Mavzu: Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining barkamol insonni tarbiyasidagi o’rni.
Maktabgacha tarbiya pedagogikasining boshqa fanlar bilan bog'liqligi Maktabgacha ta'Iim pedagogikasi jamiyat va insonni o’rganuvchi fanlar bilan chambarchas bog’langan. Pedagogika ijtimoiy hodisa. sifatida tarbiyani o’rganar ekan, sotsiologiya, anatomiya, fiziologiya, psixologiya, umumiy pedagogika fanlari, falsafa bilan chambarchas bog’liqdir. CHunki mazkur fanlar tarbiyaning maqsadi va vazifalarini o’rganish metodologiyasini belgilaydi. Jamiyat to’g’risidagi materialistik falsafa tarbiya masalasiga asoslangan holda yondashish imkonini beradi. Tarixiy materializm pedagogika tarbiyaning sinfly mohiyatini ochib berish, uning paydo bo’Iishi va rivojianishi ijtimoiy xodisa ekanligini, jamiyat hayotida va kishi shaxsining rivojianishida tarbiyaning rolini baholashga yordam beradi. Didaktik masalalarni ishlab chiqishda pedagogika bilish nazariyasiga suyanadi, axloqiy tarbiya masalalarini o’rgatishda pedagogika etikaning axioq to’g’risidagi ta'limotiga, estetik tarbiyaning maqsadini. yo’Ilarini, metodlarini belgilashda etika faniga asoslanadi. Estetika - insonlarni voqelikka, san'atga estetik munosabatlarni rivojianishining umiimiy qonuniyatlarini o'rganadi. nafosat tarbiyasining ilmiy asosi bo’lib xizmat kiladi. Fiziologiya pedagogikaning tabiiy-ilmiy bazasi bo’lib. u birinchi navbatda inson oliy nerv faoliyatining rivojianishi, nerv sistemasining xususiyatlari, sezgi organlari, tayanch-harakat apparati, yurak-tomir va nafas olish sistemalari va shu kabilarning rivojianishi haqidagi ma'Iumotlarga tayanadi. Hozirgi zamon fiziologiyasi eng muhim pedagogik muammolarni to’g’ri hal etishda; bola rivojianishiga, uning qobiliyatlarini shakJIantirishga muhit, irsiyat va tarbiyaning ta'siri va shu singarilarni begilashda pedagogikaga yordam beradi. O’sib borayotgan organizm tuzilishining va harakal qilish qonuniyatlarining asosiy tamoyillarini ochib beruvchi yosh fiziologiyasi ta'Iim-tarbiya berish masalalarini ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega.
Maktabgacha pedagogika bola tarbiyasida uning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olib boradi. SHu bois pedagogika uchun pedagogik psixo4ogiyaning bola xususiyatlari, ularda o’tadigan psixik Jarayonlarining qominiyatlari haqidagi ma'Iumotlar muhimdir. SHunga ko’ra pedagogikaning psixologik fani bilan bog’liqligi an'anaviy tus olgan.