Mavzu: Mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarishning o’rni Krish i-bob. Iqtisodiy resurslar va ularning turlari



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix17.05.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#115492
1   2   3   4   5   6   7
Tolibjon kurs ishi alo.docxkkkkkk

II-bob. Tadbirkorlik faoliyati 
2.1 Kichik va o ‘rta biznesni tashkil etish 
Kichik biznesda tadbirkorlikni tashkil qilishning eng oddiy shakli bu yakka 
xususiy tadbirkorlikdir. Xususiy tadbirkorlik— xo‘jalik yuritishning shunday 
tashkiliy-huquqiy shakliki, unda mulk egasi bitta shaxs yoki oila bo‘ladi va 
faoliyatidan kelgan daromadni (turli to‘lov va soliqlar to‘laganidan keyin) 
hammasiga egalik qiladi, qolaversa biznesdagi xavf-xatar va tavakkalchilik uchun 
yakka o‘zi javob beradi. 
Tadbirkorlikning ushbu shakli chakana savdoda, umumiy ovqatlanish 
sohasida, m aslahat sohasidagi biznesda, maishiy xizmatda, fermerchilikda, 
tibbiyotchilik amaliyotida va hunarmand- chilikda ko‘proq uchraydi. U ikki xil k o 
‘rinishda tashkil qilinishi mumkin:
a) individual — ya’ni korxona tashkil qilmasdan va 
b.) xususiy korxona — ya’ni yuridik shaxs tashkil qilgan holda. 
Xususiy tadbirkorlikning afzalliklari: — ishni tashkil qilishdagi oddiylik, to 
‘la mustaqillik, harakat- dagi erkinlik va tezkorlik. Tadbirkor biror qaror qabul 
qilishida yuqori tashkilotlarga murojaat qilishning yoki sheriklar roziligini 
olishning zarurati yo‘q; — ishga qiziqtiruvchi sabablaming ko'pligi, chunki barcha 
foyda faqat mulkning yolg‘iz egasiga kelib tushadi va u ko‘proq ishlashga 
rag‘batlanadi, ish ustidan kerakli nazorat oTnatish, ehtiyotlik bilan qaror qabul 
qilish va ish ko‘lamini yanada kengaytirishga intiladi; — konfidensiallik (ishdagi 
maxfiylik) saqlanadi.
Ba’zi bir biznes tu rlarid a m axsus uslub, y o ‘llar, texnologiyalar 
tadbirkorlik faoliyatining asosiy boyligini (kapitalini) tashkil qiladi. Xususiy 
tadbirkorlik maxfiylikni saqlashga imkon yaratadi va h.k.lar. 
Xususiy tadbirkorlikning kamchiliklari:
— zaif moliyaviy poydevorga egiladi. Bu katta miqdordagi kapitallarni jalb 
qilishdagi qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi; 
— xo‘jalik faoliyatida xavf-xatar va tavakkalchilik yuqori darajada 
bo‘lganligi sababli faoliyat davomiyligining noaniqligi; 
— barcha xo‘jalik faoliyati uchun cheklanmagan javobgarlikning hukm 
surishi; 
— yakka xo‘jalik mulkining mulkni boshqa shaxsga (masalan, boshqa oila 
a’zolariga) berishda noqulayligi — ixcham emasligi", 
— mulk egasining o ‘limi, mehnatga noloyiq bo‘lib qolishi yoki ishdan 
chetlanish hollari yuz berganda, yakka xo'jalik mulki tarkibini saqlab qolishning 
mushkulligi. 
Yuqorida keltirilgan kam chiliklarni bartaraf etish niyatida ishbilarmonlar 
mol-mulki, kasb yoki kapitallarini qo‘shib birlasha- dilar. 0 ‘rtoqliklar, kom m 
andit, to ‘la va chala shirkatlar. 
Kichik biznesda ishbilarmonlik faoliyatini amalga oshirish uchun har xil 
shakldagi shaxslar birlashuvi ichida eng oddiysi o'rtoqlik, ya’ni shirkatchilikdir. 
O ‘rtoqlik — bu ikki yoki undan ortiq shaxsning mulkini umumiy manfaatni 
ko‘zlovchi maqsadlardagi tadbirkorlik harakatini uyushtirish birlashuvidir.


U shartnom a asosida tashkil qilinadi,
uning qatnashchilari aw alo o ‘zining 
va boshqa a ’zolarning manfa- atini ko‘zlab harakat qiladilar. 0 ‘rtoqlikning, 
asosan, u c h ta turi mavjud: chala (oddiy), to ‘la va &0w/Mtf/76f/7shirkatchiligi. 
Chala (oddiy) shirkatchilik — bu ikki va un d an k o ‘p shaxslaming 
shartnomaviy birlashuvi bo‘lib, unda mulk va tadbirkorlik harakatlari umumiy 
shirkatchilik manfaatiga erishish maqsadida birlashadi. Ushbu biHashish shaklida 
tashkilot umuman boMmaydi, chunki shirkatchilik sheriklari har biri alohida 
harakat qiladi. 
To ‘la shirkatchilik — bu shartnoma asosida ikki va undan ortiq shaxslaming 
umumiy maqsadga erishish uchun o‘z mulklari va tadbirkorlik kuchlarini 
birlashtirishga asoslangan kelishuvidir. 
To’la shirkatchilikda ham xuddi chala (oddiy) shirkatchilikka o‘xshab, uning 
egalari manfaatining birligi seziladi. Agar chala (oddiy) shirkatchilikda umumiy 
manfaat maxfiy namoyon boMsa, toMa shirkatchilikda uchinchi shaxslar bilan 
boMadigan barcha munosabatlarda umumiy shirkatchilik manfaati aniq ko‘rinib 
turadi.
Kommandit shirkatchiligi — bu ikki yoki undan ortiq shaxsning mulkni va 
tadbirkorlik harakatlarini umumiy maqsadga erishish niyatida birlashtirishga 
asoslangan shartnomaviy kelishuvi boMib, bunda sheriklar ichida kam ida bittasi 
kreditorlar oldida to'la (cheklanmagan) javobgarlikka , yani bittasi cheklangan 
javobgarlikka ega bo’lmog’i kerak. To’la javobgar shaxslar haqiqiy a’zolar 
cheklangan javobgarlar omonatchi— a’zo yoki kommanditlardcb ataladilar.
Kommanditlar kreditorlar oldida o ‘zi- ning shaxsiy mulki bilan emas, balki 
umumiy mulkka qo'shgan hissasi bilan javobgar bo’ladi.


Sirdaryo viloyatida yangi tashkil etilgan kichik korxonalar 
2023-yil yanvar mart oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha eng ko’p 
kichik korxona va mikrofirma qishloq xo’jaligi sohasida 296 ta savdoda 196 ta 
hamda sanoatda 59 ta yangidan tashkil etilgan. 
Viloyatning tuman va shaharlar kesimida tahlil qilinganda , eng ko’p kichik 
korxona va mikrofirma Guliston shahrida 121 ta, Sardoba tumanida 115 ta hamda
Oqoltin tumanida 99 ta yangidan tashkil etilgan. 
0‘zbekistonda ishlab chiqilgan jahon moliyaviy inqiroziga qarshi choralar 
dasturida aw alo iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, yangi ish o ‘rinlarini tashkil qilish, 
bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda 
tobora muhim o‘rin tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal 
rivojlantirish, rag‘batlantirish va qoilab-quw atlashga alohida e’tibor qaratildi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlanayotgan davlatning asosiy vazifalaridan 
biri bo‘lgan kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivodlantirish uchun hukumat 
tomonidan ko‘plab imtiyozlar berildi. Shu imtiyozlardan kichik biznes va 


tadbirkorlik subyektlari samarali foydalanib, tez sur’atlar bilan tadbirkorlar soni va 
mahsulot yetishtirish hajmi ortib bormoqda. 2010- yilda ijtimoiy iqtisodiyot 
ko‘rsatkichlaridan biri YAIMga nisbatan tadbirkorlar ulushi 31 foizdan 53,5 foizni 
tashkil etdi. 
Davlat rivojida asosiy faktor kichik biznes va tadbirkorlik boiib, avvalo ish 
o‘rinlarini va daromadni ko‘paytirishga manba b o iib xizmat qildi. 0 ‘zbekiston 
Respublikasining mustaqilligiga 20 yil to‘lishi munosabati bilan kichik biznes va 
tadbirkorlikning shakllanishi ko‘p bosqichlami bosib o‘tdi. Har bir bosqich (etap) 
o‘ziga xos maqsad, yo‘nalish, siyosat, islohot masalalari hamda natijalari bilan 
ajralib turadi, Shunday iqtisodiy qonunlar, huquqiy-me’yoriy baza va mexanizmlar 
tufayli kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga moddiy yordam berildi va 
rag‘batlantirildi. Respublikada kichik biznes va tadbirkorlikni rivojalanishini 4 
davrga bolam iz: Birinchi davr (1991-1995-y.) xususiy biznes va tadbirkorlikning 
qonuniy asoslari va davlat mulkini xususiylashtirib kichik biznesda mulkchilik 
shakllandi. 
Kichik biznes subyektlarini rivojlantirish uchun uni rag‘batlantirish va 
davlat tomonidan qoilab-quw atlash to‘g‘risida Prezident farmoni va dasturlar 
qabul qilindi. Bundan kichik biznes bilan shug'ullanadiganlarga daromaddan soliq 
tolovlam i kamaytirishga erishildi. Davlatning kichik biznes va tadbirkorlik 
rivojlanishidagi maqsadi aw alo ish o'rinlarini ko‘paytirish va ish bilan 
ta’minlashga qaratilgan bo'lib, 1995-yilda 441 ming ishsizlar ish bilan ta’minlandi. 
Bu Hamdo‘stlik davlatlari o'rtasida eng yuqori ko'rsatkich bo'lib hisoblanadi. 1995-
yilning oxiriga borib kichik korxonalar va mikrofirmalar soni 42,4 ming dona yoki 
1991-yilga nisbatan 4,1 martaga oshdi. YAIM ulushi 1991-1995-yillarda 1,5 
foizdan 16,9 foizga o'sishi respublika iqtisodiyotida asosiy yutuqlardan biri bo'ldi. 
Ikkinchi (1996-2002-y.) davrda davlat mulkini xususiylashtirish jarayoni kengaydi, 
bozor infratuzilmalari takomillashib, birinchilardan bo'lib tijorat banklari, moliya 
institutlari (kredit birlashmalari) tashkil bo'ldi. Kichik biznes va tadbirkorlikka 
eksport mahsulotlariga maxsus chetga chiqarish uchun imtiyozlar berildi.
Qonunchilik organlari tomonidan yangi zamanoviy m e’yoriy hujjatlar qabul 
qilinib, boshqarish tizimi, bozor infratuzilmasi tubdan o'zgardi. Tadbirkorlik 
korxonalarini ro'yxatga olish, iqtisodiyotda kichik biznes va tadbirkorlik 
subyektlari faoliyatini erkin yuritish, davlat tomonidan kreditlash, sug'urtalash 
hamda imtiyozli kredit olish huquqi berildi. Mamlakatimizda kichik biznes va 
tadbirkorlik faoliyatining o'sish darajasi ijtimoiy - iqtisodiyda o'zining ijobiy 
ko'rsatkichlari bilan o'rin oldi. Masalan, 1995-yilda YAIMda kichik biznes va 
tadbirkorlikning ulushi 16,9 foiz bo'lgan bo'lsa 2002-yilga kelib bu ko'rsatkich 35,5 
foizga oshdi. Bundan tashqari 2002-yilda kichik biznes va tadbirkorlikning xissasi 
sanoatda 15,4 foiz, qishloq xo'jaligida 74,9, tovar aylanmasida 43,4 pullik xizmat 
ko'rsatishda 41,3 foizni tashkil etdi.


Yuridik shaxslar soni 5 marta yoki 215 ming donaga ortdi. 2002-yilda kichik 
biznes va tadbirkorlik faoliyati bilan band bo'lganlar sonining o'sishi 4964,6 ming 
kishiga yoki barcha band bo'lganlarga nisbatan 54,5 foizni tashkil etdi. Uchinchi 
davr (2003-2008-y.) kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi ishlab 
chiqilib, unda texnika va texnologiya bilan qurollanish, modemizatsiyalash, sanoat 
qurilishi va yangi tizimi shakllandi.
Tadbirkorlikni rag'batlantirish to'g'risida Prezident farmoni qabul qilindi. 
Farmonda kichik biznes korxonaiari va mikrofirmalarga soliq stavkasinii 13-10 
foizga kamaytirish, ishlab chiqarish va servis xizmat ko‘rsatishga imtiyozli 
kreditlar berish, korxonani ro‘yxatga olish hujjatlarini yanada soddalashtirish, 
korxona faoliyatini tekshirishlar soni qisqartirish ko‘zda tutilgan. Yirik korxonalar 
tarkibida, o ‘z uyida shartnoma bilan ishlaydigan kasanachilik tizim shakllandi.
Yuqoridagi islohotlar tufayli YAIMda kichik biznes va tadbirkorlikning 
iqtisodiy o‘sishi 2003-yilda 35 foiz bo'lgan bo‘lsa, 2008-yilda 48,2 foizni yoki 
YAIM 1,4 foizdan 4,6 foizga ortidi. TVrtinehi davr (2009-yildan boshlab) kichik 
biznes va tadbirkorlik rivojlanishi da jahon moliyaviy inqirozi va uning 
oqibatlarini barataf etish, tadbirkorlar faoliyatini yaxshilash bo‘yicha dasturlar 
qabul qilindi. Soliq stavkalari sanoat sohasida 2009-2010-yillarda 7 foizga, 2012-
yilda esa 5 foizga kamaytirildi. Bank kreditlaridan foydalanish muddatlari 12 
oydan 18 oyga chiqarildi, bank resurslarini ko‘paytirilib unda imtiyozli fond 
kreditini tashkil etildi.
Kichik biznesning rivojlanishida kichik tadbirkorlikdan kichik innovatsiya 
korxonalariga o‘tildi, yangidan tashkil etilgan korxonalar soni ko‘paydi, faoliyat 
yuritmayotgan korxonalar soni keskin kamaydi. 2010-yil Konstitutsiya kunida 201 
1 -yil Prezident tomonidan “Kichik biznes va tadbirkorlik yili” deb nomlandi.
2012-yilda Respublika Prezidentining 2011-yil yakunlari va 2012-yilda 0 
‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustivor yo‘nalishlariga 
bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi m a’ruzasida, soliq yukini 
kamaytirishga qaratilgan soliq siyositida 2011-yilda soliq yuki 1991-yil bilan 
solishtirilganda yalpi ichki mahsulotga qaraganda qariyib 2 baravarga kamayib, 
41.2 foizdan 22 voizga tushdi. 2011-yilda mikrofirma va kichik bizkes korxonaiari 
uchun yagona soliq to‘lovi stavkasining 7 foizdan 6 foizga kamayishi 
tadbirkorlaming investitsiya faoliyatinig kengayishiga xizmat qiladi. 2012-yilda 
soliq stavkasi foizi 6 foizdan 5 foizga tushushi ko‘zda tutilgan.”Kichik biznes va 
xususiy tadbirkolik yili” Davlat dasturi bo‘yicha kichik biznes va xususiy 
tadbirkolikni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhiti yaratildi. mamlakat 
yalpi ichki mahsulotida kichik biznesning ulishi 2010- yildagi 52,5 foiz o‘rniga 
54,0 foizga ko‘paydi. Davlatning makroiqtisodiy salohiyatini oshirishda kichik 
biznes va tadbirkorlik subyektlarining hissasi yildan-yilga ortib borishini quyidagi 
jadvaldan ko‘rib chiqamiz. 



Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin