Ta’limiy: Talabalarni maktabgacha Yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti, bilish jarayonlarining rivojlanishi hamda shaxs xususiyatlari haqida ilmiy ma’lumotlar bilan tanishtirish. Maktabga psixologik tayyorgarlik muammosi yuzasidan nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish.
Tarbiyaviy: Maktabgacha Yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi, ularning ruhiy salomatliklari va ruhiy barqarorliklarini ta’minlovchi muhit yaratish zaruriyatini talabalar ongiga singdirish.