Mavzu: mantiq bilish nazariyasining tadqiqot obekti


Mantiq fanining fikr yuritish madaniyatini o‘stirishdagi ahamiyati



Yüklə 319,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix13.03.2023
ölçüsü319,72 Kb.
#87631
1   2   3   4   5
Mantiq fanining fikr yuritish madaniyatini o‘stirishdagi ahamiyati.
Mantiq inson tafakkuri madaniyatini ko‗tarish va insoniyatning uzoq tajribasi natijasida 
takomillashgan tafakkur shakllari, qonunlari va qoidalarini bilish uchun xizmat qiladi. U inson 
fikrining ketma – ket, ziddiyatsiz va asosli bo‗lishini ta‘minlaydi. Mantiq fani mazmunini 
chuqurroq o‗rganish kishilarning o‗z tafakkuri va o‗zgalar tafakkuri natijalariga tanqidiy qarash 
xislatlarini rivojlantiradi. Tafakkurning bu sifatlari esa insonning turli ilmiy va amaliy 
faoliyatlari sohasidagi ishi uchun katta ahamiyatga ega. Mantiqiy usullardan to‗g‗ri foydalana 
olish, ta‘lim tarbiya jarayonida isbot va raddiyaning mantiqiy tomonlarini bilish talabalarda o‗z 
nutqining asosli bo‗lishini ta‘minlaydi, fikrdagi ziddiyatlarni ochishga yordam beradi.
Mantiqni yaxshi bilish turli ilmiy uchrashuvlar, munozaralar, muhokamalarda muhim 
ahamiyatga ega bo‗ladi. Xususan, bunday hollarda fikrlash sub‘ekti haqiqatni aniqlash yoki 
uning sofligini saqlab qolish, asoslash uchun mantiqiy qonun – qoidalarni to‗g‗ri tadbiq eta 
bilishi, suxbatdoshining fikridagi xatolarni tez topa olishi, o‗z fikrini dalilli qilib bayon etishi 
zarur. Bu esa uning mantiq fanini yaxshi bilishiga ko‗p jihatdan bog‗liqdir.
Tushuncha – tafakkurning mantiqiy shakli
Tushuncha – predmet va hodisalarning umumiy, muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur 
shaklidir.
Belgilar deb, predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biriga o‗xshashligini 
ifoda qiluvchi tomonlarga, xususiyatlarga aytiladi.
Belgilar muhim yoki nomuhim bo‗ladi. Predmet belgisining muhim yoki nomuhim bo‗lishi, 
bizning predmetga amalda qanday munosabatda bo‗lishimizga qarab ham belgilanadi. Xususan, 
bir munosabatda muhim bo‗lmagan belgilar boshqa munosabatda muhim bo‗lishi mumkin. 
Masalan, kishining layoqati uning qanday kasbni tanlashi uchun muhim bo‗lsa, inson sifatida 
mavjud bo‗lishi uchun muhim emas. Bunday muhim belgilar predmetning ma‘lum bir 
munosabatdagi muhim belgilari deyilib, ob‘ektiv muhim belgilardan (predmetning mavjud 


bo‗lishi bilan zaruriy aloqada bo‗lgan belgilardan) farq qiladi. Predmet to‗xtovsiz harakatda, 
taraqqiyotda bo‗lganligi uchun vaqt o‗tishi bilan uning muhim bo‗lgan belgisi nomuhim bo‗lgan 
belgiga yoki aksincha, nomuhim belgisi muhim belgiga aylanishi mumkin.
Masalan, bevosita kuzatiladigan faktlar empirik bilish bosqichida muhim ahamiyatga ega bo‗lsa, 
nazariy bilish bosqichida unga kamroq murojaat qilinadi.
Demak, tushunchada predmet o‗zining muhim belgilari orqali fikr qilinib, bu belgilar 
predmetning umumiy va individual belgilari bo‗lishi mumkin. Masalan, «G‗afur G‗ulom» 
tushunchasida predmetning umumiy belgilari (inson, shoir) bilan bir qatorda, individual muhim 
belgilari (xususan, «Sen etim emassan» she‘rining muallifi) ham fikr qilinadi.
Tushunchaning hissiy bilish shakllaridan tubdan farq qilishiga alohida e‘tibor berish zarur. Sezgi, 
idrok va tasavvur predmetning yaqqol obrazlaridir. Biz faqat birorta konkret predmetni, masalan, 
o‗zimiz yozib o‗tirgan qalamni idrok qilishimiz yoki u to‗g‗risida tasavvurga ega bo‗lishimiz 
mumkin. «Umuman qalam»ni idrok qilib bo‗lmaydi. Chunki tushuncha predmetning yaqqol 
obrazi emas, balki abstrakt obrazidir. Qalam tushunchasi o‗zida konkret qalamlarning barchasini 
qamrab olgani holda, ularning har biriga xos bo‗lgan individual belgilarni tashlab yuborib, 
umumiy, muhim belgilarini ifoda qiladi. Ayni paytda bu belgilar qalamni boshqa predmetlardan, 
masalan, kitobdan farq qildirib turadigan maxsus belgilar bo‗lib ham xizmat qiladi.
Tushuncha predmetning nomuhim belgilaridan chetlashar ekan, demak, uni to‗laligicha aks ettira 
olmaydi. Bu ma‘noda u hissiy bilish shakllariga nisbatan borliqdan uzoqroqda turadi. Lekin, 
tushuncha predmetning muhim belgilarini in‘ikos qilishi, mohiyatini aks ettirishi bilan hissiy 
bilish shakllariga nisbatan borliqni chuqurroq, to‗laroq ifoda etadi.
Tushuncha, hissiy bilish shakllaridan farqli o‗laroq, inson miyasida to‗g‗ridan-to‗g‗ri aks 
etmaydi. U ma‘lum bir mantiqiy usullardan foydalanilgan holda hosil qilinadi. Bu usullar 
taqqoslash, tahlil, sintez, abstraksiyalash, umumlashtirishlardan iborat.
Taqqoslash yordamida predmetlar o‗zaro solishtirilib, ularning o‗xshash, umumiy tomonlari va 
bir-biridan farq qiluvchi individual belgilari aniqlanadi.
Taqqoslash tahlilni taqozo qiladi. Chunki predmetlarni yaxlit holda solishtirib bo‗lmaydi. Ular u 
yoki bu xossasiga ko‗ra taqqoslanishi kerak. Buning uchun u xossalar ajratilishi lozim. Tahlil 
yordamida predmet fikran uni tashkil qiluvchi qismlar, tomonlarga ajratilib, har qaysisi alohida 
o‗rganiladi.
Sintez tahlilga teskari usul bo‗lib, u tahlil davomida ajratilgan qismlar, tomonlarni fikran 
birlashtirib, predmetni bir butun holga keltirishdan iborat. Sintez bo‗lmasa predmet haqida yaxlit 
fikr hosil qilib bo‗lmaydi. Tahlil va sintez uzviy bog‗liqdir.
Tushuncha hosil qilish uchun predmetning yuqoridagi usullar bilan aniqlangan umumiy va 
individual belgilarining muhimlari ajratilishi, nomuhimlari chetlashtirilishi lozim. Bu esa 
abstraksiyalash yordamida amalga oshiriladi.
Umumlashtirishda predmetlar ularning ayrim umumiy, muhim xususiyatlariga ko‗ra sinflarga 
birlashtiriladi va shu tariqa bitta tushunchada bir jinsli predmetlarning barchasini fikr qilish 
imkoniyati yaratiladi.
Tushunchaning shakllanishi so‗z bilan uzviy bog‗liq. Ular o‗rtasidagi aloqadorlik tafakkur va til 
o‗rtasidagi bog‗lanishning konkret tarzda namoyon bo‗lishidir.
Tushunchalar so‗z va so‗z birikmalari yordamida ifoda qilinadi. Masalan, «talaba», «falsafa 
fakulteti», «O‗zbekiston milliy universiteti» va shu kabilar so‗zlardan iborat. Lekin bundan 
tushuncha va so‗z aynan bir xildir, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Bitta tushuncha har xil 
tillarda, ba‘zan bir tilda ham turli xil so‗zlar bilan ifoda qilinadi. Tilimizdagi omonim va sinonim 
hodisalari so‗z va tushunchaning nisbiy mustaqil holda mavjudligidan dalolat beradi. Shuni ham 
aytish lozimki, so‗zning ko‗p ma‘noga ega bo‗lishi ba‘zan fikr yuritish jarayonida tushunchalarni 
aralashtirib yuborishga olib keladi. Shuning uchun ham fan va texnikada ko‗proq terminlardan 
foydalaniladi. Termin qat‘iy bitta tushunchani ifoda qiluvchi so‗z bo‗lib, muayyan ilmiy bilish 
sohasida bir xil ma‘noda ishlatiladi.
Tushunchaning mazmuni va hajmi


Tushuncha o‗zining mazmuni va hajmiga ega. Tushunchaning mazmunini unda fikr qilinayotgan 
predmetning muhim belgilari to‗g‗risidagi axborot tashkil etadi. Masalan, «fan» tushunchasining 
mazmunini fanning muhim belgilari, ya‘ni uning amaliyot bilan aloqada ekanligi, 
predmetlarning birorta sohasiga oid tushunchalar, qonunlar, prinsiplar shaklidagi ob‘ektiv chin 
(haqiqiy) bilimlar tizimidan iborat bo‗lishi, dunyoqarashning shakllanishida ishtirok qilishi va 
shu kabilar tashkil qiladi.
Tushunchaning hajmi esa, unda fikr qilinayotgan predmetlar yig‗indisini aks ettiradi. Masalan, 
yuqorida misol qilib keltirilgan «fan» tushunchasining hajmi mavjud barcha fanlarni: 
matematika, fizika, mantiq va hokazolarni o‗zida qamrab oladi.
Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy bog‗liq bo‗lib, u tushunchaning mazmuni va hajmi 
o‗rtasidagi teskari nisbat qonuni yordamida ifodalanadi. Bu qonunga muvofiq tushunchaning 
hajmi kengaytirilsa, mazmuni torayadi va aksincha, hajmi toraytirilsa, mazmuni kengayadi. 
Masalan, «fan» tushunchasining mazmuniga «mantiq»qa oid bo‗lish belgisini qo‗shish bilan 
hajm jihatidan undan torroq bo‗lgan «mantiq fani» tushunchasiga o‗tiladi.
«Fan» tushunchasining hajmini kengaytirish bilan mazmun jihatidan unga nisbatan torroq 
bo‗lgan «ijtimoiy ong shakli» tushunchasi hosil qilinadi. Bunda faqat fanga xos bo‗lib, boshqa 
ijtimoiy ong shakllarida, masalan, huquqiy ongda bo‗lmagan spetsifik belgilar tushuncha 
mazmunidan chiqarib tashlanadi.
Bu qonun tushunchalar bilan olib boriladigan qator mantiqiy amallar asosida yotadi.

Yüklə 319,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin