Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishi


Maktabgacha yoshidagi bolalarning psixologik taraqqiyoti



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə2/6
tarix21.06.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#133779
1   2   3   4   5   6
ДИПЛОМ ИШИ ОРИГИНАЛ

1.2 Maktabgacha yoshidagi bolalarning psixologik taraqqiyoti.
Maktabgacha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga ko’ra bu davrni uch qismga ajratish mumkin: Birinchi davr–bu 3–4 yosh oralig`ida bo`lib, bola emotsional jixatdan o`z–o`zini boshqarishning mustahkamlanishi bilan bog`liqdir. Ikkinchi davr–bu 4–5 yoshni tashkil qilib axloqiy o`z –o`zini boshqarish. Uchinchi davr esa shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik xususiyatining shalklanishi bilan xarakterlanadi.
Maktabgacha davrda axlokiy tushunchalar borgan sari takomillashib boradi. Axlokiy tushunchalar manbai bo’lib ularning ta’lim –tarbiyasi bilan shug`ullanayotgan kattalar, shuningdek, tengdoshlari ham bo’lishi mumkin. Axloqiy tajribalar asosan muloqot, kuzatish, taqlid qilish jarayonida, shu bilan birga kattalarning ayniqsa onalarning maqtovi va tanqidlari orqali o’tadi va mustaxkamlanadi. Bola doimo baho, ayniqsa maqtov olishga harakat qiladi. Bu baho va maqtovlarning bola shaxsidagi muvaffaqiyatga erishishga harakat xususiyatining rivojlanishida, shuningdek, uning shaxsiy layoqati, hamda kasb tanlashida ahamiyati juda katta.
Maktabgacha yoshidagi davrda bolalarda muloqotning yangi motivlari yuzaga keladi. U shaxsiy va ishbilarmonlik motivlaridir. Shaxsiy muloqot motivlari bu –bolaning tashvishga solayotgan ichki muammolari bilan bog`liq, ishbilarmonlik motivlari esa u yoki bu ishni bajarish bilan bog`lik bo’lgan motivlardir. Bu motivlarga asta –sekinlik bilan bilim, ko’nikma va malakalarni egallash bilan bog`liq bo’lgan o`qish motivlari deyiladi. Bu motivlar ilk bolalik davridan boshlanib yuzaga keladigan bolalarning tabiiy ko’zgatuvchanligi o’rnida paydo bo`ladi. O`zini kamsitish motivlari xam bu yoshda yaqqol namoyon bo`ladi. Bu motiv asosan bolalarning syujetli –rolli o`yinlarda asosiy rolni egallashga bolalar ustidan raxbarlik qilishga, musobaqaga kirishishga , nima bo`lganida ham yutishga harakat qilishlarida ko’rinadi. Maktabgacha yosh davri bolalari uchun kattalar beradigan baholari juda muhim. Bolalar birinchi navbatda maishiy axlok norma va qoidalarni, o`z majburiyatlariga munosabat, kun tartibiga rioya etish, hayvon va narsalar bilan muomila qilish normalarini egallaydilar. Bunday normalarni egallash bu yoshdagi bolalar uchun qiyin hisoblanib, ularni yaxshi o’zlashtirish uchun syujetli –rolli o`yinlar yordam berishi mumkin. Maktabgacha yoshning oxirlariga kelib, ko’pchilik bolalarda aniq bir axloqiy qarashlar tarkib topadi, shuningdek, odamlarga munosabat bilan bog`lik bo`lgan shaxsiy sifatlar ham shakllanadi. Kishilarga nisbatan diqqatli, mehribon bo’lish xususiyatidir. Katta yoshdagi bolalar ko’p xollarda o’z hatti –xarakatlari sababini tushuntirib bera oladilar .
