Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar o'sishining umumiy shart-sharoitlari Reja


Bolaning psixik rivojlanishida o’yinlarning ahamiyati



Yüklə 89,37 Kb.
səhifə3/5
tarix03.06.2023
ölçüsü89,37 Kb.
#124314
1   2   3   4   5
Psixik o’sish jarayonlari Reja

3.Bolaning psixik rivojlanishida o’yinlarning ahamiyati
O‘yin fakat tashki muxitdagi narsa va xodisalarni bilish vositasi bulibgina kolmay balki, kudratli tarbiya vositasi xamdir. Ijodiy va syujetli o‘yinlarda maktabgacha yoshdagi bolalarni barcha psixologik xususiyatlari shakllanadi. Mana shu nuktai nazardan o‘yin bogchadagi ta’lim-tarbiya ishlarini yulga kuyishda markaziy urinda turadi. O‘yin jarayonida maktabgacha yoshdagi bolaning barcha psixik jarayonlari tarkib topishida imkon buladi. CHunki o‘yin faoliyati bolalarni dikkat va xotirasi, nutki, xayoli, xissiyoti, mexnatga oid malakalari va kobiliyatlarinamoyon buladi. Rolli o‘yin – maktabgacha yoshdagi bolalarning etakchi faoliyatidir. Rol­li o‘yin mazkur yosh davridagi bolalarning eng muxim faoliyati bulib, ular bunday o‘yinda guyo katta yoshdagi odamlarning barcha vazifalari va ishlarini amalda bevosita bajaradilar. SHu boisdan o‘yin faoliyati uchun maxsus yaratiladigan sharoitlarda ijtimoiy muxit voealari, oi­laviy turmush xodisalari, shaxslar aro munosabatlarini umumlashtir­gan xolda aks ettirishga xarakat kiladilar. Bolalar kattalarning tur­mush tarzi, xis-tyygusi, uzaro muomala va mulokatlarining xususiyat­larini, uziga va uzgalarga, atrof-muxitga munosabatlarini yakkol voelik tarzida ijro etish uchun turli o‘yinchoklardan, shuningdek, ularning vazifasini utovchi narsalardan ham foydalanadilar. Ammo shuni ham alohida ta’kidlash joizki, ijtimoiy va maishiy voqelikning barcha jabxalarini kamrab oladigan rolli o‘yin ularda birdaniga zmas, balki turmush tajribasining ortishi, tasavvur obraz­larining kengayishi natijasida vujudga keladi, moxiyati va mazmuni jixatidan oddiydan murakkabga karab takomillashib boradi. Rolli o‘yin faoliyatini vujudga keltiruvchi eng zarur omillardan biri - bolada uz xatti-xarakatlarini kattalar xatti-xarakati bilan solishtirish, undan nusxa olish, aynan unga uxshatish tuygusining mav­judligidir. Xuddi shu sababli kattalar va ularning xatti-xarakatlari bolaning xam tashki, xam ichki ibrat namunasi buladi va kattalarning xulk-atvori, yurish-turishining xam ob’ekti, xam sub’ekti xisoblanadi. Bolaning ongida uni qurshab turgan voqelik to‘grisidaggi xilma-xil o‘yin faoliyatini takomillashtiradigan sharoitlarni tadqiq qilgan N.M.Aksarinaning ta’kidlashicha, o‘yin o‘z-uzidan vujudga kelmaydi, buning uchun kamida uchta sharoit bo‘lishi lozim: a) taassurotlar tarkib topishi; b) har xil ko‘rinishdagi o‘yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining muhayyoligi; v) bolalarning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kirshiuvi. Bunda kattalarning bolaga bevosita ta’sir ko‘rsatish uslubi hal kiluvchi rol o‘ynaydi. D.B.Elkonin o‘z tadqiqotida rolli o‘yinning syujeti bilan bir qatorda, uning mazmuni ham mavjud ekanini yozadi, Uning fikrichsa, o‘yinda bola kattalar faoliyatining asosiy jixatani aniqroq aks ettirishi o‘yinning mazmunini tashkil qiladi. Eng sodda psixik jarayondan eng murakkab psixik jarayongacha hammasining eng muhim jihatlarini shakllantirishda o‘yinlar katga rol o‘ynaydi. Bogcha yosh davrida harakatning usishida o‘yinning ta’siri haqida gap borganda avvalo shuni aytish kerakki, birinchidan, o‘yinni tashkil qilishning o‘zidayoq mazkur yoshdagi bolaning harakatini ustirish va takomillashtirish uchun eng qulay shart-sharoit yaratadi. Ikkinchidan, o‘yinning bola harakatiga ta’sir etishini sababi va xususiyati shuki, harakatning murakkab kunikmalarini sub’ekt aynan o‘yin paytida emas, balki bevosita mashg‘ulot orqali o‘zlashtiradi. Uchinchidan, o‘yinning keyinchalik takomillashuvi barcha jarayonlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. SHu boisdan o‘yin faoliyati xatti-harakatni amalga oshirish vositasidan bolaning faolligani ta’minlovchi mustaqil maqsadga aylanadi. Bolalar laboratoriya sharoitiga nisbatan o‘yinlarda ko‘proq so‘zlarni eslab qolish va esga tushirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa ixtiyoriy xotira xususiyatini chuqurroq, ochishga yordam beradi, Tajribada yigilgan ma’lumotlarni taxlil qilish quyidagicha xulosa chiqarish imkonini beradi a) o‘yinda bola tomonidan ma’lum rol tanlash va uni ijro etish jarayoni bir talay axborotlarni eslab qolishni talab qiladi; b)shu boisdan personajning nutq boyligini egallash, xatti-harakatini takrorlashdan iborat ongli maqsad bolada oldinroq paydo bo‘ladi va oson amalga oshadi. O‘yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, balki bolaning xulq-atvoriga ham ijobiy ta’sir qo‘rsatadi. Bogcha yoshidagi bolalarda uz xulqini boshqarish ko‘nikmalarini tarkib toptirishga bog‘liq psixologik muammoni o‘rgangan Z.V.Manuylekoning fikricha, biror maqsadga yo‘naltirilgan mashg‘ulotga nisbatan o‘yinda xulq ko‘knikmalarini oldinroq va osonroq egallash mumkin, Ayniqsa, bu omil bogcha yoshi davrining xususiyati sifatida o‘zining yorqin ifodasini topadi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘z xo‘lqini uzi boshqarish ko‘nikmasi o‘yin faoliyatida ham, boshqa sharoitlarda ham qariyb baravarlashadi. Ba’zida ular ayrim vaziyatlarda, masalan, musobaqa paytida o‘yindagiga qaraganda yuqoriroq ko‘rsatkichga ham erishishlari mumkin. YUqoridagi mulohazalar asosida umuman aytganda, o‘yin va o‘yin faoliyati bolada o‘z xulqini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bolaning aqliy o‘sishi haqida fikr yuritilganda, shuni ham aytib o‘tish kerakki, narsalarni yangi nom bilan atashda yoki yangacha nomlash holatidan kelib chiqib, sub’ekt o‘yin paytida faol harakat qilishga urinadi. CHunki u moddiy narsalarga asoslangan harakat rejasidan tasavvur qilinayotgan, fikr yuritilayotgan jismlar mohiyatini aks ettiruvchi harakat rejasiga o‘tadi. Bola jismlarning moddiy shaklidan birdaniga hayoliy ko‘rinishiga utishida unga tayanch nuqtasi bulinji kerak, vaholanki shunday tayanch nuqtasi vazifasini o‘tovchi narsalarning aksariyatidan o‘yinda bevosita, ob’ekt sifatida foydalaniladi. O‘yin faollyatida mazkur jismlar qandaydir alomatlarni aks ettiruvchi sifatida emas, balki ana shu tayanch narsalar to‘grisida fikrlash uchun xizmat qiladi, shuningdek, tayanch nuqtasi harakatning yaqqol narsa bilan bogliq jihatini aks ettiradi. YUqorida aytilganidek, narsa bilan o‘yin harakatlarining takomiillashuvi harakat shakli xususiyati, bosqichi kabilarni qisqartirmsh va umumlashtirish hisobiga amalga oshiriladi. O‘yin harakatlarining qisqarishi va umumlashuvi ularning aqliy ko‘rinishidagi mantaqan izchil, yig‘iq shaklga o‘tishning asosini tashkil qiladi. Psixolog J.Piaje o‘yinda jismlarga yangi nom berish omiliga jiddiy e’tibor bilan qarab, bu ish ramziy ma’noli tafakkur shakllanishining tayanchi, degan xo‘losaga keladi. Lekin bu xulosa vaziyatni aks ettirishning birdan-bir to‘gri yo‘li ekanligini bildirmaydi. SHuning uchun narsaning nomini o‘zgartirish bilan bolada tafakkur va aql-zakovat o‘sishini kutish ham mantiqqa mutlaqo ziddir, Aslida narsalarni qayta nomlash emas, balki o‘yin harakatlarining xususiyatini o‘zgartirish bolaning aqliy o‘sishiga sezilarli ta’sir o‘tkaza oladi. Darhaqiqat, o‘yin faoliyatida bolalarda harakatning yangi kurinishi, ya’ni uning fikriy, aqliy jihati namoyon bo‘ladi va shuning uchun o‘yin harakatlarini shakllantirish jarayonida bolada fikrlash faoliyatining dastlabki ko‘rinishi vujudga keladi. Bolaning aqliy kamol topishida yoki uning umumiy kamolotida o‘yinning muhim ahamiyat kasb etishi xuddi mana shu dalil orqali uz ifodasini topadi. Bola o‘yin faoliyatida maktab ta’limiga tayyorlanib boradi, shu boisdan, unda aqliy harakatlarning yaqqol shakllari tarkib topa boshlaydi. Rolli o‘yin faqat alohida olingan psixik jarayon uchun ahamiyatli emas, balki bolada shaxs xususiyat va fazilatlarini shakllantirishda ham zarurdir. Binobarin, katta yoshdagi odamlar rolini tanlab, uni bajarish bolaning his-tuygularini qo‘zgatuvchilar bilan uzviy bogliq holda namoyon bo‘ladi.
O‘yinning bola rivojlanishiga ta’siri. Tadqiqotchi A.V.YArmolenko yarim yoshlik go‘daklarda jozibali narsalarning o‘zaro qiyosiy tasnifini tadqiq qilgan. Muallif olgan ma’lumotlarga qaraganda go‘dak behisob jismlar orasida insonni (katta yoshli odamlarni) tobora aniqroq, ravshanroq ajrata boshlagan. SHu bilan birga harakatsiz ko‘ruv qo‘zg‘atuvchisiga diqqatni to‘plash 26 sekundddan 37 sekundgacha harakat qilmayotgan odamga bolaning tikilishi, 34 sekunddan 38 sekundgacha, xarakatdagi ko‘ruv qo‘zg‘atuvchisiga qarashi 41 sekunddan 78 sekundgacha, harakatdagi insonga e’tibor berishi 49 sekunddan 88 sekundgacha ortgan. Tajribada go‘dakning xarakatlanayotgan odamga diqqatini to‘plab turishi 4 marotaba ortgani aniqlangan. Go‘dak jonsiz narsalarga qaraganda odamga diqqatini barqaror qaratishi uning kattalarga munosabati o‘zgarganidan emas balki ular bilan aloqaga kirishganda sust retseptor o‘rnini faolrog‘i egallaganidandir. Go‘dakda fazoviy tassavvurning boyishida jumlalarning idrok qilishidagi farqlashning takomillashuvi muhim vosita xisoblanadi. Hayot tajribasi ortib borishi mashqlar natijasida jismlarning alomatlari va belgilarni o‘quvi paydo bo‘ladi. Olimaning fikricha 3- oydan 6 oylikkacha bolada katta yoshdagi odamlar bilan tanlab munosabatda bo‘lishi vujudga keladi. Uch oylik go‘dak begonalar orasidagi tuqqan onasini ajrata olsa, yarim yoshdan boshlab esa begonalar ichidagi qarindoshlarini ham farqlay boshlaydi. M.YU.Kistayakovskaya ma’lumotiga ko‘ra, 5-6 oylikda u muomala qilayotgan notanish shaxsga bir oz tikiladi, keyin yo kulimsiraydi yoki undan yuzini o‘giradi, xatto, qo‘rqib yig‘lab yuboradi. Bolada o‘zini parvarish qilayotgan yaqin kishilariga bog‘lanib qolishi sodir bo‘ladi. Ana shu sababli onasini yoki enagasini ko‘rsa qiyqirib qarshilaydi, unga talpinadi, qo‘l-oyog‘ini ixtiyorsiz tipirchilatadi. U yarim yoshga to‘lganda atrofdagi yaqin kishilari, qarindosh-urug‘lariga, xatto qo‘ni -qo‘shnilarga ham bog‘lanib (o‘rganib) ko‘nikib qoladi. Ta’minan 8-9 oyligidan kattalar bilan dastlabki o‘yin faoliyatini boshlaydi. O‘yin faoliyatidagi tabassum, jonlanish, shodlik, tuyg‘ulari avval faqat kattalar ishtirokida namayon bo‘ladi, vaqt o‘tishi bilan uyinning o‘zi bolaga quvonch bag‘ishlaydi. Go‘dak bir yoshga yaqinlashgan sari kattalarning xatti-xarakatlarini izchil kuzatishdan tashqari unda asta-sekin ularning ko‘mak berish ishtiyoqi tug‘iladi. Natijada bola individual faoliyat turidan hamkorlikdagi faoliyatga ham o‘ta boshlaydi. Ma’lum, hamkorlikdagi faoliyat muloqot ko‘lamini kengaytirishga yordam beradi. Maktabgacha tarbiya davri shaxsning xaqiqiy tarkib topishi (voyaga etish) davri bo‘lganligi uchun ham shunday muhim bir davrdir. Hayotning birinchi yili mobaynida bolaning tevarak -atrofdagi muhitga munosabati jiddiy ravishda o‘zgaradi. Bola katalar bilan aloqada bo‘lishi natijasida uning o‘rgatishga qarab o‘z ixtiyorlarini qondiradigan narsa bilan mustaqil xarakat qila boshlaydi. Dastlab u kattalar bilan birgalikda, so‘ngra ularning raxbarligida xarakat qiladi, undan keyin ovqat eyish bilan bog‘liq bo‘lgan xarakatlarni va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishga oid ishlarni mustaqil bajara oladi. Hayotning 2 yilida kattalar bilan munosabatlarda o‘zgarish ro‘y beradi. Maktabgacha tarbiya yoshida bola katta odamni o‘z xulqi-atvori uchun o‘rnak deb xisoblaydi. Bola 1-yoshdan 3- yoshgacha narsalar, bilan xarakatlar qilishni egallaydi o‘yin bolaning xarakatlarini rivojlantirish va takoimllashtirishga yordam qiladi. Maktabgacha tarbiya yoshida bola faoliyatining xilma-xil turlari o‘yin, mexnat rejimini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat rivojlana boradi. 2 yoshdan boshlab bolalar o‘ynaydigan bo‘lishadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning (4 yoshdan boshlab) etakchi faoliyatlarga bo‘lib o‘ynaladigan, ijodiy o‘yindir. O‘yin jarayonida bola muayyan rolьlarni bajarishni o‘z zimmasiga olishadi hamda o‘yin sharoitida odamlar faoliyati va munosabatini esga keltirishadi. 3-4 yashar bolalarda birgalikda o‘ynaladigan o‘yinlar xali bo‘lmaydi. Dastlab buyum, o‘yinchoq rolьini go‘yo esga solganday bo‘ladi, sungra bola o‘yinda ixtiyoriy suratda o‘z zimmasiga ma’lum rolьni oladi. Maktabgacha tarbiya yoshida bolaning kattalar tomonidan uyushtirilib, muayyan maqsadga qaratilgan ijodiy faoliyati uning taraqqiyotga qancha ta’sir ko‘rsatadi. 2-yoshda bola rasm sola boshlaydi va jon dil bilan rasm soladi. Rasm solish jarayonida uning idrok etishi aniqlashda u buyumning rangi va shaklini yaxshiroq ajrata boshlaydi, kuzatuvchanligi rivojlanadi. Bola tasavvurlayotgan narsani o‘xshatish maqsadida rasmda aks ettirish zarur bo‘lgan narsalarning belgilarini ataylab ajratib ko‘rsatadi. Bola rasm solar ekan, rasmni so‘zlar bilan to‘ldirib, faollik bilan xarakat qiladi, u o‘z tassavvurlari asosida keyinchalik katta yosh odamlarning so‘ziga binoan rasmlar yaratmog‘i mumkin-unda ayrim narsalarning obrazlari vujudga keladi. Rasm solish bilan loy va plastiklardan shakllar yasaydi, natijada, bola analizatorlarining rivojlantirishda hamda moslashgan va differensiyallashgan xarakatning tarkib topiishidan tashqari uning narsa shaklini, xajmini, bir o‘lchovda bo‘lishi va munosabatligini idrok etish takomillasha boradi. 3-4 yashar bola narsalar o‘rtasidagi bog‘lanishni farqlab oladi va o‘z faoliyatini planlashtiradi, bu faoliyat asta-sekin ijodiy faoliyatga aylanadi Maktabgacha yoshdagi bolalarning etakchi faoliyati bu o‘yindir. Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yin faoliyati masalasi asrlar davomida juda ko‘p olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib kelmokda. Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlarining o‘yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg‘a qarab borayotgan sermazmun hayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar. Bog‘cha yoshidagi bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida shu narsalar bilan bevosita amaliy munosobatda bo‘lishga intiladi. Bu o‘rinda shu narsa harakterliki bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o‘zining haddi sig‘adigan narsalari bilangina emas, balki kattalarga mansub bo‘lgan o‘zining kuchi ham etmaydigan, xaddi sig‘maydigan narsalar bilan ham amaliy munosobatda bo‘lishga intiladi. SHuni ham aytib o‘tish kerakki, fan-texnika mislsiz rivojlangan bizning xozirgi zamonamizdagi yaratilayotgan, xayratda qoldiradigan narsalar bolalarga go‘yo bir mo‘jizadek ko‘rinadi. Natijada ular ham o‘zlarining turli o‘yinlari jarayonida o‘xshatma qilib (yahni analogik tarzda) har xil hayoliy narsalarni uylab chiqaradilar (uchar ot, mashina odam, gapiradigan daraxt kabi). Bundan tashqari, bolalarning turli hayoliy narsalarni o‘ylab chiqarishlari yana shuni bildiradiki, ular o‘zlarining har turli o‘yin faoliyatlarida faqat atroflaridagi bor narsalarni emas, balki ayni chog‘da ehtiyojlari talab qilayotgan narsalarni ham aks ettiradilar. Bolalarning o‘yin faoliyatlarida har xil hayoliy va afsonaviy obrazlarni yaratishlaridan shunday xulosa chiqarish mumkin: odamning (shu jumladan bolalarning ham) tashqi muhitdagi narsa va xodisalarni aks ettirish jarayonlari passiv jarayon emas, balki faol hamda ijodiy, yaratuvchan, o‘zgartiruvchan jarayondir. Bolalar o‘yin faoliyatlarining yana bir ajoyib hususiyati shundan iboratki, o‘yin jarayonida bolaning qiladigan xatti-harakatlari va bajaradigan rollari ko‘pincha umumiylik harakteriga ega bo‘ladi. Bunda bola o‘zining turli-tuman o‘yinlarida faqat o‘ziga tanish bo‘lgan yolgiz bir shofyorning, vrachning, militsionerning, tarbiyachining, uchuvchining xatti-harakatlarigina emas, balki umuman shofyorlarning, vrachlarning, tarbiyachilarning hamda uchuvchilarning xatti-harakatlarini aks ettiradi. Albatta, turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi juda cheklangan kichik yoshdagi bolalar (bahzan kichik guruh bolalari ham) o‘zlarining o‘yinlarida konkret odamlarni va ularning harakatlarini aks ettiradilar. (Masalan, oyisini, adasini, akasini, tarbiyachisini va shu kabi). O‘rta, katta bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yinlarida esa bunday obrazlar umumiylik harakteriga ega bo‘la boshlaydi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yinlari atrofdagi narsa va xodisalarni bilish quroli bo‘lishi bilan birga yuksak ijtimoiy ahamiyatga ham ega. Boshqacharok qilib aytganda, o‘yin qudratli tarbiya qurolidir. Bolalarning o‘yinlari orqali ularda ijtimoiy foydali, yahni yuksak insoniy hislatlarni tarbiyalash mumkin. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar odatda o‘zlari yolgiz o‘ynaydilar. Predmetli va konstruktorlik o‘yinlar orqali bu yoshdagi bolalar o‘zlarining idrok, xotira, tasavvur, tafakkur hamda harakat layoqatlarini rivojlantiradilar. Syujetli, rolli o‘yinlarda bolalar asosan o‘zlari har kuni ko‘rayotgan va kuzatayotgan kattalarning xatti –harakatlarini aks ettiradilar. 4-5 yoshli bolalarning o‘yini asta–sekinlik bilan jamoaviy harakterni ola boshlaydi. Bolalarning individual hususiyatlarini, xususan ularning jamoaviy o‘yinlari orqali kuzatish qulaydir. Bu o‘yinlarda bolalar kattalarning faqat predmetlarga munosabatini emas, balki ko‘proq o‘zaro munosabatlarini aks ettiradilar. SHuningdek, jamoaviy o‘yinda bolalar bir guruh odamlarning murakkab hayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar. Katta bog‘cha yoshida syujetli-rolli o‘yinlar rivojlanadi, lekin endi bu o‘yinlar o‘z mazusining boyligi va xilma-xilligi bilan farqlanadi. Bu o‘yinlar jarayonida bolalarda liderlik yuzaga kela boshlaydi, shuningdek tashqilotchilik ko‘nikma va malakalari rivojlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar shug‘ullanadigan ijodiy faoliyatlar orasida tasviriy san`atning ham ahamiyati juda katta. Bolaning tasavvur etish xarakteriga qarab uning atrof hayotni qanday idrok etishi, xotira, tasavvur va tafakkur hususiyatlariga baho berish mumkin. Katta bog‘cha yoshidagi bolalar chizgan rasmlar ularning ichki kechinmalari, ruhiy xolatlari, orzu, umid va ehtiyojlarini ham aks ettiradi. Bog‘cha yoshdagi bolalar rasm chizishga ham nihoyatda qiziqadilar. Rasm chizish bolalar uchun o‘yin faoliyatining o‘ziga xos bir shakli bo‘lib hisoblanadi. Bola avvalo ko‘rayotgan narsalarini, keyinchalik esa o‘zi biladigan, xotirasidagi va o‘zi o‘ylab topgan narsalarni chizadi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun musobaqa juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, aynan shunday o‘yinlarda muvafaqqiyatga erishish shakllanadi va mustaxkamlanadi. Katta Bog‘cha yoshida konstruktorlik o‘yinlari asta-sekinlik bilan mehnat faoliyatiga aylanib boradi. O‘yinda bola elementar mehnat ko‘nikma va malakalarini egallay boshlaydi, predmetlarning xossalarini anglay boshlaydi, amaliy tafakkur rivojlana boradi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yin faoliyatlari xaqida gapirar ekanmiz, albatta ularning o‘yinchoqlari masalasiga ham to‘xtab o‘tish kerak. Bolalarga o‘yinchoqlarni berishda ularning yosh hususiyatlarini, taraqqiyot darajalarini va ayni paytda ularni ko‘prok nimalar qiziqtirishini hisobga olish kerak. Ma’lumki, 1-3 yosh bolalar hali tashqi muhitni juda oz o‘zlashtirganlar. Ular hali hattoki narsalarning rangini, hajmini va boshqa jihatlarini yaxshi ajrata olmaydilar. SHuning uchun ularga ko‘g‘irchok bilan birga har xil rangli qiyqim, laxtak matolar ham berish kerak. Ayniksa, qiz bolalar o‘z kug‘irchoqlarini har xil rangli matolarga o‘rab, ro‘mol qilib o‘ratib mashq qiladilar. O‘g‘il bolalarga esa, har xil rangli, bir-birining ichiga sig‘adigan quticha o‘yinchoklarni berish foydalidir. O‘yin faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallashning faol shakli bo‘lgan tahlim faoliyatiga tayyorlaydi. Odam birdaniga ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishga kirisha olmaydi. Ijtimoiy tajribalarni faol egallash uchun odam avvalo etarli darajada nutqni egallagan bo‘lishi, ma’lum malakalar, uquvlar va elementar tushunchalarga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi. Bularga bola o‘yin faoliyati orqali erishadi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasavvur, tafakkur, nutq, hayol, hissiyot va irodaning rivojlanishi jadal kechadi. Bola ranglarni xali bir-biridan yaxshi farq qila olmaydi. Unga ranglarning farqini bilishga yordam qiladigan o‘yinchoqlar berish lozim. Bu yoshdagi bolalar turli narsalarni idrok qilishda ko‘zga yaxshi tashlanib turuvchi belgilariga (rangi va shakliga) asoslansalar ham, lekin chuqur tahlil qilmaydilar. Diqqat har kanday faoliyatimizning doimiy yo‘ldoshidir. SHuning uchun diqqatning inson hayotidagi ahamiyati ham benihoya kattadir. Bog‘cha yoshidagi bolalar diqqati asosan ixtiyorsiz bo‘ladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning o‘sib borishi uchun o‘yin juda katta ahamiyatga ega. O‘yin paytida bolalar diqqatlarini bir joyda to‘plab, o‘z tashabbuslari bilan ma’lum maqsadlarini ilgari suradilar. Bu yoshdagi bolaning xotirasi yangi faoliyatlar va bolaning oldiga qo‘yilgan yangi talablar asosida takomillasha boradi. Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlarining faoliyatlari uchun kandaydir ahamiyatga ega bo‘lgan, ularda kuchli taassurotlar koldirgan va ularni qiziqtirgan narsalarni beixtiyor eslarida olib koladilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar tafakkuri va uning o‘sishi o‘ziga xos hususiyatga ega. Tafakkur bolaning Bog‘cha yoshidagi davrida juda tez rivojlana boshlaydi. Buning sababi, birinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalarda turmush tajribasining nisbatan ko‘payishi, ikkinchidan, bu davrda bolalar nutqining yaxshi o‘sgan bo‘lishi, uchinchidan esa, bog‘cha yoshidagi bolalarning juda ko‘p erkin mustaqil harakatlar qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlaridir. Bog‘cha yoshidagi bolalarda har sohaga doir savollarning tug‘ilishi ular tafakkurining faollashayotganligidan darak beradi. Bola o‘z savoliga javob topa olmasa yoki kattalar uning savoliga ahamiyat bermasalar, undagi qiziquvchanlik susaya boshlaydi. ,nima yomonligini.qanday harakat to‘g‘ri-yu, kanday harakat noto‘g‘riligini aniqlashga intiladilar. Bu ishdd bolalarga hamisha yordam berish kerak, ularning bunday Harakatlarini qo‘llab - quvvatlash lozim. Bolalar bog‘chada asosan syujetli va rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlarni o‘ynaydilar. Rollarga bo‘linib O‘ynaladigan o‘yinlarda bolalar tevarak atrof-muhitdagi narsalarni aks ettiradilar. Ular o‘zlarining turli o‘yinlarida kattalarning oilaviy hayot sharoitlariga doir Hodisalarni, mehnat faoliyatlarini, yirik tarixiy Hodisalarini, kishilar orasidagi muloqot munosabatlari, URf - odatlar, bayramlarni aks ettiradi. Ko‘pincha bolalar aks ettirayotgan tashqi muhit hodisalari ular o‘yin faoliyatining syujetini tashkil etadi. Bolalar aks ettirayotgan muhit qanchalik keng va xilma -xil bo‘lsa, bolalar o‘yinining syujeti ham shunchalik keng va xilma - xil bo‘ladi. Ana shuning uchun o‘z - o‘zidan ma’lumki, kichik bog‘cha yoshdagi bolalar o‘yinlarining syujeti nihoyatda tor bo‘ladi. Bolalar o‘sib ulg‘aygan sari ular o‘yinining syujeti tobora boyib, xilma - xillashib boradi. O‘yin mazmuni sifati syujetlar xilma - xilligi bolalarning umumiy psixik taraqqiyot darajasiga bog‘likdir. Bolaningumumpsixolog taraqqiyoti faqato‘yin jarayo-nidagi (A.Leontev) amalga oshishini inobatga olib ularning o‘yinlarining mazmunan boyitishiga katta e’tibor qaratishi-miz lozim. Bog‘cha yoshidagi bolalarning syujetli va rollarga bo‘linib, o‘ynaladigan o‘yinlari deyarli hamma vaqt jamoa holda amalga oshiriladi. Syujetli va rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlar bolalarning ko‘pgina psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik sifatlarini rivojlan-tirishga yordam beradi. O‘yin sharoitining o‘ziyoq bolalar diqqatini atrofdagi narsa va hodisalarga faol yunaltiri­ shini talab qiladi. Bu esa, o‘yin faoliyati davomida bola-larni nihoyatda faollashtiradi, ya’ni ular kuzatuvchan, tez esda olib qoladigan, har bir narsani atroflicha va chuqur tahlil qiladigan bo‘ladilar.
Syujetli va rollarga bo‘linib, o‘ynaladigan o‘yinlar o‘yin jarayonida bolalarning bir birlari bilan faol munosabatda bo‘lishlariga imkon yaratadi. Bu bolalar nutqining tez rivojlanishiga olib keladi. Ma’lumki, syujetli va rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlarning o‘z qonun - qoidalari mavjud. Bu qonun - qoidalarga rioya qilishda bolalar o‘z iroda kuchlarini ishga soladilar. Binobarin, o‘yin faoliyati davomida bolalarning irodaviy sifatlari ham rivojlanadi. Turli yoshdagi bog‘cha bolalarining o‘yin faoliyatlari ularning barcha aks ettirish, ya’ni psixik jarayonlarini, aqliy imkoniyatlarini, shaxsiy psixologik sifatlarini, xarakter xislatlarini tarkib toptirib, rivojlantiradi. SHu narsa harakterliki, bog‘cha yoshidagi bolalarning turli - tuman o‘yin faoliyatlari sekin - astalik bilan ularni o‘qish faoliyatiga tayyorlaydi.
E.A.Arkin, D.B. Elkonin va boshqalarning asarlarida ilmiy asosda yoritib berilgan. Rus psixologlari o‘z asarlarida burjua psixologlarining o‘yin nazariyalarini qattik tanqid ostiga olishlari bilan birga bolalar o‘yin faoliyatlarining mohiyatini materialistik asosda ilmiy nuqtai nazardan tushuntirib berganlar. Bu jihatdan, xususan, S.K.Rubinshteyn, A.N.Leontьev, E.A.Arkinlarning asoslari diqqatga sazovordir.
Maktabgacha yoshdagi bola atorofidagi narsalar bilan bevosita amaliy munosabatda bulishga intiladi. Bu urinda shu narsa xarakterliki bola bilishga tashnaligidan atrofdagi uzining xaddi sigadigan narsalar bilangina emas balki kattalar uchun mansub bulgan uzining kuchi xam etmaydigan narsalar bilan xam amaliy munosabatda bulishga intiladi. Buni natijasida bolalarda xaddan tashkari tez ortib borayotgan turli extiyojlari bilan ularning tor imkoniyatlari urtasida keskin karama-karshilik yuzaga keladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning tobora ortib borayotgan turli extiyojlari bilan ularning tor imkoniyatlari urtasida karama-karshilik kanday yul bilan xal kilinadi?- Bu karma-karshilik fakat birgina faoliyat orkali, ya’ni bolaning o‘yin faoliyati orkaligina xal kilinishi mumkin. Buni shu bilan izoxlab berish mumkin:

Yüklə 89,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin