Mavzu: Manaviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari


Ma’naviyat va mafkura ,ularning jamiyat



Yüklə 9,63 Kb.
səhifə3/3
tarix20.11.2023
ölçüsü9,63 Kb.
#165539
1   2   3
Mavzu Manaviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosaba-fayllar.org

Ma’naviyat va mafkura ,ularning jamiyat,

  • inson hayotida tutgan roli

    • Ma'naviyat va mafkura bir-birlari bilan mustahkam bog’langandir.

    • Ma'naviyat insonning ruhiyati, o'zini-o'zi anglashi, yuksaklikka intilishidagi salohiyati bo'lsa, mafkura - ma'lum bir davlat, jamiyat, millat, sinf va ijtimoiy guruhlar huquqiy, falsafiy, badiiy, diniy g'oya, nazariya va qarashlar tizimi hisoblanadi.

    • Mafkuraning ma'naviyatda tutgan o'rni shundaki, u inson, jamiyat, yohud millat yoki guruhlarning intilishlari, ruhiyatlari va kayfiyatlarini o'zida mujassamlashtiradi. Ma'naviyat singari mafkuraning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda kattadir.

    • Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek,

    • «Mafkura faqat bugun emas, balki hamma zamonlarda ham eng dolzarb siyosiy-ijtimoiy masala, har qanday jamiyatni sog'lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o'z muddaolariga erishishi uchun ma'naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan poydevor bo'lib kelgan»

    • Mafkura jamiyat taraqqiyotida quyidagi vazifalarni bajaradi:

    • birinchidan

    • davlat rivojlanishining iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy-ma'rifiy sohalaridagi vazifalarni o'zida mujassamlashtiradi;

    • ikkinchidan

    • bir davlat, bir mamlakat miqyosida barcha fuqarolarni, turli millat, elat, sinflar va ijtimoiy guruhlarni bir g'oya va maqsad sari birlashtirishga xizmat qiladi;

    • uchinchidan

    • davlat olib boradigan ichki va tashqi siyosat g'oyalarini o'zida mujassamlashtirib, uni fuqarolarga targ'ib etadi;

    • to'rtinchidan

    • Davlat doirasida yashayotgan fuqarolarni yaratuvchilik, bunyodkorlik, ijodkorlik faoliyatlarini faollashtiradi va ularni jamiyat maqsadlariga yo’naltiradi;

    • beshinchidan

    • xalqning orzu-umidlarini o'zida ifoda ettiradi, jamiyatda mavjud bo'lgan muammolarni hal qilish uchun butun jamiyat va fuqarolarni harakatga keltiradi;

    • oltinchidan

    • mafkura jamiyatda ma'lum siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy-ma'rifiy qarashlarni shakllantiradi.

    • Mustaqillik bizni porloq rivojlanish imkoniyatlariga ega qildi. Xalqimiz katta orzu-ma qsadlar va intilishlar bilan yashayapti. Huquqiy davlat, adolatli fuqarolik jamiyati - oldimizda turgan nurafshon manzildir.

    • Ammo bu manzillar o'z-o'zidan dunyoga kelmaydi, uni o'z-o'zidan mashaqqatsiz, izlanishlarsiz, yaratuvchilik, ijodkorlik ishlarisiz egallanmaydi.

    • Yangi jamiyat yuksak darajada rivojlangan ongni, ma'naviy kamolotni yanada baland bosqichga ko'tarilishini taqozo etadi. Ilg’or demokratik qoida va tushunchalar bilan boyigan milliy mustaqillik mafkuramiz ana shu yangi ma'naviyatning hal qiluvchi mezonlaridan biridir.

    • Yuqoridagilardan kelib chiqadigan bo'lsak, ma'naviyat mafkurasiz rivojlana olmasligini ko'ramiz. Chunki, inson ruhiyatini shakllantirish, milliy qadriyatlarni tiklash va jamiyat maqsadlarini amalga oshirishda mafkura harakatga keltiruvchi kuch sifatida katta ahamiyat kasb etaveradi.

    E`tiboringiz uchun raxmat!


    • E`tiboringiz uchun raxmat!


    http://fayllar.org
    Yüklə 9,63 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin