Ma’lumotlarning ichki tuzilishi.Tasvirlash. Bеrilganlar turlari.
Ma'lumotlar omboriga relyatsion yondashish muammolari Oldingi rejalarda tanishib chiqilgan ma'lumotlar omborini yaratish xususiyatlaridan foydalanib, axborot tizimlarini tuzishga kirishamiz. Masalan, oldingi paragrafda ko’rilgan ma'lumotlar ombori «Talabnoma» topshirig’i bilan bog’liq uchta jadval «Talabnoma», «Talabgorlar lug’ati» va «Mahsulotlar lug’ati»ni o’z ichiga oladi.
Ma'lumotlar omborini yaratuvchilar ma'lum doirada jadval tuzish va ularning sonini tanlashni amaliyotda mustaqil hal qilishadi (tizimni turli xil usullarda loyihalash mumkin). Bunda ko’zlangan asosiy maqsad - jadvallar miqdorining mumkin qadar minimal bo’lishi va turli holatlarni hisobga olgan holda jadvallarni normallashtirishga erishishdir.
Buning mohiyati nimada? Ma'lumotlar omboridan unumli foydalanish uchun undagi ax-borotlarni izlash va ulardan foydalanish qulay bo’lishi kerak. Aks holda ko’zlangan maqsadga erishish o’rniga ma'lumotlar o’rnini topish uchun vaqt sarflashga to’g’ri keladi.
Ierarxik yoki tarmoqli tuzilishga ega bo’lgan ma'lumotlarni relyatsion ko’rinishga o’tkazish jarayoni normallashtirish deyiladi.
Sirtdan qaraganda bu jarayon juda sodda ko’rinsada, uni amalga oshirish anchagina murakkab vazifadir. Normallashtirish jarayonini «Talabnoma» jadvalini yaratish misolida ko’rib chiqamiz.
A d a b i yo t l a r Milliy iqtisodda axborot tizimlari va texnologiyalari. Oliy o`quv yurtlari talabalari uchun qo`llanma. (Mualliflar: R.X.Alimov, B.Yu.Xodiev, K.A.Alimov va boshqalar; S.S. G`ulomovning umumiy tahriri ostida.) - T. «Sharq», 2004. – 320 b.
Gulyamov S.S., Alimov R.X va boshqalar. Axborot texnologiyasi va tizimlari. 2001.
Alimov R., Alimov K., Abduvoxidov A. va boshqalar. Axborotlarni qayta ishlashning kompyuter texnologiyasi. T:-1999.
Alimov R. va boshqalar. Axborot texnologiyasi. O`quv qo`llanma. T:-TDIU, 2004.
Alimov Q., Abduvoxidov A va boshqalar. Zamonaviy axborot - kompyuter texnologiyalari. O`quv qo`llanma. T: - TDIU, 2004.