Mavzu: maktabgacha talim tashkilotlaridagi tarbiyalanuvchilar faolyati



Yüklə 66,44 Kb.
səhifə3/5
tarix12.05.2023
ölçüsü66,44 Kb.
#112660
1   2   3   4   5
MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDAGI TARBIYALANUVCHILAR FAOLYATI

Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida Prezidentimiz tashabbusi, tinimsiz sa’y-harakatlari bilan respublikamizda har tomonlama yetuk “Barkamol avlod”, komil insonni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.
Barkamol avlodni tarbiyalash hamisha insoniyatning eng ezgu va eng ulug’ orzularidan biri hisoblanib kelinadi. Agar tarix sahifalariga nazar tashlaydigan boTsak, Al-Farobiyning “Fozil odamlar shaxri” asarida jamiyatdagi har bir bilimli inson fozil odamdir. Bunday inson o’zi yashayotgan davlatdagi barcha qonun va qoidalarga e’tiborli va unga amal qiluvchi, o’z kasbining ustasi bo’ladi deb ta’kidlangan.
1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning hayotga tadbiq etilishi,mamlakatimizda yangi o’quv tizimining vujudaga kelishiga hamda zamonaviy bilimga ega bo’lgan yosh mutahassislami tayyorlashga zamin yaratadi.
O’zbekiston xalqi o’z oldiga huquqiy demokratik jamiyat qurish maqsadini qo’ygan. Bu yo’lda birinchi, lekin juda muhim qadamlar qo’yilgan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining hayotga tadbiq etilishi xalqaro jamiyatda o’z o’rnimizni mustaxkamlashga olib keladi. Negaki dunyoning bugungi rivoji shunday bir mavqedaki, hal qiluvchi omil harbiy qudratda emas, balki intellektual salohiyatda, fikrda, aqlda, ilg’or texnologiyalardadir. Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan ta’kidlangan “Kuch - bilim va tafakkurda” degan hikmat bugun va ertangi kun uchun aytilgandir.
Jamiyatni ma’naviy yangilashdan ko’zlangan bosh maqsad - yurt tinchligi, xalq erkinligi va farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik kabi ko’pdan-ko’p muhim masalalardan iborat.
Yurtboshimiz aytadilar: ’’Endigi eng dolzarb vazifamiz bu jarayonlarning ilmiy-nazariy asoslarini, ularning yangidan-yangi qarorlarini mukammal ochib berishni, o’quvchilarimiz, talabalarimizga, keng jamoatchilikka sodda qilib tushuntirib berish va ulami yangi hayot, zamon talablariga javob beradigan, jamiyat qurishning faol va jo’shqin ishtirokchilariga aylantirishdan iborat”.(I. 2.-3)
2016 yil Sog’lom ona va bola yili davlat dasturida Prezident o’zbek xalqi uchun sog’lom bola, sog’lom avlod orzusi azaliy intilish ekanligini, ota-bobolar ham insonning nasl-nasabiga, yetti pushtining tozaligiga va avlodning sog’lig’iga juda katta e’tibor berganini ta’kidlab o’tdi.“Ana shunday muhim hayotiy qadriyatni jamiyatimizda yanada chuqur qaror toptirish, sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash borasidagi ishlarimizni yanada yuksak bosqichga ko’tarish maqsadida men kirib kelayotgan yangi - 2016-yilni yurtimizda Sog’lom ona va bola yili, deb e’lon qilishni taklif etaman” {1.2.5.} Jamiyatimizga yuqori malakali, bilimdon, madaniyatli o’z kasbining mohir ustasi bo’lish tarbiyachi-pedagoglar ko’proq talab qilinmoqda. Shunga ko’ra, mamlakatimizda shu xususda qabul qilinayotga qarorlarida kadrlar tayyorlash masalasiga katta ahamiyat berilmoqda. Ular haqida g’amho’rlik qilinmoqda.
Ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholining hayot darajasi va sifatini yanada oshirish bilan bog’liq masalalar bundan buyon ham e’tiborimiz markazida bo’lib qoladi. 2016 yilda ijtimoiy sohaga Davlat byudjeti jami xarajatlarining 59,1 foizi yoki o’tgan yilga nisbatan ko’proq mablag’ ajratiladi. Jumladan, ta’lim-tarbiya sohasiga davlat byudjeti xarajatlarining 33,7 foizi, sog’liqni saqlash tizimiga 14 foizi yo’naltiriladi. Ta’lim-tarbiya sohasini ta’minlash va rivojlantirish sarf- xarajatlari o’tgan yilga qaraganda 16,3 foizga, sog’liqni saqlash tizimida 16 foizga ko’payadi. {1.3.6.}
Maktabgacha ta’lim tarbiya muassasalari xalq maorifi sistemasida tarbiyani amalga oshiruvchi ilk bo’g’in hisoblanadi. Bolani liar tomonlama garmonik rivojlantirish uchun esa maktabgacha bo’lgan muassasalarda ta’lim- tarbiya sifatini ko’tarish zarur.
Pedagogning bolaga o’z shaxsiyati bilan ta’sir ko’rsatishi to’g’risidagi g’oyani o’z davrida maktabgacha ijtimoiy tarbiya sistemasining yaratuvchilaridan biri G.A.Arkin rivojlantirgan edi. Uning pedagogik asarlarida quyidagi: “Biz uchun tarbiyachining o’ziga hos gapirish intonatsiyasidan boshlab imo-ishoralari, tabassumi harakatlaridagi boTgan barcha hususiyatlarini ko’rish va payqay bilish g’oyat muhimdir ”{11.18.76.}
Bola qalbiga chuqur kira oladiga va u yerda individual yashirin qadriyatlarni topa biladigan, ularni ro’yobga chiqarishga amaliyotda qoTlanish mustahkamlanishi hamda takomillashuviga sabab bo Та oladigan har qanday rivojlanish faktori tarbiyachi ko’rsatadigan ta’sir oldida ojizdir degan fikrlar ta’kidlangan. Mamlakatimizda xalq ta’limining birinchi bo’g’ini uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasiga katta ahamiyat berilmoqda. Negaki, endilikda tarbiyachilar shu jumladan maktabgacha tarbiya tashkilotlari uchun oddiy ijrochilik kamlik qiladi. Bargan sari o’z vazifasiga moslashish yangilikni tez payqay bilish tashabbuskorli mas’uliyatni o’z ustiga qo’rqmasdan ola bilishga tayyorgarlik o’z oldiga vazifa qo’yish va uni mukammal bajara olish ishlashga o’rganish istagi kabi ishchanlik sifatlarining ahamiyati ortmoqda.
Bola shaxsi rivojida tarbiyachining roli o’z navbatida tarbiyachining yetakchilik rolini yuzaga keltiradi. Bu har bir bola shaxsini shakllantirishda uning gardanidagi mas’uliyatdir. Tarbiyachi o’z shaxsiyatida bolalar qanday muayyanlikni ko’rishmoqda,uni o’zlarich kim sifatida qabul qilishmoqda, uning shaxsiyatidagi qaysi shaxsi xususiyatlarini o’zlari uchun mo’ljal qilib olishmoqda- bulaming barini bilmog’I lozim. Boshqacha aytganda tarbiyachining ,,men”I qanday qilib bolalar mulkiga aylanmoqda,bolalaming o’zlariga xos bo’lga xususiyatlariga nisbatan qay ravishda-taqlid etilmoqda ekanligi hamda tarbiyalanuvchilar uchun qanday ahamiyat kasb etmoqdaligini tushunib yetmog’ zarur.
Atoqli rus pedagogi A.S.Makarenkoning „Agar bola yomon tarbiyalangan bo’lsa,buning uchun mutlaqo tarbiyachi ayibdordir.agar boli yaxshi bo’lsa bunday holda ham u o’z bolaligi uchun,tarbiyachi si oldida qarzdordir”,-degan fikri hozir ham axamiyatini yo’qotgan emas.{11.43,- 17}
Bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari uchun mutahassislar tayyorlash ishida hali maktabgacha tarbiya muassasalari bo’lajak xodimlarni kasbga tayyorlash muayyan sistemasi hamma joy da ham maqsadga muvofiq tashkil topgan deb bo’lmaydi. Bu keksa tarbiyachi uchun ham, naqiron tarbiyachi uchun ham g’oyat murakkabdir. Tarbiyachining yo’li og’ir va murakkab, biroq shunchalik ko’p shodlik va qoniqish xosil qiluvchi bundan boshqa kasbni toppish oson emas.
Bo’lajak tarbiyachilarning axlaqiy ideallari qanday bo’lishi ko’p jihatdan oliy o’quv yurti hamda pedagogic bilim yurti o’qituvchisining ijodiy tashabuskorligi va bilimi,istak va mahorati hozirgi zamon talabi darajasida bo’lishiga bog’liq.
Ba’zan, endigina oliy maktab yoki pedagogika bilim yurtini bitirgan yosh mutahasislarga maktabgacha tarbiya muassasiga mudirlik qilishni tavsiya etadilar (shunday holler ham uchrab turadi).Endigina faoliyat boshlagan rahbarni odamlar bilan ishlay olamanmi,ishni qanday tashkil etish kerakki,mazkur muassasa xodimlari hamnafas jamoaga aylansinjamoa a’zolari o’rtasida xayri xona munosabotlar o’rnatish uchun nima qilishim kerak,mehnat faoliyatimni qanday tashkil etishim kerak kabi savolar hayajonga soladi.Bu savollarga javob topishi uchun yosh xodim eng awalo asosiy diqqatini ta’lim- tarbiya jarayonining asosiy vazifalariga jalb qilgan holda undagi muhum ahamiyat kasb etuvchi mayda- chuydalarni ham nazaridan chetda qoldirmasligi lozim.
Bolalar tabiya muassasalariga tarbiyachilar tayyorlashdagi tajribalarning ko’rsatishicha,”0’zbekistonda maktabgacha tarbiyani tashkil etish va raxbarlik qilish”kursini o’tishda asosiy etiborni bog’cha mudiri, katta tarbiyachi hamda viloyat,shahar va tumanlar maktabgacha metodika kabinetlar ishini tashkil etish bo’limlariga ko’proq qaratmoq lozimligi ko’zda tutilgan holda,ularning har birlarining kasbiy vazifalarini o’zaro bog’likda yagona bir jarayonning turli tomonlari sifatida aninq va ravshan ochib berishni maqsad qilib qo’ygan.
Metodik ishlarni tashkil etish va rahbarlik qilish
Pedagogik kengash jamoa pedagoglari fikrini ifodalovchi, bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiyaviy masalalarni kollegial ko’rib chiqadigan doimiy ishlovchi organ, metodik mahorat maktabi va ilg’or tajriba minbaridir.
Maktabgacha muassasa mudiri pedagogik kengash raisi hisoblanadi.
Pedagogik kengashga bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlar darajasini oshirish, ularni hal qilish yo’llarini izlash, muassasa ish tajribasiga pedagogika fanining yutuqlari va ilg’or pedagoglar tajribasini joriy qilish, tarbiyachilaming pedagoglik mahoratini oshirish, ularning ijodiy faolligini rivojlantirish kabi masalalar kiritiladi.
Pedagogik kengash Xalq ta'limi vazirligi, Xalq ta'limi bo’limlarining maktabgacha ta'lim bo’yicha buyruq, instrukqiya, nizom va boshqa me'yoriy xujjatlarini; maktabgacha muassasaning yillik ish rejasini; bolalar sog’lig’ini mustahkamlash tadbirlarini; har bir yosh guruhi bo’yicha «Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim-tarbiya dasturi»ning sifatli bajarilishi jarayonini; ish tajribasiga joriy qilish maqsadida tarbiyachilaming ilg’or tajribalarini; maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim va tarbiya berish-ning aktual masalalarini, tarbiyachilaming nazariy va metodik tayyorgarliklarini oshirish masalalarini va maktabgacha muassasa faoliyatining boshqa masalalarini muhokama qiladi.
Pedagogik kengash kun tartibini belgilashda barcha qatnashchilami qiziqtimvchi mavzularning kengligini, aktualligini ta'minlash zarur. Faqat shundagina pedagogik kengashda ish muhiti hukm suradi, masalalar muhokamasi sermahsul va faol bo’ladi.
Pedagogik kengash tarkibiga katta tarbiyachi, tarbiyachilar, musiqa rahbari, maktabgacha muassasaga xizmat ko’rsatuvchi shifokor, katta hamshira, kasaba uyushmasi qo’mitasining raisi, ota-onalar qo’mitasining raisi kiradi. Kengash yig’ilishiga jamoat tashkilotlarining vakillari, maktablar o’qituvchilari, maktabgacha muassasada tarbiyalanuvchilaming ota-onalari taqlif etilishi mumkin.
Pedagoglar pedagogik kengash tomonidan tasdiqlangan va maktabgacha muassasaning yillik ish rejasiga kiritilgan reja bo’yicha ishlaydilar. Pedagogik kengash ishning muvaffaqiyati ko’p jihatdan pedagoglar jamoasi muhokamasiga qo’yilgan masala qanchalik savodli va jiddiy tayyorlanganligiga bog’liq bo’ladi.
Bolalar faoliyatining har xil turlari va madaniy amaliyotlarini o'z ichiga olgan ta'lim faoliyatini tashkil etishning xususiyatlari Tashkilot xususiyatlari ta'lim faoliyati muvofiq bolalar faoliyati va madaniy amaliyotlarning har xil turlarini kiritish bilan.
“Men aytishga haqliman: Yashasin barcha sohalarda o'z-o'zini tarbiyalash. Faqat siz olgan bilim kuchli va qimmatlidir.
Loyiha faoliyati doirasida bolalar tashabbusini qo'llab-quvvatlash Maktabgacha ta’limning zamonaviy tizimi maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan talablar asosida rivojlanmoqda. MDOU "Bolalar.
Pedagogikada faoliyat deganda o'z irodasini amalga oshirish, dunyoni bilish, atrofdagi narsa va hodisalarni tushunish, ijodiy va tafakkur idrokiga qaratilgan muayyan harakatlarni amalga oshirishdagi tashabbusni tushunish odatiy holdir. Federal davlat ta'lim standartiga muvofiq maktabgacha ta'lim muassasasining asosiy faoliyati quyidagilar bilan bog'liq:
eng ko'p tahlil qilish samarali turlari bolalar bog'chasining tarbiyaviy ishlarini rejalashtirish uchun zarur bo'lgan maktabgacha yoshdagi bolalarning faoliyati;
maktabgacha ta'limning Federal davlat ta'lim standartining maqsad va vazifalarini amalga oshirish bo'yicha ish natijalarini rejalashtirish;
bolalarning yoshi va psixofizik ehtiyojlarini qondiradigan mavzu-fazoviy va rivojlanish muhitini rivojlantirish;
maktabgacha yoshdagi bolalarning bo'sh vaqtini tashkil etishning yangi shakllari va usullarini izlash.
To'g'ri tashkil etilgan rivojlanayotgan predmetli-fazoviy muhit tufayli maktabgacha yoshdagi bolalar bilim, ko'nikma va ko'nikmalar ufqlarini muntazam ravishda kengaytiradi, bu esa o'zini namoyon qiladi. turli xil turlari faolligi izchil ortib bormoqda. Amaldagi qonunchilik maktabgacha ta'lim muassasalarida (kognitiv, jismoniy, nutq, ijtimoiy-kommunikativ va badiiy-estetik) Federal davlat ta'lim standartiga muvofiq 5 faoliyat turiga mos keladigan beshta ta'lim yo'nalishini tasniflaganligi sababli, bolalar bog'chalarida o'quvchilarning rivojlanishi. ushbu me'yoriy ko'rsatmalarga muvofiq tashkil etiladi. Ta'lim yo'nalishlarining mazmuni dastur mazmuni va bolalarning yosh xususiyatlariga muvofiq belgilanadi va shuning uchun nafaqat darslar orqali, balki bo'sh vaqtni o'tkazish orqali ham amalga oshiriladi.
DA uslubiy adabiyotlar va maktabgacha ta'lim o'qituvchilari o'rtasida ko'pincha bolalar faoliyatining asosiy turlari to'g'risida ma'lumotlarning etishmasligi mavjud bo'lib, ular belgilangan tasniflardagi farq tufayli yuzaga keladi. federal standart(9 turdagi faoliyat) va ta'lim yo'nalishlari soni (5 ta yo'nalish). Xuddi shunday nomuvofiqlik uzoq vaqt davomida maktabgacha yoshdagi bolalarning faoliyati ta'lim sohalariga to'g'ri kelganligi sababli yuzaga keladi va qabul qilingan FSES DO ga muvofiq dizayn va qo'l mehnati, o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish va mehnat faoliyati, folklor va badiiy adabiyotni idrok etish qo'shilgan. odatiy o'yin, kommunikativ, kognitiv tadqiqot faoliyati, tasviriy san'at va musiqa. Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh ehtiyojlari Federal davlat ta'lim standartiga muvofiq maktabgacha ta'lim muassasasida 9 ta asosiy faoliyat turiga mos keladi, ular har tomonlama rivojlanish va umumiy madaniy qadriyatlar bilan tanishishni ta'minlaydi.
O'yin nafaqat maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatining asosiy shakllaridan biri, balki dunyoni tushunish vositasidir. Shuning uchun didaktik komponentli o'yin faoliyati yoshga bog'liq rivojlanish uchun strategik ahamiyatga ega, chunki bu bolalar kattalarning xatti-harakatlarini nusxalashni o'rganishning yagona yo'li, bu optimal psixo-emotsional o'sishni ta'minlaydi. O'yin faoliyati qoidalarining syujetlari va murakkabligi bolalarning yosh xususiyatlariga bog'liq: eng kichiklari asosan kattalardan keyin oddiy harakatlarni takrorlaydilar (ular telefonda gaplashadilar, imo-ishoralarni taqlid qiladilar, turli kasb vakillarining mehnat faoliyati, harakatlar va boshqalar). hayvonlarning tovushlari), lekin o'sish jarayonida bolalar bog'chasi o'quvchilari o'yin o'ynashga o'tishadi. murakkabroq syujet va qoidalarga ega modellar va kattaroq maktabgacha yoshda ular mustaqil ravishda o'yin syujetlarini yaratishlari, ulardagi rollarni taqsimlashlari mumkin. tengdoshlari orasida (maktabga yoki do'konga o'yinlar, qizlar-onalar).
Bolalar bog'chasida o'yin faoliyatining muhim ahamiyati nafaqat Federal Davlat ta'lim standarti va Bolalar huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi konventsiyaning talablari, balki har tomonlama rivojlangan shaxslarning paydo bo'lishiga hissa qo'shadigan o'yinlarning tarbiyaviy roli bilan ham belgilanadi. Federal davlat ta'lim standartiga muvofiq maktabgacha ta'lim muassasasida o'yin faoliyati maktabgacha yoshdagi bolalarda tashabbuskorlik, insonparvarlik, qiziquvchanlik, bag'rikenglik va faollikni tarbiyalashga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Pedagogik ta'lim maqsadlariga erishish uchun o'yin faoliyati bolalarning yoshiga mos kelishi kerak.
O'yinlarning cheksiz ta'limiy va rivojlantiruvchi qobiliyatlarini namoyish qilib, o'qituvchilar intellektual, didaktik, syujetli, sport, mobil, qidiruv, eksperimental, barmoq va boshqa o'yinlardan foydalanadilar. Teatrlashtirilgan o'yinlar alohida ko'rinish maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyati, badiiy va kommunikativ bilan integratsiyalashgan, shu bilan rivojlanishni ta'minlaydi. hissiy intellekt, o'yin syujetlari va atrofdagi haqiqatni ijodiy qayta ko'rib chiqish, hissiy tajribani kengaytirish.
Federal davlat ta'lim standartiga muvofiq maktabgacha ta'lim muassasasida kognitiv tadqiqot faoliyati
Maktabgacha ta'lim muassasasida Federal Davlat Ta'lim Standartiga muvofiq barcha bolalar faoliyati orasida maktabgacha yoshdagi bolalarning tug'ma qiziqishi tadqiqot faoliyati bilan amalga oshiriladi. U maktabgacha yoshdagi bolalarga xos bo'lgan psixofiziologik ehtiyojlarni va atrofdagi dunyoning hodisalari va ob'ektlarini o'rganish orqali haqiqatni bilish istagini aks ettiradi. Voyaga etish jarayonida bolalar hissiy qobiliyatlarni va asosiy matematik tushunchalarni o'zlashtiradilar, dunyo haqidagi tushunchalarini kengaytiradilar, ularning faoliyati yanada samarali bo'ladi. Shu munosabat bilan turli guruhlardagi kognitiv va tadqiqot faoliyati turli yo'llar bilan amalga oshiriladi:
Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar ob'ektni o'zgartirish orqali fazoviy fikrlashni rivojlantiradilar (konstruktordan tuzilmalarni qurish, o'zgartiruvchi robotlar bilan o'ynash, mashinalarni o'zgartirish), tadqiqotga qiziqishni qondirish, tabiat hodisalari, hayvonlar va o'simliklar haqidagi g'oyalarni kengaytirish; geometrik shakllar Oh. Kognitiv va tadqiqot faoliyatini amalga oshirish orqali bolalar rivojlanadi nutq apparati, nozik va qo'pol motorli ko'nikmalar.
O'rta maktabgacha yoshdagi bolalarda turli hodisalar va ob'ektlarni guruhlash, saralash va taqqoslash, matematik ko'nikmalar va bilimlarni kengaytirish, asosiy g'oyalarni shakllantirish orqali amalga oshiriladigan tadqiqot va qidiruv ishlarini har tomonlama rag'batlantirish juda muhimdir. Rossiya tarixi va madaniyati haqida.
Katta maktabgacha yoshdan boshlab, bolalar tadqiqot faoliyatini rejalashtirishda ishtirok etadilar, xulosalar chiqarishni, ma'lumotlarni umumlashtirish va tizimlashtirishni, rejalashtirilganni oxiriga etkazishni o'rganadilar, vazifalarni bajarish uchun tengdoshlari o'rtasida mas'uliyatni taqsimlaydilar. Ish jarayonida o'quvchilar so'z boyligini kengaytiradilar, eng oddiy matematik operatsiyalarni o'rganadilar (qo'shish va ayirish, ko'proq va kamroq aniqlash).
DA tayyorgarlik guruhi bolalar bog'chasida darslar o'tkazish jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalar xalqlar va mamlakatlar, Yer sayyorasi, ularning vatani, hayvonlar va hayvonlar haqidagi bilimlarini kengaytiradilar. flora maktabgacha yoshdagi bolalik davrida olingan bilimlarni mustahkamlash. Bundan tashqari, bolalar mamlakat va davlat tarixi, kasblar uchun muhim voqealar bilan tanishadilar, ular maktabgacha ta'lim muassasalarining bitiruvchilariga maktabda kerak bo'ladigan ko'nikmalarni shakllantirish uchun hamma narsani qiladilar.
Ularning o'qituvchilar va tengdoshlari bilan o'zaro munosabatlari darajasi maktabgacha yoshdagi bolalarning nutq qobiliyatlarini shakllantirish darajasiga bog'liq. Ona nutqi vositalarini o'zlashtirish jarayonida bolalar o'zgarmas qiyinchiliklarga duch kelishadi, Federal davlat ta'lim standartiga muvofiq maktabgacha ta'lim muassasasida boshqa faoliyat shakllari bilan integratsiyalashgan kommunikativ faoliyat ta'lim jarayonining asosini tashkil qiladi. Bolalar bog'chasi o'quvchilarining nutq qobiliyatlari hamma joyda rejim va bevosita ta'lim faoliyatida rivojlanadi, ammo bolaning tashabbusi, uning rivojlanishga, yangi bilimlarni o'zlashtirishga tayyorligi ham muhim ahamiyatga ega, shuning uchun o'qituvchilarning kommunikativ faolligini rag'batlantirish muhimdir. bolalarning. Bolalar bog'chasida ikkinchisi ertak tinglash, she'rlarni yodlash, adabiy asarlarni takrorlash, teatrlashtirilgan tomoshalar o'ynash va boshqa shakllar orqali amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasasida samarali faoliyat
Bolalar bog'chasida samarali faoliyatdan foydalanish amaliyoti bolalarda qat'iyatlilik, chidamlilik, ehtiyotkorlik, sabr-toqat, ko'nikmalarni shakllantirishni ta'minlaydi. analitik ish, ob'ektlarning imkoniyatlarini tizimli baholash, atrofdagi haqiqatga tizimli yondashish. Faoliyatning bunday shakllari bolalarning muvaffaqiyatli ijodiy o'zini o'zi anglashi uchun asos yaratadi. Ishlab chiqarish faoliyati ilgari ko'rilgan narsalarni ijodiy komponent bilan takrorlash va noyob elementlarni qo'shishga tayanadi.
Ko'pincha bolalar bog'chasida samarali faoliyat quyidagilar qurilishi orqali amalga oshiriladi: yosh maktabgacha yoshdagi bolalar ular kublardan eng oddiy tuzilmalarni yaratadilar, binoning alohida qismlarini ta'kidlaydilar, ularni yakunlaydilar yoki qayta quradilar, tuzilmalarni ichidagi bo'sh joy bilan jihozlaydilar. O'rta maktabgacha yoshda o'quvchilar ob'ektlarning o'lchami, shakli va tuzilishi haqidagi tasavvurlarini kengaytiradilar va shuning uchun o'zlarining g'oyalari va vizual namunasi emas, balki o'qituvchining og'zaki ko'rsatmalariga binoan binolarni yaratishni o'rganadilar. Tuzilmalarni qurish uchun bolalar eng oddiy tuzilmalardan foydalanadilar, buning uchun ular yanada katta hajmli raqamlarni qurish uchun guruhlarga birlashadilar. Kattaroq maktabgacha yoshdagi bolalar har qanday murakkablikdagi vazifalarni bajarishlari, ma'lum bir mavzu yoki shakldagi binoni loyihalashlari va ko'rsatmalarga muvofiq Federal davlat ta'lim standartiga muvofiq maktabgacha ta'lim muassasasida samarali faoliyatni amalga oshirishlari mumkin.
Biroq, bolalar bog'chasidagi samarali faoliyat doirasi dizayn bilan cheklanmaydi, shuning uchun tarbiyachilar bolalar faoliyatining boshqa shakllaridan foydalanadilar, ular orasida alohida o'rin egallaydi:
Chizish (qalamlar, bo'yoqlar, qalamlar yoki boshqa vizual vositalar bilan). Bolalar mavhum va ijodiy fikrlashni rivojlantiradilar, agar ular muntazam ravishda maxsus doska, qog'oz, asfalt yoki kanvada chizsalar, qo'llarini yozishga tayyorlaydilar.
Modellashtirish - qo'llarning nozik motorli ko'nikmalari ustida ishlashning eng yaxshi usuli. Plastik materiallardan (gil, kinetik qum yoki plastilin) ​​foydalanish bolalarning harakatlarini muvofiqlashtirishni optimallashtiradi, qat'iyatlilikni, kosmosdagi jismlarning nisbati va holatini bilishni, tafsilotlarga e'tiborni, fazoviy fikrlashni shakllantiradi.
Tabiiy va doğaçlama materiallardan tayyorlangan ilovalar, qo'l san'atlari, matolar bolalarning ijodiy o'zini namoyon qilishiga, individual hodisalar, hodisalar va narsalarni qayta ko'rib chiqishga yordam beradi.
Pedagogik kengashning yig’ilishi ikki oyda bir marta chaqiriladi, zaruriyat to’g’ilganda navbatdan tashqari yig’ilish chaqirilishi mumkin. Muhokamaga ko’pi bilan 2-3 masala qo’yiladi, pedagogik kengash ishdan tashqari vaqtda o’tqaziladi. Pedagogik kengash qarorining loyihasini ma'ro’zachi (bolalar bog’chasinin, mudirasi yoki katta tarbiyachi) oldindan tayyorlaydi.
Seminarlar pedagoglaming nazariy, metodik bilimlarini, mutaxassislik malakasini oshirishning keng tarqalgan shakli bo’lib, o’qituvchilar malakasini oshirish instituti va metodik kabinetlar tomonidan amalga oshiriladi.
Seminarlaming asosiy maqsadi - alohida metodika bo’yicha tarbiyachilaming bilimlarini chuqurlashtirish va tarbiya bo’yicha dolzarb masalalarini hal etishdir. Seminar o’quv tematika rejasi 1 yilga mo’ljallangan bo’lib, shahar, tumanda seminar oyda 1-2 marta ishdan ajralmagan holda, viloyat va respublikada esa 5-12 kunda ishdan ajralgan holda tashkil etiladi.
Seminarlar ish sifatini yaxshilash maqsadida ilmiy tekshirish instituti tomonidan o’quv tematikasining rejalari, seminar dasturi ishlab chiqilgan.
Seminar o’quv tematika mavzusini katta tarbiyachi va mudira tarbiyachilar bilan birgalikda tanlaydi, pedagogik kengash uni tasdiqlaydi, bu yillik rejada aks etadi, so’ngra metodist faol tarbiyachilar bilan birgalikda seminar ishining aniq rejasini ishlab chiqadi.
Seminar ishida ayrim bir mavzu yildan-yilga takrorlanmasligi kerak. Bu seminar qatnashchilarining qiziqishlarini pasaytiradi. Har bir seminarda quruq nazariyachiliqqa yo’l qo’ymay, o’rganilayotgan materialni hayot bilan bog’lash kerak.
Seminar rejasi metod kabinetga ilib qo’yiladi. Seminar mavzulari taxminan shunday bo’lishi mumkin:
Ilk yosh va kichik yoshdagi bolalar psixofiziologik xususiyatlari (seminami pediatr vrach yoki psixolog olib boradi).
Turli faoliyat turlarida bolalarga individual yondashish.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalami vatanparvarlik va baynalmilalchilik ruhida tarbiyalash.
Tarbiyachining bolalar bilan o’zaro munosabatlari va h.k.
Seminar mashg’ulotlari tarbiyachining amaliy malakalarini o’stiruvchi ish shakli bo’lib, bunda: bolalar loy, applikatsiya, qurish-yasash, badiiy o’qish, ashula aytish, raqsga tushish va boshqa ishlarni amalga oshiradilar. Ular mutaxassis yordamida amaliy jihatdan saviyalarini o’stirib boradilar. Seminar mashg’ulotlariga mudira, katta tarbiyachi yoki tajribali tarbiyachi rahbarlik qiladi. Seminar mashg’uloti maxsus daftarga qayd qilib boriladi.
Tarbiyachilarning bilimlarini boyitish maqsadida yangi metodik va pedagogik adabiyotlar, sohaga oid jumaldagi maqolalar o’rganilib, muhokama qilinadi. Maktabgacha ta'lim xodimlarning dunyoqarashlarini kengaytirish maqsadida esa shahar va tumanning diqqatga sazovor yodgorliklariga o’quv ekskursiyalari tashkil etiladi. Bir yilda 3-4 marta o’quv ekskursiyalar tashkil etiladi. Muzeylarga ekskursiya tashkil etilsa yanada yaxshi, chunki bundan olingan taassurotlar pedagoglar bilimini yanada kengaytiradi.
Vaziyat to’g’ilganda metodist tomonidan yakkama-yakka maslahatlar o’tqaziladi. Uzoq joylardagi xodimlarga yozma ravishda beriladi.
Jamoa maslahati 1 oyda 1 marta o’tkazilib, oylik rejada aks etadi. Tumandagi tarbiyachilarni oldindan ogohlantiriladi, o’tkazish muddatini belgilab tuman shart-sharoitidan kelib chiqilgan holda o’tqaziladi.
Tarbiyachilarning g’oyaviy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy va ishlash malakalarini o’stirish uchun turli mavzular bo’yicha ma'ruzalar o’tqaziladi. Bular siyosiy yoki pedagogik mavzularda bo’lishi mumkin.
Maktabgacha ta'lim xodimlarining o’z ustida ishlashlari g’oyaviy-siyosiy saviyalarini oshirib borishdagi keng tarqalgan usuldir. Metodik ishlarni jamoa ish shakli bilan birgalikda olib borilsa, bilim manbayi boyib boradi.
Yillik rejada maktabgacha ta'lim bo’yicha ayrim nazariy masalalami, maktabgacha talim dasturini, dasturiy-metodik materiallarni o’rganish rejalashtiriladi. o’z ustida ishlashda faqatgina o’rganiladigan mavzular emas, balki undagi asosiy savollar, masalalar o’rganiladi adabiyotlar ko’rsatiladi.
Mudira kasaba uyushmasi raisi bilan birgalikda tarbiyachilar bilan o’z ustilarida ishlashni qanday tashkil etishi yuzasidan suhbatlashishi, yordam ko’rsatishi shart.
Bu tadbirlaming tizimli, aniq reja asosida olib borilishi goyat muhimdir. Tashkiliy-pedagogik vazifalami amalga oshirishda jamoa uchun shart-sharoit, kerakli materiallar, bajaruvchi-javobgar shaxslar, ularni hisobga olib borish o’quv yilining boshida belgilanadi, buni mudira doimo nazorat qilib boradi.
Umumiy ota-onalar majlisida bolalar muassasasining butun ishi muhokama qilinadi, tegishli chora-tadbirlar ko’riladi. Ota-onalar majlisiga rais qilib ota-onalar qo’mitasining raisi belgilanadi.
Bolalar muassasalarida tashkil etiladigan ochiq eshiklar kuni g’oyat ahamiyatlidir. Bunda bog’chaning butun faoliyati ota-onalar tomonidan ko’zatiladi, yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar joyida hal etiladi. Bolalar muassasasining barcha xodimlari bunga tayyorgarlik ko’radilar.
Bola tarbiyasida qiynalgan ota-onalar uchun yakkama-yakka suhbatlar tashkil qilinadi, bunda guruh tarbiyachisi va bog’cha mudirasi masalalarni ilmiy asoslangan holga hal etmog’i lozim. Maslahatlar qisqa, aniq shaklda olib boriladi, ayniqsa guruhlarda «ko’chirma papka»lardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida ota-onalarga yaqindan yordam berishda kutubxona tashkil etish ahamiyatlidir. Bola tarbiyasiga oid kitoblar ota-onalarga katta yordam beradi, kitoblar bog’cha mudirasi, metodist va tarbiyachilar tomonidan tanlanadi. Adabiyotlar ro’yxati hisobot tarzida olib boriladi.
Pedagogik tashviqot ishlaridan eng qulayi ota-onalar burchagidir. Bu ota- onalarga bola tarbiyasiga hamda muassasa ishiga ijodiy yondoshishga yordam beradi.

Yüklə 66,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin