Ma’lumotlarning ichki tuzilishi.Tasvirlash. Bеrilganlar turlari.
Jadvalda ma'lumotlarni kodlash. Jadvalning bosh kaliti Ma'lumotlar ombori bilan ishlashning xususiyatlaridan yana biri shundaki, jadvaldagi ustunlar va satrlar soni qancha ko’p bo’lsa, ularni kompyuterga kiritish shuncha qiyinlashadi. Bu muammoni hal qilish maqsadida jadval elementlarini jumlalar sifatida emas, jumlalarni ifodalovchi kodlar sifatida kiritish mumkin. Masalan, ma'lumotlar omborida Toshkent traktor zavodida ishlab chiqariladigan mahsulotlarga 35 talab bor deylik. Bu talablar ma'lumotlar omboriga turlicha kiritilgan bo’lsin. Talablarni kiritishda zavod nomi turli ko’rinishda ifodalanishi mumkin. Masalan: «Tosh.trakt.zavodi», «Toshkent trakt.zav.», «Tosh.trak.z-di» va hokazo. Ma'lumotlar omboridan foydalanishda «Toshkent traktor zavodi» deb yozsangiz, talablardan birortasini ham topa olmasligingiz mumkin (chunki iboralar aynan bir xil emas).
Bunday hollarda ma'lumotlarni kiritish ustunlarida belgi yoki jumlalar o’rniga kodlar kiritiladi va bir vaqtning o’zida kodlarni ko’rsatuvchi (izohli) lug’atlar beriladi (lug’atlarning ro’yxati ma'lumotlarni qog’ozga chiqarishda ilova qilib beriladi). Lug’atlar shaklan boshqa jadvallardan farq qilmaydi. Ularda nomlanishlarni, ba'zi doimiy ob'ektlar — kattaliklarni berish mumkin (direktor ismi, familiyasi, manzil, bank rekvizitlari va boshqalar). Shuningdek, Toshkent traktor zavodini 608 kodi bilan belgilab, talab jadvalida bu zavodga tegishli bo’lgan barcha ustunlarda 608 kodini ishlatishimiz mumkin va talablar lug’ati jadvaliga quyidagi satrni kiritamiz: 608 — Toshkent traktor zavodi.
(Arap operator 608 o’rniga 708 yoki 609 sonini kiritsa, u boshqa nomdagi manzilga tushadi yoki hech narsa topa olmasligi mumkin). Xuddi yuqoridagi singari «xodimlar» ahvoli va hokazolarni ham kodlash mumkin. Kodlangan jadvalni tuzishda «katta hisobchi»ni 08 kodi bilan belgilagan bo’lsangiz, bu kod yagona bo’lishi va kodlardagi raqamlar soni muayyan qilib belgilab olingan bo’lishi asosiy shart hisoblanadi. Qanday ma'lumotlar kodlanadi va ularni kodlash qanday bo’ladi?
Bu ma'lumotlarning xususiyatlari ma'lumotlar ombori yaratuvchisining oldiga qo’ygan maqsadi va uning imkoniyatlariga bog’liq.
Juda ko’p axborotlarda (tashkilotlar, mahsulot turlarini ishlab chiqarish, turli mutaxassisliklar va h.k.) davlat klassifikatorlari ishlatiladi va boshqa holatlarda kodlarni ishlatish yaratuvchining xohishiga ko’ra amalga oshiriladi.
Jadvalda har bir yozuv o’zining bosh kalitiga ega bo’lishi va uning qiymati yagona bo’lishi kerak. Masalan, telefon ma'lumotnomasida telefon nomeri bosh kalit bo’lib xizmat qiladi. Bosh kalitni, ko’pincha birlamchi kalit deb ham atashadi.
Bosh kalit ikkita xossaga ega bo’lishi kerak:
Ustundagi yozuvning yagonaligi. Kalitdagi qiymat o’zgarmasligi lozim.
Ko’p ma'nolikka yo’l qo’ymaslik. Ustundagi birorta belgini
o’zgartirish mumkin emas, aks holda bosh kalit o’zgaradi.
«Talabnoma» jadvalidagi talab nomeri bosh kalit bo’lib xizmat qiladi. Jadvadda talab nomerini ko’rsatadigan ikki va undan ortiq bir xil yozuv bo’lishi mumkin emas, aks holda jadval ma'noga ega bo’lmaydi.
«Xodimlar jadvali»ning bosh kaliti bo’lib F.I.Sh. (familiyasi, ismi, sharifi) ustuni xizmat qila oladimi? Yo’q, albatta. Chunki bir tashkilotda bir xil familiyali bir nechta kishi ishlashi mumkin. Shu bois, bosh kalit sifatida ularning tabel nomerlarini olish o’rinli bo’ladi. Zero, bosh kalit birinchi talabga ko’ra ma'lumotni topish xarakteriga ega bo’lishi lozim. Aksariyat hollarda, universal jadvallar bir-biridan bosh kalitlariga ko’ra farq qiladi.