Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari. Ma’lum bir yosh davriga xos bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlari yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. SHunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo’ladi.
Bolalarning tarbiyasiga to’g’ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o’qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. CHunki bola organizmining o’sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo’ladi. Abu Ali Ibn Sino, YAn Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o’tganlar.
Bolaning o’ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo’lishi mumkin.
Masalan, ko’rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg’ayrat yoki g’ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala Masalan, ko’rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg’ayrat yoki g’ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, tortinchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati ta’siri bo’lib, o’qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur. tizimining
Bolaning individual – o’ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o’ziga xos xususiyatini o’rganish metodikasini bilish muhim.
2.1 Xar bir ota-ona uz bolalarini kelajagi xakida doim kayguradi. Bolalar bilan kanday munosabat urnatish ,ularni kanday tarbiyalash xakida bosh kotiradilar.Kuyida ota-onalar va farzandlar urtasidagi munosabatlarga baxo beruvchi testni kurib chikamiz.
Bola oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy kiyofasini kuradi,jamiyat talablari moxiyatini ilk bora shu kichik jamoa orasida anglaydi. Oilaviy munosabatlar farzandlarning akliy ,ruxiy kamolotini ta’minlab kolmasdan , ota-onalarda uziga xos faollikni xam yuzaga keltiradi. Xususan, farzandlarning bevosita ta’siri tufayli ularning kizikish xamda faoliyatlari doirasi kengayadi, uzaro alokalari boyib boradi, real xayot mazmunini chukurrok anglash, ya’ni farzandlar kamoloti, kelajagi timsolida uz umri davomiyligini kurish xolati yuz beradi. SHaxsiy ma’naviy sifatlarga ega bulishi, unda ma’naviy bilimlarga extiyoj va kizikishning paydo bulishi oila tarbiyasi asosida amalga oshadi. Oilada karor topgan soglom ma’naviy-ruxiy muxit farzandlarining etuk, barkamol bulib voyaga etishlari uchun bekiyos axamiyatga egadir.
SHarkda azal-azaldan oila tarbiyasigi yuksak baxo berib kelingan.Uzlikni anglash tuygusining karor topganligi, utmish kadriyatlarni urganishga bulgan kizikishning ortganligi, oilaning shaxs kamolotida tutgan urn iva axamiyatini xolisona baxolash imkonini beradi. Bu borada Uzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov kuyidagi firlarni bayon etadi: «Oila, turmush va vijdon konunlari asosiga kuriladi, uzining kup asrlik mustaxkam ma’naviy tayanchlariga ega buladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab extiyojlari va kadriyatlari shakllanadi. Uzbekiston xalkining aksariyati uzining shaxsiy farovonligi tugrisida emas, balki, oilaning karindosh uruglar va yakin odamlarining omon-esonligi tugrisida gamxurlik kilishni birinchi uringa kuyadi. Bu esa uning oliy darajadagi ma’naviy kadriyati, inson kalbining gavxaridir.»
Ota-onalar uz ijtimoiy burchini bajarar ekanlar, farzandlarni mexnat kilishga, uni tashkil etuvchilarga nisbatan mexr-muxabbat tuygusini shakllantirishga, ularni ijtimoiy foydali mexnatga tayyorlash ,turli kurinishdagi munosabatlarni uyushtirish vaktida tartib intizomga amal kilish, ijtimoiy me’yorlarga ogishmay rioya etish, soglom turmush tarzini yaratish, uz shaxsiy xayotlari mazmunini belgilashdan maksad, suz va faoliyat birligini ta’mishlash borasida xar tomonlama ijobiy ibrat namunasini kursatadi. Oilaning bola shaxsini shakllanishida o’rni beqiyos ekan, oila a’zolari bolalarning psixik rivojlanishini ta’minlash uchun oilada sog’lom munosabatlar muxitini yaratishlari lozim, tarbiyachilarning eng asosiy yordamchisiga aylanishlari kerak. Ko’p bolali oilalarda o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, bola shaxsining rivojlanishiga aka-ukalari, opa-singillari ham kuchli ta’sir ko’rsatadi. Aka-ukalar va opa-singillar bolalarga eng yaqin bo’lgan mikromuxit tarkibiga kirib , unda markaziy o’rinni egallaydi. Ba’zi tadqiqotchilar, xatto oila a’zolarining soni ko’paygan sari bolalarga ota-onaning ta’siri susayib, aka-ukalar, opa-singillar ta’siri kuchayib boradi degan fikrni ham bildirganlar. Katta akalari va opalari davrasida bola o’zini emotsional himoyalanganday xis qiladi. Aka-opalar esa o’zining mehribonlik his-tuyg’ularini tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ular o’rtasida bola o’zining tashvishlari, qiziqishlari bilan o’rtoqlashishi mumkin. Aka, opalari esa uning ehtiyojlarini, jumladan, muloqot ehtiyojini qondirishlari mumkin.Demak, bog’cha yoshidagi bolalarni boshqa bolalar bilan bo’lgan ancha murakkab va xilma-xil munosabat turlari shakllanadi va ana shu munosabatlar ma’lum miqdorda uning shaxs sifatida shakllanishini belgilab beradi.
2.2.Bolalarni psixologik jixatdan maktabga tayyorgarligi.
Bolaning maktabda muvaffakiyatli o’kishi ko’p jixatdan ularning maktabga tayyorgarlik darajalariga bogliq. Bola avvalo maktabga jismoniy jixatdan tayyor bo’lishi kerak. 6 yoshli bolalarning anatomik-fiziologik rivojlanishi o’ziga xos tarzda kechadi. Bu yoshda bola organizmi jadal rivojlanadi. Uning ogirligi oyiga 150-200 gm dan bo’yi esa 0,5 sm dan kopayadi. 6 yoshli bolalar turli tezliklarda yura oladilar, tez va yengil yugura oladilar. Ular yugurib kelib sakrash, konkida yugurish, changida uchish, suzish singari xarakatlarni ham bemalol bajara oladilar. Musiqa bo’yicha mashgulotlarda ham bu yoshdagi bolalar xilma-xil ritmik va elastik xarakatlarni bajaradilar, turli mashqlarni ham aniq, tez, yengil va chaqqon bajara oladilar. Shuningdek, 6-7 yoshli bolalar nerv sistemasini, mustaxkamlash, ularni surunkali kasalliklardan xalos etish, ko’rish va eshitish qobiliyatiga aloxida e’tibor berish, shuningdek umurtqa pogonasining to’gri rivojlanishiga ahamiyat berish nixoyatda muhim. Kattalar shu yoshdagi bolalar bilan ish olib borar ekanlar bu yoshdagi bolalar organizmi xali o’sishini davom ettirayotganligini doimo xisobga olishlari lozim. Masalan, bolani majburan yozishga o’rgatish xali barmok muskullari to’lik rivojlanib bo’lmaganligi sababli ularga ma’lum darajada zarar keltirishi yoki uning chiroyli yoza olmasligi, uz-uzidan bolani uziga nisbatan ishonchini yoki o’qishga nisbatan qiziqishini kamayishiga olib kelishi mumkin. Ikkinchi tayyorgarlik bu aqliy tayyorgarlikdir. Ko’pincha aqliy tayyorgarlik deganda bolaning ma’lum bir dunyoqarashi jonli tabiat, insonlar va ularning mehnatlari haqidagi bilimlari tushuniladi. Ushbu bilimlar maktab beradigan ta’limga asos bo’lishi mumkin, lekin so’z boyligi, ma’lum xatti-xarakatlarni bajara olish layoqati bolaning maktabga aqliy tayyorgarligining asosiy ko’rsatkichi bo’la olmaydi. Maktab dasturi bolalardan taqqoslay olish, taxlil eta olish, umumlashtira olish, ma’lum bir xulosa chiqara olish, shuningdek yetarli darajada rivojlangan bilish jarayonlarini talab etadi. Masalan, 6-7 yoshli bola tabiat xaqida ayrim xodisalarnigina emas, balki organizmni tabiat bilan boglikligini va o’zaro ta’sirini ham tushunishi va o’zlashtirishi mumkin. 6-7 yoshli bolalar aqliy rivojlanishning natijasi bo’lib yuqori darajada rivojlangan ko’rgazmali obrazli tafakkur bilan bola atrof olamdagi predmetlarning asosiy xususiyatlarini va predmetlar orasidagi bogliqliqni ajrata oladi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, kuo’gazmali xarakatli va ko’rgazmali obrazli tafakkur nafaqat 6-7 yoshli bolalar balki kichik maktab yoshidagi o’quvchilar aqliy rivojlanishida asosiy vazifani bajaradi. Bu borada bolada ma’lum bir ko’nikmalarning tarkib topganligi ham nixoyatda muximdir.
Shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyorgarlik. Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o’kqishi nafaqat uning aqliy va jismoniy tayyorgarligi, balki shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyogarligiga ham bogliq.Maktabga o’kish uchun kelaetgan bola yangi ijtimoiy mavkeini - turli majburiyatlari va xuquqlari bo’lgan va unga turli talablar qo’yiladigan – o’quvchi mavqeini olish uchun tayyor bo’lmogi lozim. Katta yoshdagi bolalar asosan maktabda o’qish uchun extiyoj sezadilar lekin bu xoxish va extiej motivi turlicha bo’lishi mumkin."Menga chiroyli forma va daftar qalam va ruchkalar sotib olib berishadi", "Maktabda o’rtoqlarim ko’p bo’ladi va men ular bilan mazza qilib o’ynayman", "Maktabda uxlatishmaydi", "Maktab tashki atributlari shubxasiz katta maktabdagi bolalarni juda kiziktiradi, lekin bu maktabda muvaffakiyatli ukish uchun asosiy motiv bula olmaydi"," Men otamga uxshagan bulishim uchun ukishim kerak","Yozishni juda yaxshi kuraman","Ukishni urganaman","Maktabda kiyin misollarni yechishni urganaman". Ushbu xoxish chvva xarakat bolaning maktabda muvaffakiyatli ukishi uchun tabiiy ravishda asos bula oladi. Bolaning endi uzini katta bulganini, maktacha ta’lim bolasi emas, balki ma’lum bir majburiyatlari bor bulgan ukuvchi bulishini anglashi, jiddiy faoliyat bilan shugullanayotganligini bilishi nixoyatda muxim. Bolaning maktabga borishini istamasligi xam salbiy xolat xisoblanadi. Maktabda shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyorgarlik bolalarda tengdoshlari, ukituvchilari bilan munosabatga kirisha olish xususiyatini shakllantirishni xam uz ichiga oladi. Xar bir bola bolalar jamoasiga kushila olishi, ular bilan xamkorlikda xarakat kila olishi ba’zi vaziyatlarda ularga yon bosib, boshka vaziyatlarda yon bosmaslikka erisha olishi zarur. ushbu xususiyatlar bolaning maktabdagi yangi sharoitlarga tez moslasha olishini ta’minlab beradi. 6-7 yoshli bolalar o’qishdagi asosiy kiyinchilik shundan iboratki, kupincha bu yoshdagi bolalar ukituvchini uzok vakt davomida eshita olmaydilar. Ukuv xarakatlariga uzok vakt dikkatlarini karata olmaydilar. Bunga sabab fakat shu yoshdagi bolalarda ixtiyoriy dikkatning rivojlanmaganligida emas, balki bolaning kattalar bilan mulokotga kirisha olishi xususiyatiga xam tula boglik. CHunki shu xususiyati rivojlangan bolalar erkin mulokotga kirisha oladilar, kiziktirgan narsalar xakida suray oladilar. Natijada ularning ukishga bulgan kizikishlari ortadi va ukituvchi gapirayotgan narsalarni dikkat bilan uzok vakt eshita oladilar. Demak, bolaning maktabga tez moslashishi va muvaffakiyatli ukishida shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyorgarligining xam axamiyati juda katta.
Maktabgacha ta’limning maksadi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash,bolani soglom, rivojlangan, mustakil shaxs sifatida shakllantirish, ijodiy kobiliyatlarini ochib berish, ukishga, tizimli ta’limga tayyorgarligini ta’minlash va bu jarayonga bulgan ishtiyokni tarbiyalashdan iborat. Uzbekiston Respublikasining Ta’lim tugrisidagi Konunining 11-moddasida Bu ta’lim 6-7yoshgacha oilada, bolalar Maktabgacha ta`limsida va mulk shaklidan kat’iy nazar, boshka ta’lim muassasalarida olib boriladi, -deb ta’kidlangan. Darxakikat, ta’lim-tarbiya kanchalik erta boshlansa uning samarasi shunchalik erta namoyon buladi va insonning butun xayot tarziga ijobiy ta’sir kiladi.Maktabgacha ta’lim muassasalarining birlamchi yuralishi maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy-estetik tarbiyalash xisoblanadi.Bu yunalishning samarasi estetik yunalishning barcha vositalarini (teatr, musika, badiiy adabiyot, rasm chizish, applikatsiya) kompleks tarzda kullanilgandagina anik buladi. Maktabgacha ta’lim maskanlarida utiladigan Tasviriy faoliyat mashgulotlari bolalarga beriladigan estetik tarbiya masalalarini yechishda katta axamiyatga ega.CHunki tasviriy faoliyat uz xususiyatiga kura badiiy faoliyat xisoblanadi. Badiiy faoliyat mashgulotlarining barcha turlari katori applikattsya turi xam bolalarda guzallikni bilish uchun, borlikka emottsional-estetik munosabatni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi . Maktabgacha yoshdagi bolalar shugullanadigan badiiy faoliyatning xar bir turi xam umumiy estetik ta’sirdan tashkari uzining maxsus ta’sir kuchiga ega. Maktabgacha ta’lim muassasalarida utiladigan Tasviriy faoliyat uz tarkibiga kura kuyidagi mashgulot turlaridan iborat.”Rasm chizish”, “Plastilin(loy) bilan ishlash ”Applikattsiya” xamda “Kurish-yasash” mashgulotlari. Bularning xar biri bolalar tasavvurlarida atrof-olamning aks ettirish imkonini beradi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha yoshdagi bolalarni xar tomonlama rivojlanishini ta’minlashga karatilgan pedagogik jarayon murakkab va rang-barangdir. Ta’lim-tarbiyaviy ishlarni muvaffakiyatli amlga oshirilishi maktabgacha ta’lim muassasalaridagi pedagogik jarayonni, xar bir faoliyat turini tugri tashkil etishga boglik.Maktabgacha ta’lim muassasalarida mashgulotlar ertalab 9.30 dan boshlanib, davomiyligi kichik guruxlarda 10-15 dakikagacha katta va tayyorlov guruxlarida 25-30 dakikadan oshmasligi kerak.Mashgulotlar oraligida bolalar bilan tetiklashtiruvchi, charchokni oluvchi uyinlar utkaziladi. Xar bir tsunalish buyicha oy oxirida bolalar bilan mujassam-nazorat mashgulotlari utkaziladi va bolalarning dastur vazifalarini kay darajada egallaganliklari taxlil kilinadi. 1-kichik gurux mashgulotlar jadvaliga kiritilgan “Ta’limiy uyin-mashklari “da (sensor tarbiya) zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan biri-Mariya Montessori metodikasini keng kullash tavsiya etiladi.1-kichik guruxda 0,5 dan taksimlangan atrof olam bilan tanishtirish mashguloti-tabiat bilan tanishtirish mashguloti bilan ,badiiy adabiyot bilan tanishtirish mashguloti- loy mashguloti bilan ,kurish-yasash mashguloti esa bir xafta yirik kurilish jixozlari, bir safar mayda kurilish jixozlari bilan almashtirilib utiladi.
2-kichik guruxdan boshlab jadvalda 0,5 dan taksimlangan tabiat bilan tanishtirish mashguloti-badiiyo adabiyot bilan, kurish-yasash mashguloti esa applikatsiya mashguloti bilan almashtirilib utiladi. Katta tayyorlov guruxlarda kurish-yasash mashguloti kul mexnati bilan almashtirilib utiladi. Ukish va savodga tayyorgarlik vazifalari uz ichiga kichik guruxda asosan tovushlarni tugri talaffuz etish mashklarini oladi. Urta ,katta guruxlarda esa ukish va savodga tayyorgarlik vazifalari nutk ustirish mashguloti vazifalariga kushib olib boriladi. Tayyordov guruxida esa savodga tayyorgarlik mashguloti kiritiladi.