Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar o'sishining umumiy shart-sharoitlari Reja


Maktabgacha yoshdagi bolalar o’sishining umumiy shar-sharoitlari



Yüklə 89,37 Kb.
səhifə2/5
tarix03.06.2023
ölçüsü89,37 Kb.
#124314
1   2   3   4   5
Psixik o’sish jarayonlari Reja

2.Maktabgacha yoshdagi bolalar o’sishining umumiy shar-sharoitlari

Bog’cha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga ko’ra, bu davrni uch 




bosqichga ajratish mumkin: 
- birinchi davr - bu 3-4 yosh oralig’ida bo’lib, bola emosional jihatdan o’z-
o’zini boshqarishning mustahkamlanishi bilan bog’liqdir; 
- ikkinchi davr - bu 4-5 yoshni Tashqil qilib axloqiy o’z-o’zini boshqarish; 
- uchinchi davr esa shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik xususiyaning shakllanishi 
bilan harakterlanadi. 
Maktabgacha davrda axloqiy tushunchalar borgan sari qat’iylasha boradi. 
Axloqiy tushunchalar manbai sifatida, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shugullanayotgan 
kattalar, shuningdek, tengdoshlari ham bo’lishi mumkin. Axloqiy tajribalar asosan 
muloqot, kuzatish, gaqlid qilish jarayonida, shuningdek, kattalarning ayniqsa, onalarning 
maqtovi va tanqidlari ta’sirida o’tadi va mustahkamlanadi, Bola doimo baho, ayniqsa 
maqtov olishga harakat qiladi. Bu baho va maqtovlar bolaning muvaffaqiyatga erishishga 
bo’lgan harakatlarining rivojlanishida, shuningdek, uning shaxsiy hayoti hamda uning kasb tanlashida ahamiyati juda kattadir. 
Bog’cha yoshidagi davrda bolalarda muloqotning yangi motivlari yuzaga keladi. 
U shaxsiy va ishbilarmonlik motivlaridir. Shaxsiy muloqot motivlari bu bolaning tashvishga solayotgan ichki muammolari bilan bog’liq, ishbilarmonlik motivlari esa u yoki bu ishni bajarish bilan bog’liq bo’lgan motivlardir. Bu motivlarga asta-sekinlik bilan bilim, ko’nikma va malakalarni egallash bilan bog’liq bo’lgan o’qish motivlari qo’yiladi. 
Bu motivlar ilk bolalik davridan boshlanib, yuzaga keladigan bolalarning tabiiy 
qiziquvchanligi o’rnida paydo bo’ladi. o’zini namoyon qilish motivlari ham bu yoshda yaqqol namoyon bo’ladi. Bu motiv, asosan, bolalarning syujetli-rolli o’yinlarda asosiy rolni egallashga, boshqalar ustidan rahbarlik qilishga, musobaqaga kirishishga qo’rqmasligida, nima bo’lganida ham yutishga harakat qilishlarida ko’rinadi. 
Maktabgacha yosh davri bolalari uchun kattalar beradigan baholari juda muxim. Bola -
lar birinchi navbatda ma’naviy axloq me’yor va qoidalarini, o’z majburiyatlariga munosabat, kun tartibiga rioya etish, hayvon va narsalar bilan muomala qilish me’yorini egallaydilar. 
Bunday me’yorlarni egallash bu yoshdagi bolalar uchun qiyin hisoblanib, ularni yaxshi 
o’zlashtirishi uchun syujetli-rolli o’yinlar yordam berishi mumkin. Bog’cha yoshining 
oxirlariga kelib, ko’pchilik bolalarda aniq bir axloqiy qarashlar tarkib topadi, shuningdek, 
odamlarga munosabat bilan bog’liq bulgaya shaxsiy sifatlar ham shakllanadi. Kishilarga 
nisbatan diqqat-e’tibor, mehribon bo’lishi xususiyatidir. Katta yoshdagi bolalar ko’p 
hollarda o’z xatti-harakatlari sabablarini tushuntirib bera oladilar. 
3-3,5 yoshlar oraligida o’zlarining muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklariga o’z 
munosabatlarini bildiradilar va bu munosabat, asosan, ularning o’zlariga beradigan baholari asosida shakllanadi. 4 yoshli bolalar esa o’z imkoniyatlariii real baholay oladilar. Lekin, 4- yoshli bolalar hali shaxsiy xususiyatlarini idrok etishga va baholashga qodir emaslar, shuningdek o’zlari haqida ma’lum bnr xulosani bera olmaydilar o’z-o’zini anglash layoqati katta bog’cha yoshidan rivojlanib, avval u qanday bo’lganini va kelajakda qanday bo’lishini fikrlab ko’rishga harakat qiladi. Bu esa bolalar beradigan «Men kichkina paytimda qanday bo’lgan edim?», «Man katta bo’lsam qanday bo’laman?» singari savollarida ko’rinadi. Kelajak haqida fikr yuritib,bolalar kelgusida kuchli, jasur, aqlli va boshqa qimmatli insoniy fazilatlarga ega bo’lishiga harakat 
qiladilar. 
Kichik va o’qish bog’cha yoshida bola harakterining shakllanishi davom etadi. Uasosan, bolalarning kattalar harakterini kuzatishlari asosida tarkib topadi. Shu yillardan 
boshlab, bolada ahamiyatli hisoblangan - iroda, mustaqillik va tashabbuskorlik kabi 
ahamiyatli shaxsiy xususiyatlar rivojlana boshlaydi. Katta bog’cha yoshida bola
atrofidagi odamlar bilan turli faoliyatlarda muloqot va munosabatlarga kirishishga o’r -gana boshlaydi. Bu esa unga kelajakda odamlar bilan muloqotga kirisha olishida, ish bo’yicha 
va shaxsiy munosabatlarini samarali o’rnata olishida foyda keltiradi. Bu yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishida ularning ota-onalari haqidagi fikrlari va ularga beradigan 
baholari nihoyatda ahamiyatlidir. 
Bog’cha yoshidagi bolalarning xayoli asosan, ularning turli-tuman o’yin 
faoliyatlarida usadi, Biroq, shu narsa diqqatga sazovorki, agar bog’cha yoshidagi 
bolalarda xayol qilish qobiliyati bulmaganda edi, ularning xayoli ham xilma-xil bulmas edi. Bog’cha yonidagi bolalarning xayollari turli xil mashg’ulotlarda ham usadi. Masalan, bog’cha yoshidagi bolalar loydan turli narsalar yasashni, qumdan turli narsalar qurib o’ynashni va rasm solishni yaxshi ko’radilar. Ana shunday mashg’ulotlar bolalar 
xayolining o’sishiga faol ta’sir qiladi. 
Bog’cha yoshidagi bolalar xayolining o’sishiga faol ta’sir qiluvchi omillardan 
yana biri - ertaklardir. Bolalar hayvonlar xaqidagi turli ertaklarni eshitganlarida shu 
ertaklardagi obrazlarga nisbatan ma’lum munosabatlari yuzaga keladi, 
Bog’cha yoshidagi bolalar hissiyoti va uning o’sishi. Bog’cha yonidagi bolalarda 
yoqimli va yoqimsiz his-tuyg’ular g’oyat kuchli va juda tez namoyon bo’ladi. Bu 
yoshdagi bolalarning his-tuyg’ulari kun jihatdan ularning organiq extiyojlarining 
qondirilishi va qondirilmasligi bilan bog’liqdir. Bu ehtiyojlarning qondirilmasligi sababli bolada noxushlik (yoqimsiz), norozilik, iztiroblanish tuyg’ularini qo’zg’aydi. 
Katta bog’cha yoshidagi bolalarda burch hissi - «nima yaxshi-yu», «nima yomon»ligini anglashlari bilan ularning axloqiy tasavvurlari orasida bog’liqlik bor. Katta odamlar tomonidan buyurilgan biron topshiriqni bajarganlarida mamnunlik, shod lik tuyg’ulari paydo bo’lsa, biron tartib qoidani bo’zib quyganlarida xafalik, ta’bi -xiralik hissi tug’iladi. 
Shuningdek, bog’cha yoshidagi bolalarda ma’naviy hissiyotlardan o’rtoqlik, 
do’stlik va jamoatchilik hislari ham yuzaga kela boshlaydi. 
Bolaning bog’cha yoshidagi davrida estetik hissiyotlari ham anchasi tyoz usadi. 
Bog’cha yoshidagi bolalarda estetik hislarning namoyon bo’lishini, ayniqsa, ularning 
chiroyli, yangi kiyim-bosh kiyganlarida juda yaqqol ko’rish mumkin, 
Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o’qishi ko’p jihatdan ularning maktabga 
tayyorgarlik darajalariga bog’liq. Bola avvalo maktabga jismoniy jihatdan tayyor bo’lishi 
kerak. 6 yoshli bolalarning anatomik-fiziologik rivojlanishi o’ziga xos tarzda kechadi. Bu 
yoshda bola organizmi jadal rivojlanadi. Uning og’irligi oyiga 150 dan 200 gacha, bo’yi 
esa 0,5 sm gacha ko’payadi. 6 yoshli bolalar turli tezliklarda, tez va yengil yugura 
oladilar. Ular sakrash, konkida yugurish, changida uchish, so’zish singari harakatlarni ham bemalol bajara oladilar. Musiqa bo’yicha mashg’ulotlarda bu yoshdagi bo-lalar xilma-xil ritmik va plastik harakatlarni bajaradilar, turli mashqlarni aniq, tez, yengil va 
chaqqon bajara oladilar. Shuningdek, 6-7 yoshli bolalar nerv sistemasini mustahkamlash, 
ularni surunkali kasalliklardan xalos etish, ko’rish va eshitish qobiliyatiga alohida e’tibor berish, shuningdek, umurtqa pogonasining to’g’ri rivojlanishiga ahamiyat berish
nihoyatda muhim. Kattalar shu yoshdagi bolalar bilan ish olib borar ekanlar, bu yoshdagi 
bolalar organizmi hali o’sishi davom etayotganligini doimo hisobga olishlari lozim. 
Masalan, bolani majburan yozishga o’rgatish hali barmoq muskullari to’liq,
rivojlanmaganlik sababli ularga ma’lum darajada zarar keltyarishi yoki uni chiroyli yoza 
olmasligi, o’z-o’zidan bolani o’ziga nisbatan ishonchini yoki o’qishga nisbatan 
qiziqishini kamayishiga olib kelishi mumkin.Keyingisi bolaning aqliy tayyorgarligidir. Ko’pincha aqliy tayyorgarlik deyilganda bolaning ma’lum bir dunyoqarashi, jonli tabiat, insonlar va ularning mehnatlari haqidagi bilimlari tushuniladi. Ushbu bilimlar mak -tabda beradigan ta’limga asos bo’lishi mumkin, Lekin so’z boyligi, ma’lum xatti-harakatlarni bajara olish layoqati bolaning maktabga aqliy tayyorgarligining asosiy ko’rsatkichi bo’la olmaydi. Maktab dasturi bolalardan taqqoslay olish, taxlil ega olish, umumlashgira olish, 
ma’lum bir xulosa chiqara olish, shuningdek yetarli darajada rivojlangan bilish 
jarayonlarini talab etadi. Masalan, 6-7 yoshli bola tabiat haqida ayrim hodisalargaigina emas, balki organizmning tabiat bilan bog’liqligini va o’zaro ta’sirini ham tushunishi va o’zlashtirishi mumkin. 6-7 yoshli bolalar aqliy rivojlanishning natijasi bo’lib, yuqori darajada rivojlangan ko’rgazmali obrazli tafakkur bilan bola atrof olamdagi predmetlarning asosiy xususiyatlarini va predmetlar orasidagi bog’liqlikni ajrata olishidir. 
Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, ko’rgazmali-harakatli va ko’rgazmali-obrazli tafakkur nafaqat 6- yoshli bolalar, balki kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning aqliy rivojlanishida ham asosiy funksiyani bajaradi, Bu borada bolada ma’lum bir ko’nikmalarning tarkib topganligi ham nihoyatda muhimdir. 
Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o’qishi nafaqat uning aqliy va jismoniy 
tayyorgarligi, balki shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyogarligiga ham bog’liq. Maktabga o’qish uchun kelayotgan bola yangi ijtimoiy mavqyeini - turli majburiyatlari va huquqlari bo’lgan va unga turli talablar quyiladigan - o’quvchi mavqyeini olish uchun tayyor bo’lmog’i lozim. Katta bog’cha yoshdagi bolalar asosan, maktabda o’qish uchun ehtiyoj syozadilar, Lekin bu xohish va extiyoj motivi turlicha bo’lishi mumkin. "Menga chiroyli forma, daftar, qalam va ruchkalar sotib olib berishadi. "Maktabda o’rtoqlarim ko’p bo’ladi va men ular bilan mazza qilib uynayman?', "Maktabda uxlatishmaydi" 
"Maktabning tashqi ramzlari, shubhasiz maktabdagi bolalarni juda qiziktiradi, lekin bu maktabda muvaffaqiyatli o’qish uchum asosiy sabab bo’la olmaydi", "Men otamga o’xshagan bo’lishim uchun o’qishim kerak", "Yozishni juda yaxshi ko’raman", "O’qishni o’rganama” "Maktabda qiyin misollarni yechishni o’rganaman". Ushbu xohish va harakat bolaning maktabda muvaffaqiyatli o’qishi uchun tabiiy ravishda asos bo’la oladi. 

Yüklə 89,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin