Texnologiya darslari jarayonida o'quvchilarni elektrotexnikaga oid tushunchalarni shakillantirish
“Texnologiya darslari jarayonida o'quvchilarni elektrotexnikaga oid tushunchalarni shakillantirish”
Annotatsiya: Ushbu maqolada texnologiya darslari haqida umumiy tushunchalar haqida fikr yuritiladi. Bundan tashqari, texnologiya darslarini hayotimiz tutgan o'rni va texnologiya darslarida zamonaviy texnologiylardan foydalanish maqolaning asosiy mazmunini tashkil qiladi.
Kalit so'zlar: texnologiya darslari, innovatsion texnologiya, pedagogik texnologiya,dizayn
“Texnologiya” darsligi insonlar hayotida muhim o‘rin tutuvchi amaliy mehnat faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishda muhim o‘rin tutadi. Voyaga yetib, qaysi kasbni egallamang, kim bo‘lmang, “Texnologiya” fanidan olgan bilim va ko‘nikmalaringiz Sizga hayotda, albatta, naf keltiradi. “Texnologiya” darslarida materialshunoslik, asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanishga oid bilimlarni o‘zlashtirasiz. Mahsulot ishlab chiqarish va uy-ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlashga oid ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lasiz.
Bu maqolada o’quvchilarning turli materiallarga ishlov berish usullarini egallashida kerak bo’ldigan qobiliyatlar va ularni shakllantirishga doir jihatlar keltirib o’tilgan. Zero, materiallarga ishlov berish bilan bog‘liq umummehnat ko‘nikmalari har bir inson hayotida muhim o‘rin tutadi. Jamiyatimizning har bir a’zosining bilim va salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarishga qaratilgan bozor munosabatlarining rivojlanib borayotganligi bu ko‘nikmalarning zaruratini yanada oshirmoqda. Ijodkorlik – bu yangi g‘oyaga asoslangan moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishdir. Ijodiy faoliyat tufayli hayotimiz yanada qulay va qiziqarli bo‘lib bormoqda. Sizni o‘rab turgan barcha buyumlar, jihoz va uskunalar ijodkor insonlartomonidan yaratilgan texnik vosita va texnologiyalarning mahsuli hisoblanadi. Ular mehnati natijasida ulkan samolyotlar, zamonaviy avtomobillar, katta imkoniyatlarga ega kompyuterlar va biz uchun qadrli boshqa ne’matlar yaratilgan. Siz ham kelajakda voyaga yetib, tanlagan kasbingizni mukammal egallab, bu taraqqiyotga o‘z hissangizni qo‘shasiz deb umid qilamiz. Bu vazifalarni uddalashingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Texnologiya darslarida zamonaviy (innovatsion, pedagogik va axborot) texnologiyalarini qo‘llashning asosiy bo'limlari «Texnologiya va dizayn», «Servis xizmati» hamda «Qishloq xo‘jalik asoslari» yo‘nalishlari berilgan. Siz ulardan birini to‘liq o‘rganasiz. Shuni e’tiborga olish kerakki, «Texnologiya va dizayn»yo‘nalishi uchun darslikda «Elektrotexnika ishlari» hamda «Uy-ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlash» nomli boblar berilgan. Bu boblarni «Qishloq xo‘jalik asoslari» yo‘nalishlarini o‘rganayotgan o‘quvchilar ham o‘rganadilar. Siz mashg‘ulotlar va uyushtiriladigan sayohatlar davomida ko‘plab sohalarga oid kasbhunar turlari bilan tanishasiz. Kelajak hayotingizda shu kabi kasb-hunarlardan birini egallab, o‘z sohasining mohir ustasi bo‘lib yetishasiz. Bu bilan siz jamiyatimiz ravnaqi uchun o‘z hissangizni qo‘shasiz. Ta’lim sohasidagi ilmiy-pedagogik adabiyotlarda texnologiya, pedagogic texnologiya, texnologik yondoshuv, ta’limni texnologiyalastirish, texnologik tayyorgarlik haqida so’z yuritilib, ularga turlicha talqin va ta’riflar beriladi.
Texnologiya o’quv predmeti mazmuni, mohiyati va vazifalariga ko‘ra ko‘pgina ilmiy, tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni umumlashtirib, uyg‘unlashtirib, mujassamlashgan holda amaliyotga tadbiq etishni ko‘zda tutadi. SHu jihatdan olib qaraganda texnologiya maktab tizimi umumta’lim fanlaridan o‘rganiladigan nazariybilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan bog‘laydigan quvvatli didaktik vositadir. Demakki, kasb tanlashga yo‘llashda ham katta axamiyatga egadir.Maktablarda texnologiya ta’limining maqsad va vazifalari:Boshlang‘ich maktabda (I-IV - sinflar) o‘quvchilarni texnologiya va hunarmandchilik dunyosi, o‘simliklarni parvarish qilish, turli materiallar bilan tanishtirish, oddiy ishlov berish, oddiy texnologiya va hunarmandchilik asboblari va texnologiya, ish-harakat usullari to‘g‘risida sodda tasavvurlar hosil qilishni ko‘zda tutadi. Bu davrda o‘quvchilar texnologiya ta’limidan o‘zlashtirgan bilimlar ko‘lamini o‘zlarining hayotiy tajribalarida va oiladagi texnologiya jarayonida mustahkamlaydilar va kengaytirib boradilar.
Yuqori sinflarda texnologiya ta’limi va kasblarga yo‘naltirish kursi-ishchi va mutaxassislarning amaliyotida qo‘llanadigan turli xil qo‘l asbob-uskunalar, jihozlar, moslamalarini o‘rgatishni, mexanizatsiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan vositalar bilan ishlashni, texnologiya qonunchiligi xavfsizligi , sanitariya-gigiena qoidalari va yo‘l-yo‘riqlari asoslarini o‘rgatishni ta’minlaydi. SHuningdek, bu davrda o‘quvchilarda xalq xo‘jaligining va hunarmandchilikning asosiy sohalari bo‘yicha maxsus kurslarni o‘qitishni tashkil etib, turli xil kasbiy bilimlar berish, amaliy ko‘nikma va malakalarni hosil qilishni maqsad qilib qo‘yadi. Ushbu kurslarda o‘quvchilar kasbiy mahoratlarini takomillashtira borib, tanlagan kasblari bo‘yicha tegishli hujjatlarni olib, bevosita unumli texnologiya jarayonida qatnashish imkoniyatiga va huquqiga ega bo‘ladilar.
Texnologiya ta’limining yuqorida ko‘rsatilgan maqsadiga erishishi uchun quyidagi vazifalarni hal etishni taqozo etadi:turli sohalardagi ishlab chiqarish mazmuniga ega vazifalarni echish, tajribalar o‘tkazish, o‘lchov-tekshiruv asboblaridan, ma’lumotlardan foydalana olish, texnologiya operatsiyalarini bajarish, olingan natijalarni talab etilgani bilan taqqoslash yo‘li bilan xulosa chiqarishga o‘rgatish;
-o‘quvchilarda bilim va mehnatga muhabbat, mehnat ahillariga hurmat hissini singdirish, ularni jamoatchilik, vatanga sadoqat, do‘stlik, o‘zaro hurmat ruhida tarbiyalash;
-o‘quvchilarni bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari talablari asosida sifatli, xaridorgir iste’mol mollari, texnologiya mahsulotlari etishtirishga odatlantirish, o‘zlari etishtirgan mahsulotlarni o‘zlari iste’molchiga etkazishlariga o‘rgatish, ish boshqaruvchilik (menedjerlik), homiylik, ishbilarmonlik sifatlarini singdirib borish va rivojlantirish.
-texnologiya ta’limini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarga, xalqimiz ruhiyatini yashash tarzini, an’analarini tiklash va rivojlantirish maqsadida xalq hunarmandchiligining kiritilishi milliy qadriyatlar, tarixiy yodgorliklar, xalq ustalarining ko‘p qirralari boy merosini o‘rganish, o‘zlashtirish va amaliy faoliyatlariga qo‘llash kabilarni o‘rgatish.
Qator yillardan buyon olib borgan kuzatishlar natijasida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan mehnat ta’limi-texnologiya ta’limining asosiy xususiyatlariga qo‘shimcha ravishda aytish mumkinki, ushbu sohaning har bir bosqichini, mashg‘ulotini, mavzusini, mavzu qismlarini o‘tishda ham o‘ziga xoslik sezilib turishini ta’kidlash o‘rinlidir.
Texnologiya ta’limining o‘ziga xos xususiyatlari, ahamiyati uning ta’lim mazmunini tanlashda, har bir bosqich uchun belgilab olishda namoyon bo‘ladi.Jumladan xalq hunarmandchiligining umumta’lim maktablari texnologiya o’quv predmeti tarkibiga kiritilishi texnologiya darslarini tashkil etishning ko‘lamini yanada kengaytirishga, shahar va qishloq maktablarida texnologiya ta’limi darslarini tashkil etishni yanada yaxshilashga olib keladi. chunki, ushbu ta’limning an’anaviy ko‘rinishda shahar va qishlok maktablarida mashg‘ulotlarni tashkil etishda xalq hunarmandchiligi sohalari taraqqiyoti, ta’lim muassasani o‘rab turgan ishlabchiqarish sohalarini hisobga olib, ularga bog‘lanish zarur. Xalq hunarmandchiligining esa bevosita xalq xo‘jaligi (mahalliy) tarmoqlarga bog‘lik bo‘lmagan holda o‘quvchilarga turli umumtexnologiya, maxsus ko‘nikmalarni o‘rgatishda didaktik imkoniyatlari behisobdir.
Xalq hunarmandchiligi sohalarini o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan mashg‘ulotlarning moddiy, xom ashyo, materiallar bilan ta’minlanishini yo‘lga qo‘yishda deyarli barcha maktablarda mahalliy imkoniyatlar mavjuddir. Mahalliy xom ashyo ta’minotini o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘z kuchlari bilan bevosita amalga oshirishlari mumkin. Xalq hunarmandchiligining texnologiya va kasb-hunar ta’limida muntazam o‘rganilishi o‘g‘il va qiz bolalar texnologiyaini, qishloq va shahar maktablarida muqobil mashg‘ulotlarning tashkil etilishini va qolaversa, o‘quvchilarning ta’lim muassasasini bitirganlaridan so‘ng doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlanishlarini ma’lum tartibga soladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abduqudusov O. Kasb-hunar pedagogikasi. Darslik. – T.: O‘MKHTTKMO va UQTI, 2014.
2. Pedagogika nazariyasi va tarixi. M.X. To‘xtaxo‘jaeva tahririostida. – T.: “Moliya-iqtisod”, 2008.
http://fayllar.org