Mavzu: maktabgacha ta`lim tashkilotida tashkil etiladigan tarbiya va ularning shaxs kamolotiga ta`siri mundarija: kirish


Maktab ta`limiga psixologik tayyorgarlik



Yüklə 218,5 Kb.
səhifə11/14
tarix11.05.2023
ölçüsü218,5 Kb.
#111685
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTIDA TASHKIL ETILADIGAN TARBIYA VA ULARNING SHAXS KAMOLOTIGA TA`SIRI kurs ishi

Maktab ta`limiga psixologik tayyorgarlik. Psixologik tayyorgarlik tushunchasi maktab ta`limi nuqtai-nazaridan 1-sinfga qadam qo`yayotgan bola psixik rivojlanishidagi muhim sifat ko`rsatkichlarining majmuasi bo`lib hisoblanadi. Bu tayyorgarlik bolaning o`qishga intilishi, o`quvchi bo`lish ishtiyoqida bilish faoliyati va tafakkur operatsiyalarining yetarlicha yuqori darajasi, bolaning o`quv faoliyati elementlarini egallash, iroda va ijtimoiy rivojlanishning muayyan darajasida namoyon bo`luvchi asoslangan tayyorgarlikni o`z ichiga oladi. Bolaning maktab ta`limiga psixologik tayyorgarligining barcha komponentlari bolani sinf jamoasiga olib kirish, o`quv materiallarini ongli-faol egallash, maktabga oid majburiyatlarni bajarishni qamrab oladi.
Maktabgacha ta`lim tashkilotida bolalarni yangi psixologik mavqelarini yaratishan iborat bo`lib, uning xususiyati guruhdagi barcha bolalar uchun ahamiyatli bo`lgan kelajakda maktabga kirish istiqbolidir. Bu istiqbol bolalar kechinmalari, qiziqishlari, intilishlarining birligini yaratib, tarbiyachilar undan bolalar jamoasining umumiy maqsad maktabga puhta tayyorlanish asosida jipslashtirish maqsadida foydalanadilar.
Tayyorlov guruhiga o`tish bolalarda yangi holat – kattaliklarini anglashlariga asoslangan yetuklik` hissiyotini yaratadi. Tarbiyachi ta`lim-tarbiya jarayonlarida bolalarning katta ekanliklaridan faxrlanish, o`quvchi bo`lishga intilish, hatti-harakatlarini ongli ravishda boshqarish va javobgarlik hissini tarkib toptiradi.
O`quv dasturida belgilab qo`yilgan ijtimoiy-hissiy rivojlanish talablarini bajarish, bolalarning kattalar va tengdoshlari bilan muloqat qilish doirasini kengaytirish, o`z fikrini mustaqil ayta bilish qobiliyati, o`z hissiyotlari bilan o`rtoqlasha olish, hissiy kechinmalarni so`z bilan ifodalashi, jamoada o`zini tuta bilishi, o`zini shaxs sifatida anglashi, o`zini hurmat qilishi, o`z qadr-qimmatini bilishi, “men` konsepsiyasi, kattalar yordamida o`z kamchiliklarini bartaraf etish kabilar psixologik tayyorgarlik asosini tashkil etadi. Bu yoshdagi bolalarda o`zidan kichiklarga g`amxo`rlik hissi jadallik bilan rivojlanadi. Ular uchun sovg`alar tayyorlash, “konsertlar` uyushtirish, birgalikdagi o`yin faoliyatlari bo`lajak o`quvchi uchun katta ahamiayatga ega. Bu ishlar bo`lajak o`quvchining ma`naviy tajribalarini boyitadi, shaxsning insoniy hislatlari – xayrixohlik, sahiylik, yaxshilik, rahmdillik sifatlarini tarkib toptiradi.
Tayyorlov guruhi bolalar mavqeidagi o`ziga xos xususiyat ularni ijtimoiy zonasi kengaytirishdir. Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolalar psixologik mavqeida bo`lajak o`quvchilarda ma`naviy sifatlarni shakllantirishning katta imkoniyatlari mavjuddir.



Yüklə 218,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin