin, mehnat jarayonlarida, sayrda, mustaqil faoliyatlar orqali amalga oshiriladi.

Yüklə 410,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin