1. Ma’naviyat va madaniyat, ularning o’zaro munosabati.
2. Ma’naviy meros – ma’naviyat rivojlanishining asoslari.
3. Ma’naviyat va mafkura, ularning jamiyat, inson hayotida tutgan o’rni.
Madaniyat - deyilganda, mehnat qurollarini yaratish va ulardan foydalanish, fan-texnika yutuqlari va ularni ishlab chiqarishga joriy qilish, kishilarning ishlab chiqarish va ijtimoiy ko'nikmalari, mehnatni ijtimoiy tashkil etish, salomatlikni saqlash ishini yo'lga qo'yish, aholi o'rtasida bilimlarning yoyilish darajasi va ma'lumot, umumiy, umumiy majburiy va oliy ta'limni amalga oshirish, adabiyot va san'at asarlari, ijtimoiy, falsafiy, diniy g'oyalar va shu kabilar nazarda tutiladi.
U inson faoliyatining faqat moddiy natijalarinigina emas, shu bilan birga kishilarning mehnat jarayonida voqe bo'ladigan bilim boyliklari, tajribalari, qobiliyatlari, ishlab chiqarish va kasb malakalari, o'zaro munosabatlarini ham o'z ichiga oladi.
Ma'naviyat va madaniyat, ularning o'zaro munosabati
Ma'naviyat va madaniyat bir-biriga yaqin tushunchalardir. Ammo ular bitta narsa emas, biri ikkinchisidan farqlanadi. Shuning bilan birga ular bir-birini to'ldirib turadilar.
Shunday ekan madaniyat nima?
Madaniyat tushunchasini izohlashga bag'ishlangan ko'pgina ilmiy adabiyotlar mavjud. Madaniyat tushunchasiga berilgan ta'riflar soni 260 tadan oshib ketgan. Mualliflar bu tushunchaga har biri o'z nuqtai-nazaridan yondashadilar.