Mavzu: “Maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etish fanining predmeti va asosiy vazifalari” “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” fanining obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari



Yüklə 64,1 Kb.
tarix24.06.2023
ölçüsü64,1 Kb.
#134837
maktabgacha ta\'lim t

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETINING MAKTABGACHA TA’LIM SIRTQI YO’NALISHI 103-GURUH TALABASI SABIROVA YULDUZNING MAKTABGACHA TA’LIMNI TASHKIL ETISH FANIDAN MUSTAQIL ISHI.

Mavzu: “Maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etish fanining predmeti va asosiy vazifalari”

“Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” fanining obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari.

  • “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” fani maktabgacha ta’lim-tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy va ruhiy kamolotini tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi.
  • “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” tug‘ilgandan to yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarga har tomonlama tarbiya berish qonuniyatlarini o‘rganadi va MTT sharoitida ta’lim-tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, shakl, metod va vositalar hamda maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning har tomonlama uyg‘un rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan shart-sharoitlarni ishlab chiqadi.

Mazkur fan “Umumiy pedagogika”ning alohida sohasi bo‘lib, uning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari, metodologik asosi, tashkiliy shakl, metod va vositalariga tayanadi. “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” fani maktabgacha yoshdagi bolalarga yaxlit tarbiya berishni ko‘zlangan maqsadni, bolaning yosh imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab tarbiyalashning roli, maktabgacha ta’limni hayot, amaliyot bilan bog‘liqlikda olib borishning zarurligini, bola shaxsining shakllanishida muhitning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligiga asoslaydi. “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” fani bola shaxsini rivojlantirishning ikki muhim jihatini, ya’ni, shu yoshdagi bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.

  • Didaktika (yunon. “didaktikos” – o‘rgatuvchi, didasko – o‘rganuvchi) ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi muammolarni tadqiq etadi.
  • Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi.
  • “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” fanining ob’ekti – maktabgacha pedagogik faoliyat jarayoni sanaladi.
  • Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining predmeti – maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, shakl, metod va vositalaridan iborat.
  • “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” fani bola shaxsini shakllantirishdek, ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi.
  • Fanining maqsadi va vazifalarini belgilashda ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega.
  • O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama uyg‘un rivojlantirish, ularni maktab ta’limiga tayyorlash vazifasini muvaffaqiyatli hal etadi. Bu jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratiladi:
  • Bola shaxsini har tomonlama uyg‘un rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o‘rganish.
  • Bolani har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash.
  • Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda, rivojlangan xorijiy mamlakatlar maktabgacha ta’lim tizimi tajribasini o‘rganish asosida ta’lim tizimini takomillashtirish.
  • MTT, ularda faoliyat olib borayotgan tarbiyachilar faoliyati mazmunini asoslash.
  • Ilg‘or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish.
  • Tarbiyachilarni maktabgacha ta’lim pedagogikagasi oid bilimlar hamda ta’lim-tarbiya usullari bilan qurollantirish.
  • Ta’lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o‘rganish.
  • O‘qitish, tarbiyalashning samarali texnologiyalarini yaratish.
  • Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.

Ta’lim – tarbiyalanuvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Bilim – tarbiyalanuvchining ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui
Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Tarbiya – muayyan aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
O‘qitish – pedagogik faoliyat bo‘lib, u bilim, ko‘nikma, malakalarni bolalarga singdirish, ularning bilish va amaliy faoliyatiga rahbarlik qilishdir.
O‘qish – ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashdagi amaliy faoliyatidir.
Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi:
Yüklə 64,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin