KIRISH O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev rahbarligida 2017 yil 16 avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yildi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda qator yirik hujjatlar — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli Qarori, 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi - faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli Qarori qabul qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta`lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” 2019 yil 13 maydagi 319 qarori hamda O`zbekiston Respublikasining “Ilk qadam” davlat o`quv dasturini ijrosini ta`minlash, Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida yuritilayotgan ish hujjatlarini tartibga solish maqsadida 2019 yil 30 avgust kuni 155-sonli “Davlat Maktabgacha ta`lim tashkilotlari pedagog xodimlarining ish xujjatlarini tasdiqlash” to`g`risidagi buyrug`i, Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-oktabrda qabul qilingan “Naktabgacha ta`lim va tarbiya to`g`risida” gi Qonuni qabul qilindi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan Maktabgacha sohasiga katta e`tibordan ruhlanib, faoliyatimizni yanada samarali tashkil etishimiz lozim.
Mazkur qo`llanma maktabgacha ta’lim mutaxassislarini maktabgacha ta’lim sohasidagi faoliyatini tubdan yaxshilashga qaratilgan ko‘nikmalarini shakllantirish hamda bu orqali ta’lim samaradorligini oshirishdagi ishtirokini ta’minlashga nazariy va amliy jixatdan yordam beradi degan umiddamiz.