3–3,5 yosh oraligida o’zlarining muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklariga o’z munosabatlarini bildiradilar va bu munosabat asosan ularning o’zlariga beradigan baholari asosida bo’ladi. 4 yoshli bolalar esa o’z imkoniyatlarini real baholay oladilar. Lekin 4 –5 yoshli bolalar xali shaxsiy xususiyatlarini idrok etishga va baholashga qodir emaslar, shuningdek o’zlari haqida ma’lum bir xulosani bera olmaydilar. O’z –o’zini anglash layoqati 6-7 yoshidan boshlab rivojlanib avval u qanday bo’lganini va kelajakda qanday bo’lishini fikrlab ko’rishga xarakat qiladi. Bu esa bolalar beradigan «Men kichkina paytimda qanday bo’lgan edim?», «Men katta bo’lganimda qanday bo’laman?» singari savollarida ko’rinadi. Kelajak haqida fikr, bolalar kelgusida kuchli, jasur, aqlli va boshqa shu singari qimmatli insoniy fazilatlariga ega bo’lishiga harakat qiladilar.
Kichik va o’rta yoshida bola xarakterining shakllanishi davom etadi. U asosan bolalarning kattalar xarakterini kuzatishlari asosida tarkib topadi. Shu yillardan boshlab bolada ahamiyatli hisoblangan –iroda, mustakillik va tashabbuskorlik kabi ahamiyatli shaxsiy xususiyatlar rivojlana boshlaydi. Katta yoshda bola atrofdagi odamlar bilan turli faoliyatlarda muloqot va munosabatlarga kirishishga o’rgana boshlaydi. Bu esa unga kelajakda odamlar bilan til topishishda, ish bo’yicha va shaxsiy munosabatlarni normal ravishda o’rnata olishida foyda keltiradi.
.Maktabgacha yoshdagi bolalarning xayoli, asosan, ularning turli-tuman o’yin faoliyatlarida o’sadi. Biroq, shu narsa diqqatga sazovorki, agar Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarda xayol qilish qobiliyati bo’lmaganda edi, ularning xayoli xam xilma-xil bo’lmas edi. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning xayollari turli xil mashgulotlarda ham o’sadi. Masalan, Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar loy o’ynashni, ya’ni loydan turli narsalar yasashni, qumdan turli narsalar qurib o’ynashni va rasm solishni yaxshi ko’radilar. Ana shunday mashgulotlar bolalar xayolining o’sishiga faol ta’sir qiladi.
Maktabgacha yoshidagi bolalar xayolining o’sishiga faol ta’sir qiluvchi omillardan yana biri ertaklardir. Bolalar xayvonlar xaqidagi turli ertaklarni eshitganlarida shu ertaklardagi obrazlarga nisbatan ma’lum munosabat yuzaga keladi.
Maktabgacha yoshidagi bolalar xissiyoti va uning o’sishi.Maktabgacha yoshidagi bolalarda yoqimli va yoqimsiz xis-tuygular goyat kuchli va juda tez namoyon bo’ladi. Maktabgacha yoshidagi bolalarning xis-tuygulari ular organik extiyojlarining qondirilishi va qondirilmasligi bilan bogliqdir. Bu extiyojlarning qondirilmasligi sababli bolada noxushlik(yokimsiz), norozilik, iztiroblanish tuygularini qo’zgaydi.
Katta yoshidagi bolalarda burch xissi – nima yaxshi-yu, nima yomonligini anglashlari bilan axlokiy tasavvurlari o’rtasida bogliqlik bor. Katta odamlar tomonidan buyurilgan biron bir topshiriqni bajarganlarida mamnunlik, shodlik tuygulari paydo bo’lsa, biron tartib qoidani buzib qo’yganlarida xafalik, ta’bi xiralik xissi tugiladi.
Shuningdek, maktabgacha yoshidagi bolalarda ma’naviy xissiyotlardan o’rtoqlik, do’stlik va jamoaviylik xislari ham yuzaga kela boshlaydi.
Bolaning maktabgacha yoshidagi davrida estetik xissiyotlar xam ancha tez o’sadi.
Maktabgacha yoshidagi bolalarda estetik xislarning namoyon bo’lishini ular biron chiroyli , yangi kiyim kiyganlarida juda yaqqol ko’rish mumkin.
MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARDA BILISH JARAYONLARINING RIVOJLANISHI


Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasavvur, tafakkur, nutq, xayol, xissiyot va irodaning rivojlanishi jadal kechadi. Bola ranglarni xali bir-biridan yaxshi farq qila olmaydi. Unga ranglarning farqini bilishga yordam qiladigan o’yinchoqlar berish lozim (bolalarning qo’girchoqlari uchun xar xil rangli kiykimlar berish, xar xil rangli xalqalar, kutichalar va shu kabi narsalar juda yaxshi bo’ladi).


Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar turli narsalarni idrok qilishda ularning ko’zga yaxshi tashlanib turuvchi belgilariga(rangi va shakliga) asoslansalar ham, lekin chuqur taxlil qilmaydilar.
Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar kattalarning yordami bilan suratlarni analitik ravishda idrok qilish qobiliyatiga ega bo’ladilar. Buning uchun bolalar suratlarni idrok qilayotganlarida kattalar turli xil savollar bilan ularni taxlil qilishga o’rgatishlari lozim. Bunda asosan bolalar diqqatini:

  1. suratning mazmunini(syujetini) to’gri idrok qilishga,

  2. suratning umumiy ko’rinishida xar bir tasvirlangan narsalarning o’rnini to’gri idrok kilishga,

  3. tasvirlangan narsalar o’rtasidagi munosabatlarni to’gri idrok qilishga qaratish kerak.

Diqqat har qanday faoliyatimizning doimiy izdoshidir. Shuning uchun diqqatning inson xayotidagi ahamiyati ham benixoya kattadir. Maktabgacha kichik yoshidagi bolalar diqqati asosan ixtiyorsiz bo’ladi. Maktabgacha yoshidagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning o’sib borishi uchun o’yin juda katta ahamiyatga ega. O’yin paytida bolalar diqqatlarini bir joyga to’plab, o’z tashabbuslari bilan ma’lum maqsadlarini ilgari suradilar.
Bu yoshdagi bolaning xotirasi yangi faoliyatlar va bolaning oldiga qo’yilgan yangi talablar asosida takomillasha boradi.
Maktabgacha yoshidagi bolalar o’zlarining faoliyatlari uchun qandaydir ahamiyatga ega bo’lgan, ularda kuchli taassurotlar qoldirgan va ularni qiziqtirgan narsalarni beixtiyor eslarida olib qoladilar.
Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar tafakkuri va uning o’sishi o’ziga xos xususiyatga ega.
Tafakkur bolaning Maktabgacha ta`lim yoshidagi davrida juda tez rivojlana boshlaydi. Buning sababi, birinchidan, Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarda turmush tajribasining nisbatan ko’payishi, ikkinchidan, bu davrda bolalar nutqining yaxshi o’sgan bo’lishi, uchinchidan esa, Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning juda ko’p erkin mustaqil harakatlar qilish imkoniyatiga ega bo’lishlaridir.
Maktabgacha yoshidagi bolalarda har soxaga doir savollarning tugilishi ular tafakkurining faollashayotganidan darak beradi. Bola o’z savoliga javob topa olmasa yoki kattalar uning savoliga ahamiyat bermasalar, undagi qizikuvchanlik susaya boshlaydi.
Odatda xar qanday tafakkur jarayoni biron narsadan taajjublanish, hayron qolish va natijada turli savollarning tugilishi tufayli paydo buladi. Juda ko’p ota-onalar va ayrim tarbiyachilar ham bolalar ortiqroq savol berib yuborsalar, «ko’p mahmadona bo’lma», «Sen bunday gaplarni qaerdan o’rganding», deb jerkib tashlaydilar. Natijada bola o’ksinib, o’z bilganicha tushunishga harakat qiladi. Ammo ayrim passiv va tortinchok bolalar hech bir savol bermaydilar. Bunday bolalarga turli mashgulotlar va sayohatlarda kattalarning o’zlari savol berishlari va shu bilan ularni faollashtirishlari lozim.
Har qanday tafakkur, odatda biron narsani taqqoslash, analiz va sintez qilishdan boshlanadi. Shuning uchun biz ana shu taqqoslash, analiz va sintez qilishni tafakkur jarayoni deb ataymiz. Sayoxatlar bolalardagi tafakkur jarayonini faollashtirish va rivojlantirishga yordam beradi. Bolalar tabiatga qilingan sayoxatlarda turli narsalarni bir-biri bilan taqqoslaydilar va analiz hamda sintez qilib ko’rishga intiladilar.
Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar nutqi va uning o’sishi agar 2 yashar bolaning so’z zaxirasi taxminan 250 tadan 400 tagacha bo’lsa, 3 yashar bolaning so’z zaxirasi 1000 tadan 1200 tagacha va 7 yashar bolaning so’z zaxirasi 4000 taga yetadi. Demak, Maktabgacha ta`lim yoshi davrida bolaning nutqi ham miqdor , ham sifat jihatidan ancha takomillashadi. Maktabgacha yoshidagi bolalarning nutqini o’sishi oilaning madaniy saviyasiga bogliq.
Kattalar bolalar nutqini o’stirish bilan shugullanar ekanlar, maktabgacha yoshidagi bolalar ba’zi xollarda o’z nutq sifatlarini to’la idrok eta olmasliklarini unutmasliklari kerak. Bundan tashqari, bolalarda murakkab nutq tovushlarini bir-biridan farq qilish qobiliyati ham xali to’la takomillashmagan bo’ladi. Tili chuchuklikni tuzatishning eng birinchi shartlaridan biri bola bilan to’la va to’gri talaffuz etib, ravon til bilan gaplashishdir..
Maktabgacha yoshdagi bolalar shugullanadigan ijodiy faoliyatlar orasida tasviriy san’atning ham ahamiyati juda katta. Bolaning tasavvur etish xarakteriga ko’ra uning atrof xayotni qanday idrok etishi, xotira, tasavvur va tafakkur xususiyatlariga baho berish mumkin. Katta Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar chizgan rasmlar ularning ichki kechinmalari ruxiy xolatlari, orzu, umid va extiyojlarini ham aks ettiradi.
Katta yoshdagi bolalar rasm chizishga ham nixoyatda qiziqadilar. Rasm chizish bolalar uchun o’yin faoliyatining o’ziga xos bir shakli bo’lib xisoblanadi. Bola avvalo ko’rayotgan narsalarini, keyinchalik esa o’zi biladigan,xotirasidagi va o’zi o’ylab topgan narsalarni chizadi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun musobaqa juda katta ahamiyatga ega bolib,aynan shunday o’yinlarda muvaffaqiyatga erishish shakllanadi va mustaxkamlanadi.Bu yoshdagi bolalar uchun eng yoqimli vaqt- yutish va muvaffakiyatli bo’lgan musobaqa o’yinlarining ham ahamiyati juda katta.





































Katta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun musobaqalar juda katta ahamiyatga ega bo’lib, aynan shunday o’yinlarda muvaffaqiyatga erishish motivlari shakllanadi va mustaxkamlanadi.
Katta Maktabgacha ta`lim yoshida konstruktorlik o’yinlari asta-sekinlik bilan mehnat faoliyatiga aylanib boradi. O’yinda bola elementar mehnat ko’nikmalari va malakalarini egallay boshlaydi, predmetlarning xossalarini anglay boshlaydi, amaliy tafakkur rivojlana boradi.
3-7yoshli bolalar psixik rivojida badiiy-ijodiy faoliyat bo’lgan musiqaning ham ahamiyati juda katta. Musiqa orqali bolalar ashula aytishga, musiqa oxangiga mos ritmik xarakatlar qilishga o’rganadilar. 3-7 yosh davrida bolalar asosiy faoliyati quyidagi ketma-ketlikda keladi:

  • predmetlarni o'rganish,

  • individual predmetli o’yinlar, kollektiv syujetli-rolli o`yinlar,

  • individual va guruxiy ijod,

  • musobaqa o'yinlar,

  • mulokot o`yinlar,

  • uy mehnati.

Maktabgacha yoshidagi bolalarning o'yin faoliyatlari xaqida gapirar ekanmiz, albatta ularning o'yinchogi masalasiga ham e’tibor qaratish kerak.


Bolalarga o'yinchoqlarni berishda ularning yosh xususiyatlarini, taraqqiyot darajalarini va ayni paytda ularni ko'proq nimalarga kqziqishlarini xisobga olish kerak.

  1. Ma’lumki, 1-3 yosh bolalar xali tashqi muhitni juda oz o'zlashtirganlar. Ular xali xattoki narsalarning rangini, xajmini ham yaxshi ajrata olmaydilar. Shuning uchun ularga qo’girchoq bilan birga xar xil rangli qiyqim, laxtak matolar ham berish kerak. Ayniqsa, qiz bolalar o’z qo’girchoqlarini xar xil rangli matolarga o’rab, ro’mol qilib o’ratib mashq qiladilar. O’gil bolalarga esa, xar xil rangli, bir-birining ichiga sigadigan quticha o’yinchoqlarni berish foydalidir.

Uyin faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallashning faol shakli bo’lgan ta’lim faoliyatiga tayyorlaydi. Odam birdaniga ijtimoiy tajribani o’zlashtirishga kirisha olmaydi. Ijtimoiy tajribalarni faol egallash uchun odam avvalo yetarli darajada nutqni egallagan bo’lishi, ma’lum malakalar, uquvlar va elementar tushunchalarga ega bo’lishi kerak bo’ladi. Bularga bola yuqorida batafsil ko’rsatib o’tganimizdek o’yin faoliyati orqali erishadi.


Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin