Mavzu: Maktabgacha talim tashkilotida ochiq eshiklar kunini kuzatish va tahlil qilish


Aholi o’rtasida pedagogik tashviqot va pedagogik bilimlar universiteti



Yüklə 75,5 Kb.
səhifə3/4
tarix20.06.2023
ölçüsü75,5 Kb.
#133041
1   2   3   4
Maktabgacha talim tashkilotida ochiq eshiklar kunini kuzatish va tahlil qilish

Aholi o’rtasida pedagogik tashviqot va pedagogik bilimlar universiteti


Hozirgi zamon bosqichida keng aholi orasida pedagogik bilimlarni tashviqot qilish muhim papkaga kirib bormoqda.
Oilaviy tarbiyami yaxshilash uchun ota-onalarshshg umumiy pedagogik ta`limi tizimini takomillashtirish zarur. Hamma katta yoshdagi aholi, dastavval ota- onalar, bolalarni va yoshlarni tarbiyalashga tayyorlangan bo’lishlari kerak.
Bu odat ishlarini radio va televidenie orqali chiqishlarva ma`ruzalar qilish pedagogik tashviqot vositalaridan biri hisoblanadi.
Pedagogik tashviqotni yanada tor doirada bevosita maktabgacha ta`lim muassasasilari amalga oshirishlari .ham mumkin.
Pedagogik bilimlarni tashviqot qilishda kichik mintaqa doirasida tashkil etiluvchi ota-onalar anjumanlari amalda sinalgan usullardandir.
Bu ishni ma`lum tizim asosida tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Anjumanlarni o’tkazishdan avval oilaviy tarbiya tajribasini, maktabgacha ta`lim muassasasilari bilan ota-onalar orasidagi o’zaro ta`sirni o’rganish bo’yicha har tomonlama tayyorgarlik ishlari olib borilishi kerak. Bunda jamoatchilik, maktabgacha ta`lim muassasalari pedagoglarining yo’naltiruvchi ishtirokida ota- onalarning o’zlari faol ishtirok etishlari kerak.
Anjuman mavzusi xalq ta`limi bo’limlari bilan hamkorlikda tanlanishiga e`tibor beriladi. Anjumanlarning mazmunini, ko’pincha, hayotning o’zi belgilaydi va eng dolzarb masalalar aks ettiriladi.
Anjumanni tayyorlashda, ayniqsa, maktabgacha ta`lim muassasalarining tibbiy xodimlari faol ishtirok etadilar, ular tibbiybyulleten, tibbiyot mavzusiga oid savol va javoblar taxtalari tashkil etishlari, bolalarni chiniqtirishning usul va uslublarini amaliy ko’rsatishni hamda bolalarning sog’lig’iga taalluqli masalalar bo’yicha ota-onalarga «maslahatlar burchaklari»ni tashkil etishadi. Bunday burchaklarga «Biz chiniqamiz», «Uyda dam olish kunlari badantarbiyasi», «Otam, onam va men - sportchilar oilasi» va hokazo mavzularni tanlash mumkin.
Tuman anjumanlarini tayyorlashda va tashknl etishda xalq ta`limi bo’limlariga ota-onalar faollari, tuman pedagogika jamiyati, maktabgacha ta`lim bo’limlari katta yordam beradi. Bu anjumanlarda shaharning eng yaxshi tarbiyachilari, mudiralarn, olimlar, metodist va hokazolar so’zga chiqishlari mumkin. Bo’lar maktabgacha yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni maktabga tayyorlashning turli masalalari bo’yncha chiqishlar va ma`ruzalar bilan ishtirok etadilar.
Ota-onalar anjumanlarining materiallari rasmiylashtiriladi va tuman maktabgacha ta`lim uslubiy kabinetlariga topshirilib, keyinchalik ular amaliy ishga tadbiq etiladi.
Ota-onalar pedagogik ta`limotining shakl va usullarini kengaytirish, oilaga u orqali va u bilan birga bolaga ta`sir ko’rsatishning yanada natijali usullarini izlash - bularning hammasi tarbiyachilarni o’zining nazariy saviyasini oshirishga, jamoat tashkilotlari, maktablar bilan aloqa izlash va topishga majbur qiladi. Pedagogik targ’ibotda lektoriylar va pedagogik bilimlar universitetlari katta o’rin egallaydi.
Ota-onalar universitetlarining o’quv dasturlari hamda rejalariga pedagogika va psixologiya, bolalar anatomshyasi va fiziologiyasi, oilaviy tarbiya nazariyasi va amaliyoti, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni yoshi bo’yicha davrga ajratish, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning individual psixologik xususiyatlari, bolalarni maktabgacha ta`lim muassasasida va oilada tarbiyalash bo’yicha ma`ruzalar tsikli va hokazo masalalar kiradi. Unga, shuningdek, xalqaro vaziyat, adabiyot va san`at, fan va texnikani rivojlantirish, gigiena va tibbiyot haqidagi ma`ruzalar, O’zbekiston Respublikasi hukumatining onalarga va bolalarga g’amxo’rligi haqidagi qarorlarini ham kiritish mumkin. Ma`ruzalar bilan birga seminar mashg’ulotlari o’tkaziladi, kinofilm, hayotga bag’ishlangan spektakllarni ko’rish tashkil etiladi. Universitetlarning ishi 1-2 yilga mo’ljallanadi. Mashg’ulotlar oyiga 1-2 marta o’tkaziladi. Tinglovchilar turli mutaxassislikdagi va kasbdagi ota-onalardan iborat bo’ladi. Mashg’ulotlarni bilimlarning turli sohalari bo’yicha yuqori malakali ma`ruzachilar va mutaxassislar olib borishadi. Ota-onalar universiteti sirtqi ham bo’lishk mumkin.
Sirtqi universitet tinglovchilari uchun radio va televidenie orqali «Ota-onalar, sizlar uchun», «Onalar maktabi», «Kattalar uchun nazorat ish» sarlavhasi bilan
eshittirishlar, shuningdek, ota-onalarga mo’ljallangan adabiyotlardan foydalanish ko’zda tutiladi.
Ota-onalar universitetlari dasturiga bolalarni respublikamiz milliy xususiyatlari, milliy qadriyatlarimiz, milliy urf-odatlarimiz ruhida tarbiyalash vazifalarini ochib beruvchi ma`ruzalar, amalny seminar mashg’ulotlari, «Oilaning axloqiy asoslari», «Oila - kichik jamoa», «Milliy urf-odatlarimiz», «Buyuk o’zbek va sharq mutafakkirlari bola tarbiyasi to’g’risida», «Maktabgacha ta`lim muassasasisi va oilaning bolalarni tarbiyalash maqsadlari hamda vazifalariga yagopa talab», «Ota-onalarning pedagogik odobi», «Bolalarni axloqshy tarbiya vositasi sifatida ota-onalar mehnati bilan tanishtirish», «Bolalarni tarbiyalash bu - tun jamoatchilikning va har birimizning ishimizdir», «Milliy axloq nima?» va hokazo mavzudagi ma`ruzalar tinglovchilarga yoqadi.
Ma`ruzachilar ro’yxati shahar, tuman hokimiyatlari yoki xalq ta`limi bo’limlari tasdiqlashi zarur.
Oilada o’zaro munosabatlardi aniqlab olish uchun «Bolalarni tushunish uchun kattalarga nima xalaqit beradi», «Siz har doim ham bolaga xushmuomala, e`tiborli va sabr-toqatlimisiz?», «Siz bolalaringizga o’z ishingiz haqida va mehnatingizning foydasi haqida gapirib berasizmi?», «Uyingizda bolangizning o’rtoqlari bo’lishadimi?, «Siz ularning vaqtini qanday tashkil etasiz?» kabi savollarni taklif etish mumkin.
Univsrsitet tinglovchilarinikg asosiy qismi maktabgacha ta`lim muassasasiga qatnovchi bolalarning ota-onalari bo’ladi. Ular pedagogik bilimlarni o’zlashtirib, bu bilimlarini ommaga eltishadi, ota-onalar majlislarida, anjumanlarda faol qatnashib, ota-onalar qo’mitasida va ota-onalar orasida maslahatchilar bo’lishadi.
Bolani tarbiyalash uchun uni juda yaxshi bilish kerak. Buning uchun biz bola xulqidagi endi paydo bo’layotgan hislatlarga ta`sir ko’rsatuvchi mayda narsalarni sezishimiz, fikrndagi o’zgarishlarni sezib, ilib olishimiz, bola kayfiyatidagi nozik o’zgarishlarni tushunishimiz kerak. Ota-onalarga esa bolani gumonsirab kuzatishni emas, balki pedagogik kuzatuvchanlikni o’rgatish kerak. Agar ota-onalar bolalardan o’zlari qilmagan narsalarni talab qilishsa, ularning talabi o’g’il yoki qizining yuragiga joylashmaydi. Va, aksincha, agar otaning yoki onaning xulqi axloqiy namunaga yaqin bo’lsa, u holda ularning har bir so’zi, maqtovi yoki tanbehi bolalari uchun alohida ahamiyatga ega bo’ladi, ularning har bir talabi ota- onalarga muhabbat va hurmat yuzasidan darhol bajariladi.
Ma`ruzalar tushunarli bo’lishi uchun universitetlarning rahbarlari ma`ruzalarning mavzui bo’yicha ko’rgazmalar tashkil etadilar.
Ma`ruzalarni kinofilmlar ko’rish bilan qo’shib olib borish mumkin, buni tinglovchilar katta qiziqish bilan qabul qilishadi. Tomoshadan so’ng ota-onalar o’z oilalaridagi tarbiya haqida bosh qotiradilar va ko’pgnna savollar berishadi. Ba`zan film ustida tortishuvlar, munozaralar vujudga keladi.
Mashg’ulotlarga birinchi marta kelgan ota-onalar shaxsning shakllanishi muammolari bilan emas, balki bolaning jismoniy rivojlanishi bilan qiziqadilar, shuning uchun ma`ruzalarda bolaning har tomonlama rivojlanishida oilaning ahamiyatiga asosiy e`tibor berilmoqda, bolaga jismoniy qarovgina, jismoniy
rivojlanishgina emas, balki aqliy va axloqiy rivojlanish hamda estetik tarbiya ham kerakligi ko’rsatiladi.
Pedagogik bilimlar universitetining ishi ota-onalar orasida pedagogik tashviqotni yaxshilashga katta ta`sir ko’rsatadi. Bunday universitetlar asosan nohiya xalq ta`limi bo’limlari qoshida, ba`zan esa korxonalarning madaniyat saroylari qoshida tashkil etiladi. Ular bir idoraga tegishli bir necha maktabgacha ta`lim muassasalarining ota-onalarini birlashtirshshi mumkin.
Universitet rahbari ma`ruzachilarni tanlaydi, o’quv rejasini tuzadi. (Ota-onalar dorilfununi rejalarini tuzish namunasi ushbu qo’llanmaning ilova qismida keltirilgan.)
Universitetdagi hamma ish jamoatchilik asosida olib boriladi. Pedagogika institutlari o’qituvchilari, viloyatlardagi universitet olimlari, shahar yoki tumandagi eng yaxshi mudirlar, uslubchilar, vrachlar, pedagoglar, psixologlar ma`ruzachi bo’lishi mumkin 3 soat ma`ruzadan 1 soati tinglovchilarning savollariga javob berish va munozaralar uchun ajratiladi.
«Bolalar taqdiri uchun hamma javobgar» degan jurnal chiqarishni amalga oshirish mumkin. Bu jurnalda oilaviy tarbiyaning eng yaxshi tajribasi bayon qilinadi, vrach, psixolog, pedagogning maslahatlari yoritiladi. Jurnalga, ota-onalar va bolalar uchun uncha murakkab bo’lmagan boshqotirmalar, topishmoqlar, psixolo-pedagogik masalalar, bolalar hayotidan olingan fotosuratlar joylashtirish mumkin. Jurnal chiqarishda pedagoglar, tibbiyot xodimlari, ota-onalar ishtirok etishadi. Jurnalga ota-onalar qiziqib qarashadi, jurnal ularni tarbiya muammolari haqida o’ylashga majbur qiladi.

Xulosa.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan ulkan islohatlarning muvaffaqiyatga eng avvalo odamlarning o‘z ishlariga ma’suliyat bilan qarashlariga, kundalik mehnat faoliyatida mamalakat taraqqiyotiga hissa bo‘lib qo‘shiladigan savobli ishlarni qila olishlariga bog’liq. Jamiyatda pedagog (o‘qituvchi, tarbiyachi) birinchidan, o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ikkinchidan mehnatkash xalqimizga har tomonlama bilim berishdek savobli va ma’suliyatli vazifalarni bajaradi.Maktabgacha pedagogika fani – bu kelajak, istiqbol uchun meros qilib qoldiriladigan boylikdir. Bu boylikning qadr-qimmati shu qadar buyukki, u odamni ma’naviy jihatdan boy qilib, qalbini baxtga, ilohiy nurga to‘ldiradi. Dunyoda biror kimsa yo‘qki, uning ustozi bo‘lmasa. U xukumat rahbarimi, buyuk allomami, shifokormi, xalq mexrini qozongan yozuvchimi yoki qo‘li gul kosibmi, qo‘yingki, barcha-barchaning o‘z ustozi va hayot yo‘lini charog’on etib turuvchi yo‘lboshchisi bo‘ladi.Ustozning eng buyuk burchi – uning xalqqa nafi tegadigan, aql-idrokli, qobiliyatli, uquvli shogirdlar tayyorlashidir.Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim va fahrli shu bilan birga ma’suliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi o‘z ma’suliyatini anglashga ta’lim - tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondoshishga o‘z mahoratini doimo faollashtirib borish va hamkasblarning ishdagi o‘sishiga ko‘maklashuviga yordam beradi. Tarbiyachi o‘zi yashab turgan o‘lka hayotini bilishi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi ijtimoiy faol bo‘lishi kerak.

Yüklə 75,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin