Ota-onalar bilan maktabgacha ta`lim muassasasisi xodimlarining bnrgalikdagi faoliyatini tashkil etish va uning mazmuni maktabgacha ta`lim muassasasi ishlayotgan sharoitlarga bog’liqdir. Birgalikdagi faoliyat kerakli dara-jada amalga oshiriladigan joyda o’zaro yordam, bir-birini tushunish, topshnrilgan ishga javobgarlik holati vujudga keladi.
Ota-onalar maktabgacha ta`lim muassasasi maydonini ko’kalamzorlashtirish, uchastkadagi jihozlarni va qo’llanmalarni ta`mirlash, xonalarni qishga tayyorlash, sog’lomlashtirish ishlarini o’tkazishda yordam ko’rsatishlari, yangi o’quv yiliga tayyorgarlik vaqtida sanitariya oylarida, bolalarning bayram kostyumlarini tayyorlashda, bolalarni sayohatlarga kuzatib borishda ishtirok etishlari mumkin.
Agar ota-onalar orasida fotosuratchilar, tikuvchilar, rassomlar bor bo’lsa, ular maktabgacha ta`lim muassasasiga bevosita yordam ko’rsatishlari kerak.
Shuni ta`kidlab o’tish kerakki, ota-onalarning ishi ijtimoiy xarakterga ega va ixtiyoriylikka asoslangan bo’lishi kerak. SHuning uchun bu faoliyatga jalb qilishning asosiy yo’li - iltimos, ishontirish, maslahat berishdir.
Birgalikdagi ishni to’g’ri tashkil etish uchun yillik reja tuziladi va uni ko’rinadigan joyga ilib qo’yiladi. Bu reja sinchiklab, o’ylab tuzilishi kerak. Masalan, agar maktabgacha ta`lim muassasasi hududida mevali daraxtlar va ko’katzor bor bo’lsin, bunda, har bir guruhda ota-onalarning ko’kat ekinlarni parvarish qilish grafigini ilib qo’yiladi, lekin oldin ota-onalardan qaysi kunlari maktabgacha ta`lim muassasasiga kelib yordam berishlari mumkinligi so’ralishi zarur.
Ishlashning bunday shaklini amalga oshirish uchun faoliyat birgalikda bo’lishi kerak: tarbiyachi bolalar bilan birga kuchi etgancha ishtirok etadi ya`ni, gul ekishadi, ota-onalar esa shohlarni kesishadi, erni yumshatishadi va hokazo.
Ota-onalar uchun kechalar va to’garaklar uyushtirish Maktabgacha ta`lim muassasalarida ota-onalar va boshqa oila a`zolari uchun o’tkaziladigan kechalar mavzuli xarakterga ega bo’lib. «Musiqa va hayot», «Bola hayotida kitob», «Bola va tabiat» kabi mavzularni tanlash mumkin. Hamkorlikning bu shaklining o’ziga xosligi shundaki, unda qisqacha axborotdan so’ng yig’ilganlarga bolalarning, maktabgacha ta`lim muassasasisi xodimlarining, ota- onalarning badiiy chiqishlarini ko’rish tavsiya qilinadi. Masalan, musiqiy rahbarning chiqishidan so’ng bolalar o’zlari o’rgangan ashula, o’yinlarni bajarishadi, sahnalar ko’rsatishadi yoki biror ertak sahnalashtiriladi.
Bunday kechalar uchun «Bolani qanday sevish kerak?», «Bolalar tarbiyasida otaning roli», «Biz o’z bolalarimizni bilamizmi?», «Savol va javoblar kechasi» va hokazo mavzularni tanlash mumkin.
Ota-onalarning bolalar yozuvchilari, shoirlarn, bastakorlari bilan uchrashuvlari foydalidir. Oila bilan ishlashning og’zaki jurnal. yumaloq stol atrofida uchrashuv kabi shakllari yaxshi natija beradi, bunda pedagog, do’xtir, huquqshunos va hokazolar ishtirok etadilar.
Bolalar tarbiyasida zarur bo’lgan amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirishda ota- onalarga yordam berish maqsadida ular uchun qisqa muddatli to’garaklar tashkil etilib, undagi mashg’ulotlarda bolalar kiyimini bichish va tikishni, to’qishni, turli xil ovqatlar tayyorlashni o’rganishadi. Ular bilan bolalar ashulalari o’rganiladi, yasama o’yinchoqlar tayyorlash san`ati o’rgatiladi va hokazo.
Ota-onalar bilan o’tkaziladigan savol va javob kechalari, ochiq eshiklar kunlari diqqatga sazovordir. Ota-onalarni tanlov xarakteridagi tashkiliy-pedagogik ishlarga jalb qilish, masalan, yumshoq o’yinchoq tayyorlash, suv va qum bilan o’ynash uchun o’yinchoq-lar yasash, syujetli-rolli o’yinlar, maydonchalarni ko’kalamzorlashtirish uchun jihozlar tayyorlash muhim tadbirlardir.
Bunday tanlovlar yillik rejada o’z ifodasini topgan bo’lishi kerak. Tanlov shartlarini umumiy ota-onalar majlisida muhokama qilish va ma`qullatib olish kerak.
Faol ishtirokchi ota-onalarga tashakkurnoma e`lon qilib, ish joylariga ma`lum qilish kerak, bundan ular ma`naviy qoniqish oladilar.
Bunday ishlarni o’tkazishda katta yoshdagilarni ham yoddan chiqarmaslik kerak. Buvi va buvalarning amaliy maslahatlari, ularning boy hayotiy tajribalari yosh ota-onalar uchun ham, tarbiyachilar uchun ham qimmatlidir.