MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTIDA TASHKIL ETILADIGAN TARBIYA VA ULARNING SHAXS KAMOLOTIGA TA`SIRI kurs ishi
2.2. Bolani maktab ta`limiga tayyorlashda ta`lim-tarbiyaviy jarayonning o`rni va o`ziga xos xususiyatlari Bolalarni maktab ta`limiga tayyorlashda maktabgacha ta`lim tashkilotida tashkil etiladigan ta`lim-tarbiyaviy jarayonlar o`ziga xos xususiyatga ega. Bu o`ziga xoslik maktab ta`lim-tarbiya ishlaridannusxa ko`chirish emas, balik bolalarning maktabda muvaffaqiyatli o`qishi uchun zarur bo`ladigan og`ishmay shakllantirishga mo`ljallangan faoliyat va xulq-atvorni maxsus tashkil etishdir. Bu bolalar faoliyatining barcha turlarini murakkablashtirishda, bolalar tomonidan amalga oshirishning murakkab usullarini egallashlarida, faoliyat jarayonida hamkorlikning yangi usullarini o`zlashtirishda, bolalar faoliyati va xulq-atvorining jamoatchilik yo`nalishini rivojlantirishda, ijtimoiy-foydali asoslarini ilgari surishda namoyon bo`ladi. Bu jarayon bo`lajak maktab majbutiyatlarini hisobga olib talablarning so`zsiz ortib borishi bilan ifodalanadi. O`z ahamiyatiga ko`ra bolalarning mustaqilliklari, o`yin, o`qish va mehnatning sifat va natijaliligi birinchi o`ringa chiqadi. Bu quyidagilarda namoyon bo`ladi:
Kun tartibining o`zgarishida bola yuvinish, kiyinish, ovqatlanish jarayonlarini tez sur`atda bajarishga o`tadi, faoliyatning bir turidan ikkinchi turiga tezroq moslashadi. Tarbiyachining bolalar bilan muloqot usuli o`zgaradi, o`qituvchining o`quvchilar bilan munosabatiga xos ayrim xususiyatlarni kasb etadi(bolalarga qo`yiladigan talab ortadi, ularda mustaqillik rivojlanadi). Bolalarni maktabga tayyorlash jarayonida ularda faoliyatning yangi turi bo`lgan ta`lim olishga, o`qishga ishtiyoq, qiziqish sezilarli darajada kuchaydi. Bu o`rinda bolalarni ruhan ta`lim jarayoniga kirishishga tayyorlash maqsadida dastlabki o`quv elemantalarini o`rgatish lozim.
Maktabgacha ta`lim tashkilotidagi mashg`ulotlar vaqti ortadi. Bunda bolalarni voqelikning turli sohalari haqidagi tasavvurlarini yanada kengaytirish va to`g`ri dunyoqarashni shakllantirishga oid ishlar olib boriladi. Bolalar bilimlarini o`rganilayotgan narsa va hodisalardagi muhim belgi hamda munosabatlarni ajratish asosida yanada umumlashtirish va tizimlashtirish muhim vazifa hisoblanadi.
Bolalarni maktabda o`qishga tayyorgarligining yana bir muhim tomoni – atrof-olam, narsa va hodisalarni tegishli mezonlarda umumlashtira va tabaqalashtira bilish hisoblanadi. Istalgan o`quv fanini egallash bolada mazkur o`quv o`quv fanida ko`rib chiqilayotgan voqelik hodisalarini ajratish va uni o`z bilish obyektiga aylantirish qobiliyatining albatta mavjud bo`lishini nazarda tutadi. Bu tizimlashtirish, umumlashtirish, tahlil qobiliyati ma`lum darajada rivojlanishini talab qiladi. Asosiy maqsad olingan bilimlar ko`magida mazkur masalalarga nazriy yondashuv masalalarini shakllantirishga yordam beradigan umumiylashtirilgan tasavvur va elementar tushunchalarni tarkib topishini ta`minlashdir.
Bolalarni maktabda savodini chiqarish uchun tayyorgarlikka oid jadal ish olib boriladi, bu ohalar bo`yicha dastur talablarini egallash, keyinchalik matematik rivojlanishlari muhim bo`lgan butun sonlar qatori, qonuniyatlari, bolalar uchun yangi voqelikning miqdoriy tomonlarini bilish vositasi sifatida o`lchov faoliyati, qism va butun, o`lchov va o`lchash o`rtasidagi funksiolnal bog`liqliklar va shu kabilar haqidagi qoidalarni anglashlarida yordam beradi. Bular bolalarning 1-sinfdagi matematik bilimlar mazmunini ongli, faol egallashlarini ta`minlaydi.
Nutq, o`qish va savodga tayyorgarlik mashg`ulotlarida bolalar nutq va til voqeligi sifatidagi yangi lingvistik munosabat asoslarini o`zlashtira boshlaydilar. Bolalar tomonidan nutqning tuzilishi, uning og`zaki va tovush tarkibini oddiy o`zlashtirish sodir bo`ladi, so`z til voqeligi degan ilk tasavvur tarkib toptiriladi. Kesma harflar yordamida tovush-harf, bo`g`in tuzishga va uni o`qishga o`rgatiladi, namunadek turli so`zlarni yozish, chizish masalalari shakllanadi. Bolalarda tegishli atamalar: gap, tovush, bo`g`in, harf, so`z tarkibi kabilarni egallab oladilar. Bu ish maktabda savodni egallash va ona tilini o`rganishda muhim ahamiyatga egadir.
Mashg`ulotlar jarayonida bolalarning analitik-sintetik faoliyatlarini rivojlantirishga tahlil, umumlashtirish, qiyoslash, tasniflash usullarini takomillashtirishga doimo e`tibor qaratiladi. Bunda bolalarni bevosita bilishdan bilvosita bilishga ko`chirishning roli kattadir. Bu yoshdagi bolalar kattalarning miqdoriy o`zaro munosabarlarining o`lchashlar vositasida aniqlashni, narsalarni ko`tib chiqish yoki qiyoslashda kuzatishlar chizmalaridan foydalanishni, narsalarning sifat va xususiyatlarini baholashda ijtimoiy ishlab chiqilgan etalonlardan foydalanish va kabilar o`rganib boriladi.
Mashg`ulotlarda bolalarda o`quv faoliyati va uyushgan xulq-atvor malakalarini maqsadga muvofiq shakllalntirish davom ettiriladi. Bunda bolalarning:
O`quv vazifalarini qabul qilish ko`nikmalari;
Tarbiyachining tushuntirish va ko`rsatmalariga muvofiq harakat qila olishlari;
Butun mashg`ulot davomida mashg`ulot mazmuniga qiziqish;
Diqiqat-e`tiborni saqlash;
Ishni ohiriga yetkaza bilish;
Vazifani bajarish jarayoni va uning natijasini topshiriqqa muvofiq baholash;
Tarbiyachi savollariga baland ovozda mantiqli havob berish;
O`z fikrini tushunarli va savodli ifodalar olish jihatlari ish samaradorligi belgisi hisoblanadi.
Tarbiyachi bolalar mustaqilligini rivojlantirar ekan, ular o`z faoliyatlarini rejalashtirar ham izchil tarzda o`rganib boradi. Bu ko`nikmalar barcha faoliyat turlarida amalga oshirilib, bolalar dastavval tarbiyachi tomonidan taqdim etilgan reja asosida harakat qilishni, so`ngra tarbiyachi bilan birgalikda reja tuzishni, so`ngra o`z faoliyatlarini mustaqil rejalashtirishni o`rganadilar. Bolalar faoliyatining natijaliligiga talab ortib boradi. Tarbiyachi ish natijalarni baholashda quyidagilarni nazarda tutishi lozim:
Bola tomonidan topshiriqni bajarishdagi aniqlik;
Bajarilgan ish sifati;
Ishning zarur sur`atini saqlash ko`nikmasi;
O`zini-o`zi nazorat qilish.
O`zini-o`zi nazorat qilish ta`sirini tarbiyachi asta-sekin natijani nazorat qilishdan topshiriqni bajarish jarayonidagi harakat usullarini nazorat qilishga va so`ngra nazoratdan oldingi elementlarga tomon rivojlantiradi.
Maktabgacha ta`lim tashkilotidagi ta`lim-tarbiya va pedagogik jarayonlarda o`qitish muammalarini ilmiy asosda ishlab chiqqan pedagog olimlar (A.P.Usova, N.B.Mchedlidze, V.I.Loginova, Yu.K.Batanekib va boshqalar) “Pedagogik jarayon yaxlit, dialektik va rivojlanuvchi hodisadir. Uning rivojlanish jarayonida asosiy tashkil qiluvchi qismlari: tarbiya va o`qitish, bolalarning uyushtirilgan va mustaqil faoliyatlari, ayrim faoliyat turlari (o`yin, o`quv, mehnat) o`rtasidagi nisbat o`zgaradi` – deb ta`riflanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat haqidagi bilimlarini tizimlashtirishning asoslari: jonli va jonsiz tabiat hodisalari, o`simlik va hayvonot dunyosi, o`z tana a`zolari, ularning tuzilishi va xususiyatlari, yashash muhiti, himoya vositalari, oziqlanishi haqida bilim beriladi. Bolalarda kattalar mehnati haqida bilimlarni shakllantirishda tizimlashtirishning asosini mehnat buyumlari, kishilar ehtiyojini qondirish uchun mehnat mahsulotlariga aylantirish aloqalarini tushunish tashkil etadi.
Mashg`ulotlarda o`zlashtiriladigan bilim va ko`nikmalar bolalarning amaliy faoliyatlari bilan bog`lanadi. O`lchash usullarini bolalar o`yin va mehnat faoliyatida o`simliklar va ularni parvarish qilish haqida bilimlarni tabiat burchagidagi navbatchilikda, gulzordagi mehnat ishlarida, turli material xususiyat va sifatlsri haqida bilimlarni o`yin va qurish-yasash va boshqa faoliyat turlarida qo`llaydilar.