Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishi


II-bob Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə3/6
tarix21.06.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#133779
1   2   3   4   5   6
ДИПЛОМ ИШИ ОРИГИНАЛ

II-bob Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar.
Bu davrda bolalarda avvalo bilish soxalari so'ngra esa emotsional motivatsion boglanish bo’yicha ichki shaxsiy hayot boshlanadi. U yoki bu yo'nalishdagi rivojlanish obrazlilikdan to simvollilikgacha bo’lgan bosqichlarni o’taydi. Obrazlilik deganda bolalarning turli obrazlarni yaratish, ularni o’zgartirish va ularni erkin xarakatga solish, simvollilik deganda esa belgilar sistemasi (matematik, lingvistik, mantiqiy va boshqalar) bilan ishlash malakasi tushuniladi. Maktabgacha yosh davrda ijodkorlik jarayoni boshlanadi. Ijodkorlik layoqati asosan bolalarning konstruktorlik o’yinlarda, texnik va badiiy ijodlarida namayon bo'ladi. Bu davrda maxsus layoqatlar kurtaklarining birlamchi rivojlanishi ko’zga tashlana boshlaydi. Bilish jarayonlarida ichki va tashki xarakatlarning sintezi yuzaga keladi. Biron bir narsani idrok qilish jarayonida bu sintez pertsentiv xarakatlarda, diqqatda ichki va tashki xarakatlar va xolatlar rejasini boshqarish va nazorat etishda, xotirada esa materialni esda saqlab qolish va esga tushurishning ichki va tashqi tuzilmasini bog'lay olishda ko'rinadi. Tafakkurda esa amaliy masalalar ishining usullarini bitta umumiy jarayonga birlashtirish sifatida yaqqol nomoyon bo'ladi.Shuning asosida insoniy intelekt shakllanadi va rivojlanadi.Maktabgacha davrda tasavvur, tafakkur va nutq umumlashadi.Bu esa bu yoshdagi bolalarda tafakkur qilish omili sifatida ichki nutq yuzaga kelayotganidan dalolat xisoblanadi. Bilish jarayonlarning sintezi bolaning o'z ona tilisini yaxshi egallashi asosida yotadi.Bu davrda nutqning shakllanish jarayoni yakunlana boshlaydi.Nutq asosidagi tarbiya jarayonida bolada elementar axlokiy norma va qoidalar egalaniladi.Bu norma va qoidalar bola axloqini boshqaradi.
Bola va atrofidagi kishilar orasida xilma xil munosabatlar yuzaga kelib, bu munosabatlar asosida turli xil motivlar yotadi.Bularning xammasi bolaning individualligini tashkil etib, uning boshqa bolalardan nafakat intelekti balki axlokiy motivatsion jixatdan farqlanadigan shaxsga aylantiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsi rivojining cho’qqisi bo’lib, ularning o’z shaxsiy sifatlari, layoqatlari, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarini anglash, o’z-o’zini anglash xissining yuzaga kelgani xisoblanadi.


Rivojlanish oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o’tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining yo’qolib borishi, miqdor o’zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ta’minlovchi murakkab harakat jarayoni sanaladi. Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklar o’rtasidagi kurashdan iboratdir.
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega.Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi.Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.
Inson butun umri davomida o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo’lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o’ziga munosib o’rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi.
Shaxsning fazilatlarini to’g’ri ko’rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.
Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o’rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin