Birinchidan bolaning o‘yin faoliyati qandaydir moddiy maxsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyat emas, chunki bolalarni o‘yinga undovchi sabab o‘yindan kelib chiqadigan natija bilan emas balki shu o‘yin jarayonidagi turli xarakatlarning mazmuni bilan boglikdir.
Ikkinchidan esa bolalar o‘yin jarayonida o’z ixtiyorlaridagi narsalarni ularni qiziqtirgan, ammo kattalargagina mansub bo’lgan narsalarga aylantirib o‘yinning bolalar psixik tarakkiyotidagi qudratli roli mashxur pedagog va psixologlardan tashkari mutafakkir yozuvchilarni xam dikkat e’tiborini jalb etgan. Masalan rus yozuvchilaridan biri M.Gorьkiy bolalar o‘yin va uning moxiyati xaqida shunday degan edi. «O‘yin bolalar uchun o’zlari yashab turgan dunyoni bilish xamda uni o’zgartirish qurolidir». O‘yin bolalar xayotida shunday kup kirrali faoliyatki unda bolalarga mansub bulgan mexnat xam, narsalar xakida fikr yuritish xam, xayol kilish, dam olish va xushchakchaklik manbalari xam mujassamlashgan. Manna shu jarayonlarning barchasi o‘yin faoliyatida namoyon buladi. Bolaning ongida uni kurshab turgan voelik tugrisidagi xilma-xil o‘yin faoliyatini takomillashtiradigan sharoitlarni tadkik kilgan N.M.Aksarinaning ta’kidlashicha, o‘yin uz-uzidan vujudga kelmaydi, buning uchun kamida uchta sharoit bo’lishi lozim:
a) taassurotlar tarkib topishi;
b) xar xil kurinishdagi o‘yinchoklar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining muxayyoligi;
v) bolalarning kattalar bilan tez tez muomala va mulokotga kirishuvi. Bunda kattalarning bolaga bevosita ta’sir kursatish uslubi xal kiluvchi rol o`ynaydi.
D.B.Elkonin uz tadkikotida rolli o‘yinning syujeti bilan bir katorda, uning mazmuni ham mavjud ekanini yozadi. Uning fikricha, o‘yinda bola kattalar faoliyatining asosiy jixatini anikrok aks ettirishi o‘yinning mazmunini tashkil kiladi. A.P.Usovaning tadkiqotlarida ta’kidlanishicha, rolli o‘yin ishtirokchilarining safi yosh ulgayishiga karab, jinsiy tafovutlarga binoan kengayib boradi:
a) uch yoshli bolalar 2-3 tadan guruxga birlashib, 3-5 dakika birga uynay oladilar;
b) 4-5 yoshlilar guruxi 2-5 ishtirokchidan iborat bulib, ularning xamkorlikdagi faoliyati 40-50 dakika davom etadi, o‘yin davomida katnashchilar soni ortib xam boradi;
v) 6-7 yoshli bolalarda rolli o‘yinni gurux yoki jamoa bulib birga uynash istagi vujudga keladi, natijada avval rollar taqsimlanadi, o’yinning qoidalari va shartlari tushuntiriladi (o’yin davomida bolalar bir-birlarining xarakatini qattiq nazorat qiladilar). Eng sodda psixik jarayondan eng murakkab psixik jarayongacha xammasining eng muxim jixatlarini shakllantirishda o’yinlar katta rol o’ynaydi. Bog’cha yosh davrida xarakatining o’sishida o’yinning ta’siri haqida gap borganda avvalo shuni aytish kerakki,