Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sensor tarbiyaning ahamiyati


Mavzu:Sensor tarbiya. Bolalarga sensor tarbiya berish shart – sharoitlari



Yüklə 162,36 Kb.
səhifə12/18
tarix07.01.2024
ölçüsü162,36 Kb.
#208982
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Reja Sensor tarbiyaning ahamiyati-fayllar.org

Mavzu:Sensor tarbiya. Bolalarga sensor tarbiya berish shart – sharoitlari.
Hissiy bilish maktabgacha yoshidagi bolalikda alohida ahamiyatga ega. Fikrlash va nutq yetakchi o'rin tutadigan manti- qiy bilish hissiy tajribadan kelib chiqadi. Sensor rivojlanish har qanday amaliy faoliyatni muvaffaqiyatli egallashning sharti hisoblanadi. Tevarak-atrofdagi borliqni bilish sezgi va idrokka asosla- nadi. Tasavvurning asosini bevosita sezish orqali idrok qilish tashkil etadi. Bunday tasavvurning aniqligi, to'laligi sensor ja- rayonlarning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Sensor tarbiya sezgi va idrokni biror maqsadga qaratilgan holda rivoj- lantirishdir. "Sensor" so'zi lotincha "sensus" - "tuyg'u”, "sezgi", "idrok”, “sezish qobiliyati” ma’nolarini anglatadi. Borliqni bilish sezgi, idrok qilishdan boshlanadi. Inson ko'rish, sezish va hokazolar yordamida tevarak - atrofdagi narsa va hodisalar to'g'risida bilimga ega bo'ladi, faqat shular asosidagina unda xotira, tafakkur, xayol jarayon- lari hosil bo'ladi. Bog'cha va kichik maktab yoshidagi bolalar aqliy bilimining 10,9 qismini sezish orqali idrok etilgan taassurotlar tashkil etadi. Sezgi va idrok qanchalik boy bo'lsa, insonning tevarak- atrofdagi olam haqidagi tasavvurlari shunchalik keng bo'ladi. Bolalarning sensor madaniyati, unda sezgi va idrokning rivojlanish darajasi bilish faoliyatining muvaffaqiyati uchun muhim shart-sharoit hisoblanadi. Sensor tarbiya pedagogika fanida bolalarning aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasining asosi hisoblanadi.

Maktabgacha yosh davri sensor jarayonlarni rivojiantirish davridir. Shuning uchun bu davrda sensor tarbiya muhim o'rinni egallaydi. Sensor tarbiya hissiy bilish qobiliyatlarini shakllantirishga, sezgi, idrokni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik ta’sir sistemasidir. Mariya Montesori texnologiyasi aynan shu fikrni olg'a su- ruvchi usullar majmuyi bo'lib, ma'nan yetuk, mustaqil fikrlov- chi, intiluvchan shaxsni tarbiyalashda muhim o'rin tutadi. Shi- fokor-pedagog Mariya Montesori yaratgan Maktabgacha ta'lim metodikasi maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash borasida- gi barcha tizimlar orasida alohida ajralib turadi. Agar ota-onalar o'z farzandlariga rahmdillik, mehr-muruvvat tuyg'ularini uyg'ota olmas ekanlar, u holda bolalar nafaqat begona odamlarga, balki o'z ota-onasiga ham hissiz bo'lib qoladilar. Montesori metodikasi bo'yicha maktabgacha yoshdagi bolalarni sensor tarbiyalashda quyidagi maqsadlar nazarda tutilishi kerak;


1. Barcha tashqi hissiyotlarni shakllantirish.
2. Tashqi hissiyotlarni tarbiyalash orqali hali to'liq shakllan- magan barcha ruhiy jarayonlarni rivojiantirish kerak. Chunki diqqat, intellekt va iroda to'liq rivojlanmagan bo'ladi.
3. Odatiy bir yoqlama madaniy tasavvurdan xalos bo'lish.
4. Nutq apparatlari orqali tilni rivojiantirish, so'z boyliklarini oshirish.
5. Bolalarning ruhiy va jismoniy imkoniyatlariga muvofiq tarzda, o'z-o'ziga xizmat qilishda ehtiyoj va talablarni rivojiantirish. Yuqorida ko'rsatilgan pedagogik maqsadlarga erishish uchun Montesori yaxshi sharoitda bolani tarbiyalash usullarini tavsiya etadi. Uning materiallari ayniqsa, aqliy faoliyatni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sensor tarbiya qobiliyatlarni rivojlantirish uchun bolalar buyumning faqat nimaga ishlatilishini, nomigagina bilishi yetarli bo'lib qoimay, balki ular buyumlarni chuqurroq idrok eti- shi, ularni ushlash, ular bilan muomalada bo'lganda xilma-xil sezgilar ishtirok etishi ham juda muhimdir, deb biladi. Tarbiyachi sensor tarbiyaning ana shu tomonlariga alohida e'tibor berishi, bolalarga tegishli topshiriqlar berishi: buyumlarni bir joydan ikkinchi joyga olib qo'yishda ularning og'irligini his qilish, buyumni qo'lga olib, uning sirtini sezishi va sifatini - issiq yoki sovuqligini ana shunga o'xshashlarini aniqlashi kerak. Bolalarning yoshi ulg'ayib, hayot tajribalari ortishi, sharoitlar ning o'zgarishi bilan idrok etish jarayoni va unga qo'yiladigan talab ham murakkablashadi. Navbatchilar tarelkalarning katta-kichikligi, chuqur yoki yuzaligini, piyola va chinni idishlar- ning og'irligini, sirtining silliqligini, ushlaganda sovuqroqligi- ni, plastmassa buyumlarning yengilligini his qiladilar. Stollar- ni u yoq bu yoqqa siljitish, stullarni joy-joyiga qo'yish boshqa harakat sezgilarini uyg'otadi, fazoviy munosabatlarni, kontur chiziqlar va hokazolarni idrok qilishni talab etadi. Shunga asoslanib, sensor tarbiyaning quyidagi vazifalari belgilanadi: - Bolalarda perspektiv harakatlarni shakllantirish. - Buyumlarning xususiyati, sifati, munosabati to'g'risidagi umumlashgan tasavvurlar sensor etalonlar sistemasini shakllantirish. Sensor etalonlar ijtimoiy-tarixiy tajriba jarayonida hosil qilingan namunalardir. Asosiy ranglar, geometrik shakllar, notalarda ifodalangan musiqali tovushlarning turli balandligi ana shunday etalonlar jumlasiga kiradi. Agar bola etalonlar va ularning og'zaki ifodalanishi bilan tanish bo'lsa, uning te- varak-atrofni bilishi oson bo'Iadi, u o'zi uchragan buyumlarni ma'lum bir etalon bilan taqqoslaydi hamda buyumning rangi, shakli, katta-kichikligi, detallarining fazoviy joylashishini aytib beradi.
Perseptiv harakatlardan, etalonlar sistemasidan amaliy faoliyatda va bilish jarayonida mustaqil foydalanish malakasini shakllantirish. Sensor tarbiyaninng mazmuni o'z ichiga tevarak-atrofdagi hamma sensor belgilarni qamrab oladi. Bular bolalarning hamma faoliyatlari orqali amalga oshiriladi va har xil sensor asosga egadir. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bola ranglarni farq qilish va ularning nomini aytishga o'rgatiladi, ularda rang tuslari haqida, bo'yoqlarni aralashtirish natijasida yangi rang yoki tus- lar paydo bo'lishi to'g'risida tasavvur hosil bo'ladi, shuningdek ular (nutqning tovush tomonlarini, so'zning tovush tu- zilishini tahlil qilish qobiliyatini) va musiqa tinglash o'quvini rivojiantirish ham sensor tarbiya mazmuniga kiradi. Sensor tarbiya, shuningdek, taktik sezgilarni, buyumlarning sifati- ni paypaslab, ko'rib farqlash va ularni to'g'ri aytish (silliq, ma- yin, dag'al, yumshoq, og'ir, yengil, sovuq, issiq va boshqalar] ko'nikmalarni rivojiantirish ham sensor tarbiya vazifalaridn biridir. Bolalar sekin-asta vaqtni tushuna boshlaydilar hamda vaqt tushunchasini o'zlashtiradilar, vaqtning ketma-ketligi va davomliligini anglaydilar. Dastlab bolaning "kecha", "bugun", "ertaga" tushunchalarini nisbiyligini, vaqtning davomliligini (bir daqiqa, besh daqiqa, bir soat) tushunib olishi qiyin bo'ladi. Bunga tajribaning to'planib borishi va biror maqsadga qaratilgan ta'lim natijasida erishiladi. Yuqorida aytilganlarga xulosa qilib, sensor tarbiya bolalarning hamma faoliyatlarida amalga oshiriladi deb aytish mumkin.
Sezgi va idrok biror maqsadga qaratilgan mazmunli faoliyat jarayonida muvaffaqiyatli rivojlanadi. Samarali faoliyat (rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar, applikatsiyalar yasash] sezgi va idrokning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratibgi- na qolmay, balki buyumning shaklini, rangini, joyini bilib olish- ga ham ehtiyoj paydo qiladi. Biror narsaning rasmini chizish- dan oldin bolani buyumlarning rangiga qarab taqqoslashga o'rgatiladi, suratlarni ko'zdan kechirishda esa qanday qilib rang yordamida tasvirning badiiy ifodaliligiga erishilishini ko'rish qobiliyati rivojlanadi. MTMda bolalar butun yil davomida tabiat bilan tanishtirib boriladi, ularga o'simliklarni, hayvonlarni parvarish qilish top- shiriladi. Bu suv, yer, quyosh issiqligining xususiyatlarini sezib, bilib olish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Bolalar tabiat bilan bevosita munosabatda bo'lish tufay- li gul, toshlarning nomini osongina va bajonudil bilib oladilar, keyinchalik ularning shakli, rangi, tuzilishi, hidi, nomini silliqligi va mayinligiga qarab topadilar. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar "oldinga”, "orqaga", "tepada - pastda” "uzoq-yaqin”, "chapda-o'ngda" kabi fazoviy tasavvurlarni o'zlashtirib oladilar va hayotiy vaziyatda ularga amal qiladilar, buyumlarning shakli, ular o'lchamining farqiga yetadilar, ularni o'zaro taqqoslaydilar. Bolalar tabiat bilan tobora ko'proq aloqada bo'lishlari tufay- li taassurotlari, eshitib ta'sirlanish xususiyatlari ortib boradi. Bolalarni qushlarning sayrashi, barglarning shitirlashi, sham- olning guvillashi, yomg'irning shatir-shuturi va momaqaldiroq- ning gumburlashini diqqat bilan tinglashga o'rgatish zarur. Sensor tarbiyaning asosiy usullaridan biri - tekshirishdir. Tekshirish - buyumlarni maxsus ravishda tashkil etilgan idrok qilishdan iborat bo'lib, uning natijalaridan keyinchalik ma'lum bir mazmunli faoliyatda foydalaniladi. Tekshirish jarayonida bolalar katta-kichiklikni, shaklni, fazoviy munosabatlarni, rangni, nutq tovushlari bilan musiqiy tovushlarning o'ziga xos xususiyatlarini ajratib ko'rsatish va farqlashga o'rganadilar. Mashg'ulotlarda bolalarning hissiy bilish tajribasini egallab olishlari

Yüklə 162,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin