Mavzu: maktabgacha ta`lim tashkilotida tashkil etiladigan tarbiya va ularning shaxs kamolotiga ta`siri mundarija: kirish


II BOB. BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHNING NAZARIY VA AMALIY AHAMIYATI



Yüklə 218,5 Kb.
səhifə6/14
tarix11.05.2023
ölçüsü218,5 Kb.
#111685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTIDA TASHKIL ETILADIGAN TARBIYA VA ULARNING SHAXS KAMOLOTIGA TA`SIRI kurs ishi

II BOB. BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHNING NAZARIY VA AMALIY AHAMIYATI
2.1. Bolalarni maktabda o`qishga axloqiy, aqliy, jismoniy va psixologik tayyorgarligi
Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta`limiga tayyorlash bu – o`qitish samaradorligini oshirishdagi muhim jihat hisoblanadi.
Maktabda o`qishga tayyorgarlik bu maktabgacha ta`lim tashkiloti va oilada bolalarga berilgan ta`lim-tarbiyaning muhim natijasidir. U maktab bolaga qo`yadigan talablar majmui orqali aniqlanadi. Bu talablarning o`ziga xos tomoni o`quvchining yangi sotsial-psixologik o`rni, u bajarishi lozim bo`lgan yangi vazifa va burchlarni o`zida mujassam qiladi.
Maktabda o`qishga tayyorgarlik tushunchasi. Bola hayotida maktabdagi o`qitish jarayoni, atrofdagilar bilan munosabat tizimini o`zgarishiga aloqador muhim davrdir bunda ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan o`quv faoliyati bola hayotida markaziy o`rinni egallaydi. Bunda erkin o`yin faoliyatini farqli ravishda majburiy faoliyat egallaydi. Endi 1-sinf o`quvchisidan quyidagi jiddiy munosabatlar talab etiladi:

  1. Ta`lim faoliyatining yetakchi turi sifatida bolalar kundalik hayot jarayonini qayta quradilar;

  2. Kun tartibi o`zgaradi;

  3. Erkin o`yinlar vaqti qisqaradi;

  4. Bolaning mustaqilligi va uyushganligi, uning ishchanligi, intizomliligiga talab ortadi;

  5. O`quvchining o`z hatti-harakati, majburiyatlarini bajarishga mas`uliyati ortadi.

O`quvchining bu yangi holati uning shaxsini alohida ma`naviy jihatdan yo`nalganligini yaratadi. Unda o`z Vatani, oilasi va kishilar oldidagi burch va majburiyatlarni anglay olish, mamlakat taraqqiyotiga o`z xissasini qo`shish kabi ijobiy sifatlar rivojlanib boradi. O`quvchi o`zining jamiyat uchun kerakligini tushuna boradi.
Maktab o`quvchidan aqliy faoliyatning murakkabroq shakllarini, axloqiy-irodaviy sifatlarning yuksakroq rivojlangan darajasini, o`z hatti-harakatini boshqarish qobiliyatini, katta ishchanlik qobiliyatini talab qiladi.

Yüklə 218,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin