Mavzu: maktabgacha ta`lim bo`limlari faoliyati reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Maktabgacha ta’limning ustuvor vazifalari



Yüklə 63,04 Kb.
səhifə5/10
tarix16.05.2023
ölçüsü63,04 Kb.
#114626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
(12.)MAKTABGACHA TA`LIM BO`LIMLARI FAOLIYATI

2.3.Maktabgacha ta’limning ustuvor vazifalari.
Mashg‘ulot rejasida bolalarning xulq-atvori, qiziqishi, rivojlanish darajasiga qarab yakka tartibdagi ishlar ham rejalashtiriladi. Umumiy rivojlanishi biroz orqada kolayotgan, diqqati tarqoq, o‘ziga ishonchi yo‘q yoki o‘zi to‘g‘risida yuqori fikrli bolalarga ko‘proq e’tibor berish kerak.
Shunday qilib, kalendar rejaga mashg‘ulotning dastur mazmuni, metodik usul unga kerakli ko‘rgazma va tarqatma materiallar, bolalar bilan individual ishlash rejalashtiriladi.
Sayrni rejalashtirish.
1. Qoidali o‘yinlarning ta’lim-tarbiyaviy vazifasi ko‘rsatilgan xolda rejalashtiriladi. Kichik guruhda bitta yangi o‘yin yoki tanish o‘yinni rejalashtirish mumkin katta guruxda ham bolalarga tanish bo‘lgan 2 o‘yinni sayrning boshida va oxirida rejalashtirgan ma’qul.
2. Tabiatdagi, ijtimoiy xayotdagi voqea-xodisalarni kuzatish rejalashtiriladi. Masalan: harakatlanayotgan transportni, bayramga bezatilgan ko‘chani, farroshning ishini va shunga o‘xshashlarii kuzatish; barg yozayotgan, gullab turgan o‘simliklarni, yog‘ayotgan qor va hokazolarni kuzatish rejalashtiriladi. Bular xaftasiga 5-6 marta kuzatiladi. Ob-havoni kuzatishni oldindan rejalashtirib bo‘lmaydi. Buni kalendar rejasiga quyidagicha yoziladi: yaqin orada (xafta davomida) qor yog‘ishini kuzatish. Bu tadbir o‘tkaziladigan mashg‘ulot bilan uzviy bog‘lik bo‘lishi kerak.
3. Bolalarning maydonchadagi, polizdagi mehnati rejalashtiriladi:
a) tabiatdagi mehnat (daraxt o‘tqazish, suv quyish, chopiq qilish, o‘simlik urug‘ini terish, xayvonlarni parvarish qilish va xokazolar);
b) maishiy-xo‘jalik mehnati (barglarni yig‘ish, qorni tozalash, ayvonchani supurish, kafasni tozalash, yulkalarga qum sepish va shunga o‘xshashlar).
4. Bolalar bilan olib boriladigan yakka tartibdagi ishlar: jismoniy tarbiyadan asosiy harakatlarni mashq qildirish, san’at, ona tilini o‘rganish va boshqalar.
Asosiy harakatlarni mashq qildirish bo‘yicha tadbirlar yil fasllariga qarab tanlanadi, masalan, qishda yugurish, sakrash, yurish kabi ishlar rejalashtiriladi; emaklab, sirpanib yurish, gimnastika narvonchasidagi muvozanatni saqlashga o‘rgatuvchi mashqlar rejalashtirilmaydi.
5. Sport o‘yinlari (voleybol, stol tennisi, bagminton va shunga o‘xshashlar), sport ermak o‘yinlari (chang‘i, konki, chana, velosiped va boshqalar).
6. Maqsadli sayrlar maydoncha bo‘ylab va maydonchadan tashkariga o‘tkaziladi. Avval ekskursiyaga borib kelingan joyga maqsadli sayr uyushtiriladi. (Masalan, bahorda mana shu o‘tloqqa kelgan edik, shu vaqtgacha ko‘p narsalar o‘zgaribdi)
7. Qurilish o‘yinlari va ularga kerakli materiallar, qurollar sayrda bolalarning syujetli-rolli o‘yinlari yuzaga kelish va rivojlanishi, o‘yin harakatlariga bolalarni o‘rgatish usullari ham rejalashtiriladi. Tarbiyachi kalendar rejasi o‘yin uchun olib chiqiladigan o‘yinchoklarni, ularning ayrimlarini ham ko‘rsatadi. Sayrga chiqishdan oldin tarbiyachi bugun sayr vaqtida nima bilan shug‘ullanishlari, kanday mehnat faoliyatini bajarishlari yoki qanday o‘yin materiallarini olib chiqishlari kerakligi to‘g‘risida bolalar bilan gaplashib oladi.

Yüklə 63,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin