Mavzu: maktabgacha talim tashkilotlaridagi tarbiyalanuvchilar faolyati



Yüklə 66,44 Kb.
səhifə1/5
tarix12.05.2023
ölçüsü66,44 Kb.
#112660
  1   2   3   4   5
MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDAGI TARBIYALANUVCHILAR FAOLYATI


MAVZU: MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDAGI TARBIYALANUVCHILAR FAOLYATI
REJA:
Kirish

  1. Bolalar faoliyatining turlari

  2. Maktabgacha talim tashkilotlaridagi tarbiyalanuvchilar faolyati

  3. Tarbiyalanuvchilarning kunlik rejasi

  4. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi butun metodik ishning markazi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Maktabgacha ta’lim tashkiloti ustavida har bir maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan qabul qilingan ustaviga binoan uslubchining ish jarayonida huquq va vazifalari aniqlab belgilab beriladi, ya’ni u metodik jihatdan kuchli ma’naviy, siyosiy ongi, dunyoqarashi keng tadbirkor, kamida bitta xorijiy tilni biluvchi pedagoglardan tayinlanadi. Shuningdek, uslubchi quyidagilarni bilishi lozim:
- maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’lim-tarbiyaviy ishga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
- «Bolajon» dasturining bajarilishini ta’minlaydi va kontrol qiladi, ta’lim-tarbiyaviy ishning to‘g‘ri uyushtirilishi uchun javobgar;
- ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi, Pedagogik kengashda ko‘rib chiqish uchun zarur materiallarni tayyorlaydi;
- maktabgacha ta’lim tashkilotidagi metodik kabinetning ishini tashkil qiladi; bolalarning yoshlariga muvofiq pedagogik qo‘llanmalar va o‘yinchoqlarni tanlaydi;
- ota-onalar o‘rtasida pedagogik bilimlarni targ‘ibot qilish, turli guruh tarbiyachilari, shuningdek, Maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktab ishida uzviylikni ta’minlash bo‘yicha ishni uyushtiradi.
O‘z hamkasblarining hurmatini qozonishi va ularga o‘z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlarida yordam berish uchun uslubchi qanday rahbarlik sifatlariga ega bo‘lishi lozim.
Uslubchi faqat yaxshi nazariy tayyorgarlikkagina emas, balki bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmasiga ham ega bulishi zarur.
Tajribali uslubchining tashabbuskorligi va ishga ijodiy yondoshishi: g‘oyalarini umumlashtira bilish, maqsadga muvofiq ishlash, har bir tarbiyachining imkoniyat va qobiliyatlarini hisobga olishiga qarab farqlanadi.
Uslubchi talablarni qo‘yishda talabchan va qatiy bo‘lishi kerak. Rahbarning o‘ziga buysinuvchilar bilan muloqotning emotsional-irodaviy tomonini ifodolovchi bu sifatlar rahbarlik uslubining muhim xislatini, talabchanlikni hosil qiladi. Yuksak talabchanlikni sezgirlik, xayrixoxlik, odamlarga hurmat bilan birga olib borish zarur. Talabchanlik - bu qattiqqo‘llik degan gap emas. Buyruqldar, qattiq tanbehlar, xayfsanlarning foydasidan ko‘ra zarari ko‘proq va bu odatda rahbarning kuchliligidan emas, balki zaifligidan dalolat beradi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchisining ta’lim-tarbiyaviy faoliyatining samaradorligi uning obrusi ko‘p jihatdan pedagoglar jamoaning jipslashganligiga, eng avvalo butun maktabgacha muassasa rahbar yadrosida birlik va o‘zaro tushunishning mavjudligiga bog‘liq bo‘ladi.
Tarbiyachilarning aniq intizomi va ishda uyushqoqligini ta’minlash; jamoada jamoa fikrini, tarbiyachilarning bir-birlarining kamchiliklariga tanqidiy munosabatini shakllantirish, mehnat faolligi va ijodiy ishlash ehtiyojini rag‘batlantirish; qabul qilingan qarorlar yechimini ta’minlash kabi ijtimoiy-psixologik masalalarini hal qilish uslubchi uchun birmuncha murakkablik qiladi.
Har bir yosh mutaxassis ishini endi boshlayotgan yosh tarbiyachi maslaxatlar olib turishi uchun unga tajribaliroq murabbiy va obruliroq tarbiyachini biriktirish lozim.



Yüklə 66,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin