Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshga doir psixalogik xususiyatlari va rivojlanishdagi axamiyati kirish



Yüklə 76,35 Kb.
səhifə1/6
tarix22.12.2023
ölçüsü76,35 Kb.
#189347
  1   2   3   4   5   6
Maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshga doir psixalogik xususiyatlari va rivojlanishdagi axamiyati


Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshga doir psixalogik xususiyatlari va rivojlanishdagi axamiyati
KIRISH
1.BOB.MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR FAOLIYATINING PSIXOLOGIK TAVSIFI
1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalar taraqqiyoti va faoliyatining psixologik tavsifi
1.2.Maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘yin faoliyatining xususiyatlari
2.BOB.MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR PSIXOLOGIYASI
2.1.Bolalarni maktabdagi ta’lim jarayoniga psixik jihatdan tayyorlash
2.2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnat faoliyatining xususiyatlari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Kirish
O'zining mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo'lini tanlab olgan O'zbekiston Respublikasi ta ’lim sohasini ham sobit qadamlik bilan isloh qilib bormoqda. Ayniqsa, “Ta’lim to ‘g‘risida”gi Qonun va “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingach, bu boradagi ishlar keng ko'lamga erishdi. Ushbu hujjatlarning talablari asosida bilim va kasb-hunar egallashga bo'lgan e’tibor kuchayib ketdi.Shu tufayli ta ’lim-tarbiya tizimiga yangicha ilmiy-uslubiy yondashuvlar kirib kela boshladi. Bu yondashuvlar, o'z navbatida, o'quv jarayonining turli tashkiliy va metodik jamg'armalarida muayyan ijobiy o'zgarishlami sodir etadi, albatta. Ularning ko'pchiligi pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat bilan uzviy bog'liq o'zgarishlardir. O'quv faoliyati — bu keng ma’noda inson faoliyatining muayyan maqsadlar yo'nalishida namoyon bo'lishidir. Bu faoliyat faqat insoniyat jamiyatida amalga oshirilishi sababli, u nafaqat har bir insonning, balki butun jamiyatmng manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladi. O'quv faoliyati-bu insonda muvaffaqiyatli mehnat faohyatini amalga oshirish imkoniyatini ta’minlash maqsadida uni o'qitish hamda tarbiyalashga qaratilgan maqsadli faoliyatdir. Ushbu jarayonning mohiyati inson tomonidan to'plangan tajriba, bilimlar, malaka va ko'nikmalar shaklida o'zgartirish hamda uni o'sib kelayotgan avlodga berishdan iborat. O'quv faoliyati insonning individual rivojlanishi bilan uzviy bog'liq va uning hamma fazalarda-bolalikdan boshlab, to ulg'aygan davrigacha mavjud bo'ladi. Shuning uchun tarixiy ijtimoiy hodisa hisoblanmish o'quv jarayoni o'z rivojlanish tarixiga ega. IVmak, o'quv faoliyati, boshqa inson faoliyati turlari singari, kishilik jamiyatiga xos bo'lgan obyektiv hodisa sifatida amal qiladi. Jamiyatning o'zi murakkab va ziddiyatli o'zgarishlarga uchrab turar ekan, o‘quv faoliyati ham insoniyat taraqqiyotining turli rivojlanish bosqichlarida har xil muayyan shakllarga ega bo'ladi. Masalan, O'zbekistonda mustaqillik qo'lga kiritilgandan so'ng ta’lim sohasida bir qator muhim hujjatlar qabul qilindi va uzluksiz ta’lim tizimi shaklan va mazmunan yangi rivojlanish bosqichlariga o'tdi, ya’ni o'qitish jarayoni takomillashish yo'liga o'tdi. Shuni ta’kidlash joizki, o'quv faohyati liar doim ham barkamol insonni voyaga yetkazishga, uning m a’naviy va moddiy madaniyatini shakllantirishga qaratiladi. O'quv faoliyati o'z rivojlanishining hamma bosqichlarida ijtimoiy yo'naltirilgan maqsadga ega. Maqsadli amalga oshiriladigan jarayon hisoblangan o'quv faoliyati ko‘p qirralidir. Uning asosini shaxsan o'qitish jarayoni, ya’ni o'qituvchi tomonidan o'quvchiga bilim, malaka va ko'nikmalar majmuasiga bevosita berish jarayoni tashkil etadi. O'quv faoliyatining aynan bu tom onini ta’lim berish jarayoni tushunchasi bilan belgilaymiz. O'quv jarayoni deganda-o'quv faoliyati, tor m a’noda, bir maqsadga yo'naltirilgan ta’lim berish sifatida tushuniladi. Bu o'quv faoliyatini asosiy tom oni hisoblanadi. Lekin u o'quv faoliyatining mazmunini to'laligicha yoritmaydi. O'quv faoliyati tarkibiga keng m a’noda, ta’lim berishdan tashqari, yana bir eng muhim va m a’suliyatli jarayon-tarbiya kiradi. U o'quv faoliyatining ajralmas qismi bo'la turib, o'quvchilardan bir qator zarur ijtimoiy silatlarni shakllantirishga xizmat qiladi va ikkita o'zaro bog'liq bo'lgan jarayon hisoblanadi. Ularda o'quv faoliyatining ikkita vazifasi-ta’lim berish va tarbiyalash vazifalari muayyanlashtiriladi. Ikkala jarayon ham bir-biridan farqli ravishda o'zining aniq maqsad va vazifalariga ega bo'lishiga qaramasdan, ular mohiyati jihatidan bitta ijtimoiy maslak-jamiyat a'zolarining komilliginita’ininlashga xizmat qiladi. Shunday qilib, har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi bo'lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Muslaqillikni mustahkamlashning strategik yo'lida og'ishmay davom etayolgan va iqtisodiyotni erkinlashtirish yo'liga kirib borayotgan mamlakatimi/.da ta’lim tizimini isloh qilish, unga rivojlangan mamlakatlarning ilg'or texnologiyalarini joriy qilish, milliy qadriyatlarimizni singdirgan holda ta’limni tashkil etish, bu jara- yonni puxta va samarali amalga oshirish ishlari bugungi kunda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishning tashkiliy, ilmiy va metodik asoslari yaratildi, asosiy maqsad esa komil inson va yetuk malakali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, deb belgilaadi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning asosiy tarkibiy qismlarini shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish tashkil etib, ular o‘zaro bog'liq holda namoyon boiadi. Mazkur hujjat talablarini amalga oshirish esa ta ’lim tizimini tubdan qayta qurishni, ya’ni xalq ta ’limi taraqqiyotining konseptual qoidalarini qayta ko‘rib chiqishni va uni qisqa vaqt ichida ijobiy hal qilishni taqozo etadi. Bu vazifalaming hal etilishi jahon ilmiy jam g‘armasidagi juda katta hajmli axborot fondidan nimani ajratib olish, qancha va qanday o'qitish masalalarining yechimi bilan bevosita bog'liqdir. Ana shu kesimda ta’lim texnologiyalarini joriy etish bilan aloqador zamonaviy muammolar oydinlashadi. Qolaversa, ushbu yo'nalishdagi ishlarni yanada kengroq davom ettirishni davr taqozo etmoqda. Pedagogik ta’lim amaliyotida kasbiy tayyorgarlik bilan bog‘liq


Yüklə 76,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin