Mavzu: Mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarishning o’rni Krish i-bob. Iqtisodiy resurslar va ularning turlari



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix17.05.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#115492
1   2   3   4   5   6   7
Tolibjon kurs ishi alo.docxkkkkkk

2.2 
 
Birja. Birja faoliyati 
Fond birjasi – qimmatli qog‘ozlar savdosiga mo‘ljallangan uyushgan bozor. 
Bu qimmatli qog‘ozlar xaridori hamda sotuvchisi uchrashadigan joy. 
Muhim faktlar: Amsterdam fond birjasi dunyodagi eng ko‘hna birja sanaladi. 
Birja 1602 yilda tashkil topgan bo‘lib, shu yili tarixdagi ilk aksiyadorlik 
kompaniyasi – Gollandiyaning Ost-Ind kompaniyasi tashkil etilgan.
 
 
«Toshkent» Respublika fond birjasi - O‘zbekiston Respublikasi hududidagi 
yagona fond birja. U 1994 yil 8 aprelda tashkil etilgan. Hozirda u yerda 99 ta 
kompaniya o‘z aksiyalari va 4 ta emitent (aksiya chiqaradigan kompaniya) o‘z 
obligatsiyalari bilan savdo qiladi. 
Ro‘yxatga olingan qimmatli qog‘ozlar birjalarga joylashtiriladi, u yerdan 
ularni jismoniy va yuridik shaxslar - investorlar xarid qilishi mumkin. 
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi – qimmatli qog‘ozlarni saqlash, 
yuritish, harakatini hisobga olish yagona tizimini ta'minlaydigan hamda boshqa 
turdosh xizmatlarni ko‘rsatadigan tashkilot. (Markaziy depozitariy o‘z faoliyatini 
Vazirlar Mahkamasining 1999 yi 21 maydagi 263-sonli “Qimmatli qog‘ozlarning 
markaziy depozitariysini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida”gi 
qaroriga muvofiq, majburiy litsenziyalashsiz amalga oshiradi). 
Tartibga soluvchi – mustaqil tashkilot bo‘lib, u bozorda, ya'ni fond birjasida 
hammasi qonuniy asosda amalga oshishini nazorat qiladi. O‘zbekistonda ushbu 
vazifalarni Kapital bozorini rivojlantirish agentligi bajaradi, u, shuningdek, 
qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari (investitsiya maslahatchilari, brokerlar, 
dilerlar, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi) faoliyatini litsenziyalash 
bilan shug‘ullanadi. 
Aksiyalar kotirovkasi – bu aksiyalarning fond birjasidagi bahosi bo‘lib, talab 
va taklifga ko‘ra belgilanadi hamda kompaniyaning sof daromadi, avval to‘langan 
dividendlar hajmi, firmaning obro‘si va qimmatli qog‘ozlar bozoridagi o‘rni kabi 
ko‘plab omillarga bog‘liq bo’ladi. 
Har bir aksiya bir vaqtning o‘zida bir nechta narxga ega: 
Birinchidan, bu chiqarish paytida aksiyaga belgilangan nominal narx. Uni 
nominal qiymat ham deyishadi. Aksiyaning nominal qiymati egasi ushbu aksiya 
bo‘yicha oladigan daromad yoki dividendga nisbatan ahamiyatli. 
Aksiyalarning bozor narxi ushbu qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi davridagi 
talab va taklifga ko‘ra belgilanadi. Odatda u amalga oshgan bitimlarning o‘rtacha 
qiymati sifatida yoki savdo kunining (savdo haftasi) yakuniy narxiga ko‘ra 
belgilanadi. 


Kotirovka narxlari – ma'lum vaqt oralig‘ida qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi 
bo‘yicha operatsiyalar bajarilgan, birjadagi turli sotuvchi va xaridorlar tomonidan 
taklif etilgan narxlar. 
Fond birjasida listing (birja kotirovka varag‘i) – bu kompaniyaning birja 
talablariga javob berishini tekshirishdan iborat maxsus birja tadbiri. Birja qimmatli 
qog‘ozlar emissiyasi (chiqarilishi) ro‘yxatdan o‘tganligini, uning natijalari 
haqidagi hisobotni, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilinishini, o‘z 
faoliyati to‘g‘risidagi axborotni oshkor qilinishi va bir qator boshqa talablarga 
rioya qilnishini tekshiradi. 

 


Xulosa 
Mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarishning o'rni juda katta chunki 
mamlakatda ishlab chqarish yani import va eksport ko’p bo’lsa , mamlakatda 
zavodlar fabrikalar va boshqalar ko’p bo’lsa mamlakatga foyda ko’proq. 
Ishlab chqarish bu inson ehtiyojlarini qondrish uchun kerak bo’ladigan 
vositadir . Inson ehtiyojlari ko’p.
Shu o'rinda alohida ta'kidlash lozimki, yangi O'zbekiston taraqqiyot 
strategiyasida kelgusi besh yillikda mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish 
borasida bir qator strategik vazifalar belgilangan.
O’zbekiston Respublikasida innovatsion iqtisodiyotni shakillantirish va yanada 
rivojlantirish maqsadida bir qancha asosiy ishlar va chora-tadbirlar majmuini 
qisqacha yoritib o’tsak: 
 
rivojlangan mamlakatlardagi biz uchun kerak bo’lgan barcha texnologik 
bilim va yangiliklarni o’rganish, va respublika iqtisodiyoti tarmoqlariga 
bosqichma-bosqich milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda tatbiq 
qilish; 
 
asosiy ahamiyatga ega bo’lgan ichki innovatsion loyihalarga investorlarni 
hamda xorijiy kapitalni jalb qilish; 
 
texnoligik innovatsiyalarga bag’ishlangan bilimlar bazasini tashkil qilish va 
unda internet portal orqali barcha fuqarolar foydalana olishlariga erishish; 
 
innovatsiyani rivojlantirish, bu sohadagi yutuqlarni yuqori qo’shilgan 
qiymatli mahsulotga aylantirishda intellektual mulkning ishonchli 
himoyasini ta’minlash 
Xususan, tadbirkorlik faoliyatini yanada qo'llab-quvvatlash, biznes muhiti 
va zarur infratuzilmalarni yaratish bo'yicha islohotlarni davom ettirish, 
kambag'allikni ikki barobar qisqartirish, hududlarni rivojlantirish va agrar sohani 
rivojlantirishga oid vazifalarga alohida ahamiyat berilgan.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin