Mavzu: Mamlakat iqtisodiyotning raqobatbardoshlik oshirish yo’llari


Milliy iqtisodiyot barqaror rivojlanishining muvaffaqiyatli strategiyasi



Yüklə 77 Kb.
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü77 Kb.
#205101
1   2   3   4   5
1476212194 65381

4. Milliy iqtisodiyot barqaror rivojlanishining muvaffaqiyatli strategiyasi


Strategiyaning uch umumiy varianti raqobat kuchlariga qarshi tura olishning turli hil yondashuvlarini o‘zida namoyon etadi. Boshqa tomondan esa, tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, agar firma o‘z faoliyatida hech qanday strategiyaga tayanmagan holda ish olib borsa, ya’ni «o‘rta pog‘onada turib qolsa», juda mushkul strategik vaziyatga tushib qolishi mumkin. Aslida strategiyaning asosiy variantlarini amalga oshirish ikki turdagi xavf bilan kuzatiladi: birinchidan, strategiyani muvaffaqiyatsiz tanlanishi va uni saqlab qola olish xavfi; ikkinchidan soha rivoji natijasida yuzaga keluvchi raqobat borasidagi ustunlikni buzilishi xavfi. Torroq nuqtai nazar bilan qaraydigan bo‘lsak strategiyaning 3 turi raqobat kuchlaridan himoyalanishning turli hil ko‘rinishlariga asoslanadi va shuning uchun ular turli hildagi xavflarga duch keladi.
Raqobatni rivojlantirishning muhim strategik maqsadi iste’molchiga iqtisodiy maqbul narxlarda sifatli va ishonchli ijtimoiy xizmatlardan foydalanish va boshqariladigan tarmoqlardagi raqobatni rag‘batlantirish imkonini ta’minlash bo‘lishi kerak. Raqobatni rivojlantirish choralarining ko‘rilishi natijasida iqtisodiy agentlar faoliyatini boshqarishning bozor mexanizmlarining roli ortishi va bozorga chiqish yo‘lidagi ma’muriy to‘siqlarning ta’siri pasayishi kerak.
Bu borada O‘zbekistonda raqobat munosabatlarini shakllantirishning quyidagi iqtisodiy institutlari qaror topgan:
1. Davlat korxonalarini xususiylashtirish va monopoliyadan chiqarish. Mulkchilik munosabatlari va tarkibini o‘zgartirish muammosi - o‘tish iqtisodiyoti xos bo‘lgan har bir mamlakat uchun muhim masaladir. Mulkchilikning xo‘jalik tizimi sifatidagi rolining o‘ziyoq mazkur sohadagi o‘zgarishlarning ham, umuman o‘tish iqtisodiyoti doirasidagi islohotlarning ham tizimli xususiyatini ko‘rsatadi. Sobiq sotsialistik mamlakatlardagi xususiylashtirish jarayoni mana shu sifati bilan g‘arb davlatlari va rivojlanayotgan mamlakatlarda xususiylashtirish sohasida amalga oshirilayotgan tadbirlardan tubdan farq qiladi.
Xususiylashtirish - davlat korxonalari mulki (aktivlari)ning to‘liq yoki qisman xususiy sektor (jismoniy va nodavlat yuridik shaxslar)ga sotish (o‘tkazish) jarayoni degan ta’rif mavjud. Ma’lum bir ma’noda xususiylashtirishning bunday talqinini «milliysizlashtirish» tushunchasi bilan almashtirish mumkin. Ayrim tadqiqotchilar ushbu ta’rifga davlat korxonasini boshqarish modelini mulkchilik huquqlarini begonalashtirmasdan modifikatsiyalash jarayonini kiritadilar, ya’ni bu pudrat, ijara, shartnoma asosida davlat korxonasining yuridik yoki moliyaviy maqomini to‘liq yoki qisman o‘zgartirishdir. Bunday talqinni «davlat tasarrufidan chiqarish» tushunchasi bilan almashtirish mumkin.
Xususiylashtirish o‘tish iqtisodiyotidagi tizimli o‘zgarishlarning nihoyatda muhim qismi sifatida qaraladigan bo‘lsa, bunday ta’rifni to‘ldirish zarurati tug‘iladi. Fikrimizcha, xususiylashtirishga ikkita parallel jarayonlarda yuz beradigan nisbatan uzoq muddatli tizim hosil qiluvchi hodisa sifatida tizimli ta’rif berilishi kerak.
Bir tomondan, davlatning bozor va raqobat xo‘jaligi tizimida unga xos bo‘lmagan mulkiy munosabatlar sub’ekti (tartibga soluvchi) vazifalarini asta-sekin o‘zidan chetlashtirishi yuz beradi, ya’ni ushbu sohadagi nomutanosibliklarni astasekin to‘g‘rilanishi jarayoni kechadi. Shunga muvofiq davlatning tegishli huquqlarni iqtisodiy ro‘yobga chiqarish bo‘yicha mulkiy munosabatlar sub’ekti sifatidagi imkoniyatlari cheklana boradi. Bu jarayonni tizimli o‘tish doirasidagi bosqichsizlashtirish deb atash mumkin.
Investisiya strategiyasining taqlidiy modeli texnologik yetakchilar tomonidan foydalanilgan yoki ishlab chiqarilgan texnologiyalar va mahsulotlarning xuddi o‘sha turini yoki modifikatsiyasini investitsiyalashning joriy etilishini nazarda tutadi.
Taqlidiy modeldan foydalanish bozorni sust o‘zlashtirilishiga asoslanishi mumkin. Buning sabablari turlicha, ammo aksariyat hollarda mintaqalarning moliyaviy ojizligiga borib taqaladi.
Investitsiyalashning ushbu modelining ancha keng tarqalganligi shu bilan belgilanadiki, taqlidiy strategiyadan foydalanishda innovatsion tavakkalchilik yo‘qoladi, texnologik tavakkalchilik esa eng past darajaga tushadi, moliyaviy tavakkalchilik ham ancha kamayadi.
Ayrim tadqiqotchilar taqlidiy strategiyaning quyidagi ko‘rinishlarini ajratadi:

  1. jahon bozorlariga chiqish maqsadida ilg‘or ilmiy-texnik ishlanmalarga tayanib texnologik olg‘a siljishga qaratilgan «pionercha» modernizatsiya;

  2. ikki turdagi «yetib oluvchi» modernizatsiya. Ular xalqaro miqyosda raqobatbardoshlikka erishishga qaratilmagan.

Taqlidiy strategiyaning samaradorligi, amaliy ahamiyatga egaligi va davomiyligidan dalolat beruvchi jihat shuki, u «yaponcha iqtisodiy mo‘jiza» ning asosiy shartlaridan biri bo‘lgan.
Mintaqani rivojlantirishning innovatsion strategiyasi bozorlar va texnologiyalarni shakllantirish maqsadida yuqori keskinlik darajasiga ega innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etishni nazarda tutadi.
Innovatsiya-investitsiya strategiyasi murakkab tashkiliy jarayon bo‘lib, har tomonlama tavakkalchilik bilan bog‘liqdir.
Mintaqaning investitsiya-innovatsiya strategiyasini amalga oshirishda ilmiy tadqiqot firmalari va bo‘linmalarining xizmatlaridan foydalanishning turli variantlari, shuningdek, tashkiliy aloqalar va ularni moliyalash usullari venchur strategiya deb ataladi. Ushbu usulning o‘ziga xosligi shundan iboratki, u kapitalning turli shakllari: aksionerlik, ssuda, tadbirkorlikning uyg‘unligidan iborat.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning bevosita innovatsion jarayondagi investitsiyaviy ishtiroki cheklangan. Innovatsion loyihalarni davlat tomonidan imtiyozli boshlang‘ich kreditlash va davlat kafolatlari, jumladan, bu investitsiyalarni sug‘urtalash kafolatlari muayyan rol o‘ynashi mumkin. Shu bilan birga, davlatning innovatsion jarayonga ta’sirining eng yuqori samarasi davlatning innovatsion jarayonni rag‘batlantiruvchi uzoq muddatli moliyaviy-iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan erishiladi. Ushbu siyosat amortizatsiya va soliq tartiblarini, tadqiqot biznesi uchun imtiyozlar va huquqiy himoya tizimini, qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish va mamlakatda umumiy investitsiyaviy muhitni yaxshilash choralarini o‘z ichiga olishi mumkin.
Yangi texnologiyalar markazdan (yirik agromeratsiyalar yadrosidan) tarqaladi va oxir-oqibat qishloq joylarga yetib boradi, degan fikr qaror topgan (ayniqsa, mintaqashunoslik bo‘yicha adabiyotlarda). Bunda diffuziya jarayonining «ierarxik», izchillik tusini va uning tegishli ijobiy tomonlari va kamchiliklarini oqlash uchun yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishga bog‘liq bo‘lgan axborot va malaka (umumiy salohiyat)ning mavjudligi ahamiyatini ta’kidlab o`tish kerak. O‘zbekistonga nisbatan olinganda bu - differensiatsiya, bir tomondan, Toshkent shahri va Toshkent viloyati salohiyati rivojlanishi darajalari o‘rtasidagi, boshqa tomondan, respublikaning boshqa mintaqalari bilan farqi. Bunda, axborot va salohiyatning mintaqalar ierarxiyasi bosqichining pasayishi bilan kamayib borishi nazarda tutiladi. Bu yerda gap, avvalambor, yangi texnikani joriy etishga bog‘liq qiyinchiliklar va qayta tashkil qilish muammolari haqida bormoqda.



Yüklə 77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin