Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda va ularni maktabga tayyorlashda matematik bilimlarning roli. Reja: kirish I bob


Bolalarni matematik jihatdan maktabga tayyorgarliklarini tashxis etish



Yüklə 58,91 Kb.
səhifə3/7
tarix21.06.2023
ölçüsü58,91 Kb.
#133348
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantiri

1.2. Bolalarni matematik jihatdan maktabga tayyorgarliklarini tashxis etish.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim tarbiyasiga qо’yiladigan davlat talablarini hayotga joriy etish keng kо’lamli ish bо’lib, u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Talablarda belgilangan kо’rsatkichlarga erishish uchun davlat tomonidan zaruriy shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratiladi. Halq ta’limi vazirligi xamda joylardagi ta’lim — tarbiyaga tegishli bо’lgan tashkilotlar va tashkilotlar talablarni hayotta joriy etish yuzasidan о’z faoliyatini maqsadli yо’nalishda olib boradilar.
Bolalarning bilim, kо’nikma va malakalari har о’quv yilining 9-kunida tayanch dasturda keltirilgan talablar asosidanazorat mashg’ulotlari orqali tekshirib boriladi. 6 — 7 yoshdagi bolalarning maktabga tayyorlik darajasi ushbu davlat talablari, kо’rsatkichlari asosida о’quvchilarni kasb-hunarga yо’naltirish va pedagogik-psixologik tashxis markazi mutaxassislari tomonidan tekshiriladi. Davlat talablari kо’rsatkichlariga erishish «Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash tayanch dasturi» asosida bolalarning ilk va 6 — 7 yoshga yetgunga qadar amalga oshiriladi.
Bolalarning bilim, kо’nikma va malakalari har о’quv yili yakunida tayanch dasturda keltirilgan talablar asosida nazorat mashg’ulotlari orqali tekshirib boriladi. 6 -7 yoshli bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasi ushbu Davlat talablari kо’rsatkichlari asosida tekshiriladi.
Tashxis о’tkazish, bolaning rivojlanganligi va maktabda ta’lim lishga tayyorgarligi darajasini aniklash maksadida turli usullarning bir necha variantlari berilmoqda. Biroq bu xar bir bolaga tashxis qо’yishda maskur uslublarning barchasini qо’llash zarur, degani emas.
Bolani tashxisdan о’tkazishni majburiylikka asoslanmagan, ishonchli suxbat yoki о’yin tartibida olib borgan ma’qul. Toki bola о’zini tekshirilayotganligini sezmasin. Bolani berilgan savollarga javob bervyotganda shoshirmaslik, uning qiziqishini sо’ndirmaslik uchun suxbat va tavsiya etilayotgan o’yinlardan 2-3 tasini о’tkazgan ma’qul. Bir marta tashxis о’tkazish vakti 20-25 minutdan oshmasligi lozim. Barcha turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar uchun majburiy bо’lgan xamda ota-onalarning xam bolani maktabga tayyorligini aniqlash va bola rivojlanishidagi ayrim jixatlarni chuqurrok yechishlariga imkon beruvchi asosiy tashxislash usullarining asosiylarga quyidagilar kiradi:

  • Bolalarning sog’lig’i va jismoniy rivojlanganligi holatini tashxislash.

  • Maktabga qabul kilinishdan oldin barcha bolalar о’z yashash joylaridan bolalar poliklinikasi tarkibida tor mutaxassislik bо’yicha shifokorlardan iborat bо’lgan tibbiy komissiya tekshiruvidan o’tishi shart. Ular bolaning sogligi va maktabga tayyorgarligi xaqida о’z hulosalarini berishadi.

  • Mazkur tekshiruvning erta bahorda o’tkazilishi bolada aniqlangan yetishmovchiliklarni yoz davomida dispanserizatsiyada tо’ldirib olish imkonini beradi.

  • Xarakatning asosiy turlari, qо’l musqullari sport o’yinlarining oddiy kо’nikmalari, xarakat sifati rivojlanganligini musobaqa, estafeta tarzida о’tkaziladigan sport va xarakatli o’yinlar davomida tekshirish mumkin.

  • Bolaning shaxsiy – psixologik va aqliy rivojlanganligini tashxislash.

  • Ta’lim olish faoliyatining kо’nikma va ilk zaminini aniqlash tashxisi: Bolaning о’quv faoliyatiga ilk zamin va kо’nikmalarni egallaganligi va darajasini aniqlash.

Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda tarbiyachi o’qitishning har xil usullarini - amaliy, ko’rsatmali, og’zaki, o’yin usullaridan foydalanadi. Usulini tanlashda bir qatorlilar-mazkur bosqichda yechiladigan dastur masalalari, bolalarning yosh, va individual xususiyatlari, zarur didaktik vositalarning mavjudligi va boshqalar hisobga olinadi. Tarbiyachining metod va usullarning asosli tanlanishiga, har bir aniq holda ulardan ratsional foydalanishga doimo e’tibor berib turishi quyidagilarni ta’minlaydi:

  • elementar matematik tasavvurlarning muvaffaqiyatli shakllanishi va ularning nutqda aks ettirilishi;

  • tenglik va tengsizlik munosabatlarini (buyumni soni, o’lchami, shakli bo’yicha) idrok qilish va ajratish, natijaviy munosabatlar (o’lchami yoki soni bo’yicha orttirish yoki, kamaytirish)ni, analiz qilinayotgan ob’ektlarning miqdori, shakli, kattaligini umumiy belgi sifatida ajratish, aloqa va bog’lanishlarini aniqlash malakasi;

  • bolalar o’zlashtirgan amaliy ish usullari (masalan, qarshi qo’yish, sanash, o’lchash bilan taqqoslash)ni yangi sharoitlarda qo’llashga yo’naltirish va mazkur vaziyatda ahamiyatga ega bo’lgan belgilar, xossalar, bog’lanishlarni aniqlash, topishning amaliy usullarini mustaqil izlashga yo’naltirish. Masalan, o’yin shart-sharoitlarida belgilarning tartibi, almashinib kelish qonuniyatini, umumiy xossalarni topishni o’rgatish mumkin.

Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy metod yetakchi metod hisoblanadi. Uning mohiyati bolalarning buyumlar yoki ularning o’rnini bosuvchilar (tasvirlar, grafik rasmlar, modellar va h. k.) bilan ishlashning jiddiy aniqlangan usullarini o’zlashtirishga yo’naltirilgan amaliy faoliyatlarini tashkil qilishdan iborat.

  • Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy usulning xarakterli xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • aqliy faoliyat uchun asos bo’ladigan har xil amaliy ishlarni bajarish;

  • didaktik materiallardan keng foydalanish;

  • didaktik materiallar bilan amaliy ishlash natijasi sifatida tasavvurlarning paydo bo’lishi;

  • teng elementar usulda sanash, o’lchash va hisoblash ko’nikmalarini hosil qilish;

  • turmush, o’yinda, mehnatda, ya’ni faoliyatning har xil turlarida shakllangan tasavvur va o’zlashtirilgan harakatlardan keng foydalanish.




Yüklə 58,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin