Mavzu: mantiq bilish nazariyasining tadqiqot ob`yekti reja


Birlashtiruvchi (kon’Yunktiv) hukmlar



Yüklə 210,92 Kb.
səhifə15/20
tarix19.10.2023
ölçüsü210,92 Kb.
#157227
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Mavzu mantiq bilish nazariyasining tadqiqot ob`yekti reja 2

Birlashtiruvchi (kon’Yunktiv) hukmlar deb ikki va undan ortiq oddiy hukmlarning «va» «ham», «hamda» kabi mantiqiy bog‘lovchilar vositasida o‘zaro birikishidan hosil bo‘lgan hukmlarga aytiladi. Masalan: 1."Qo‘ngirok chalindi va dars boshlandi». 2. «A. Navoiy shoir va davlat arbobi bo‘lgan». 3. «Muhammad Xorazmiy va Axmad Farg‘oniylar matematika fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar».
Ayiruvchi (dizYunktiv) hukm deb «yo», «yoki», «yoxud» mantiqiy bog‘lamalari vositasida oddiy hukmlardan tashkil topgan mulohazaga aytiladi. Bu bog‘lovchilar ikki oddiy hukmni yoki bir qancha predikatlarni, yoki bir qancha sub’ektlarni bir-biridan ayirib turadi. Masalan: «Qodirov falsafa, yoki sotsiologiya, yoki psixologiya bo‘limida o‘qiydi». «Ikkinchi soatda yo matematika, yoki chet tili darsi bo‘ladi». Ayiruvchi bog‘lamalar «V» - dizYunksiya belgisi orqali ifodalanadi.
SHartli (implikativ) hukm ikki oddiy hukmning «agar... unda» mantiqiy bog‘lamasi orqali birikishidan tashkil topadi. SHartli hukmning mohiyatini aniqlash uchun zaruriy va etarli shart tushunchalarini farqlash zarur. Hodisaning zaruriy sharti deb, uning mavjudligini ta’minlaydigan holatga aytiladi. Agar hodisaning sharti zaruriy bo‘lmasa, hodisa ham bo‘lmaydi. Masalan: «Agar o‘simlik suvsiz qolsa, u quriydi».
Ekvivalentlik hukmlari «agar va faqat agar ... unda» mantiqiy bog‘lovchisi yordamida ikki oddiy hukmning o‘zaro bog‘lanishidan hosil bo‘ladi. Tabiiy tilda ekvivalentlik hukmi shartli hukm ko‘rinishida ifodalanadi. Bunday holatlarda shartli hukmning ekvivalent hukm ekanligini aniqlash zarur bo‘ladi. Agar shartli hukmning asosi natijada qayd etilgan fikr uchun zaruriy va etarli shart hisoblansa, unda bu hukm ekvivalent hukm bo‘ladi. Masalan: «Agar berilgan butun son juft son bo‘lsa, unda u ikkiga qoldiksiz bo‘linadi».
Hukmlar (mulohazalar) o‘rtasidagi munosabatlar. Mulohazalar (hukmlar) ham tushunchalar kabi taqqoslanadigan (umumiy sub’ekt yoki predikatga ega bo‘lgan) va taqqoslanmaydigan turlarga bo‘linadi. Taqqoslanadigan mulohazalar sig‘ishadigan yoki sig‘ishmaydigan bo‘ladi. Mantiqda ikki mulohazadan birining chinligidan ikkinchisining xatoligi zaruriy kelib chiqadigan bo‘lsa, ular o‘zaro sig‘ishmaydigan mulohaza (hukm) lar deyiladi. Sig‘ishmaydigan mulohaza (hukm) lar bir vaqtda chin bo‘la olmaydi. Sig‘ishadigan mulohazalar aynan bir fikrni to‘liq yoki qisman ifodalaydi. Sig‘ishadigan mulohaza (hukm) lar o‘zaro ekvivalentlik, mantiqiy bo‘ysunish va qisman mos kelish (subkontrar) munosabatida bo‘ladi. Sig‘ishmaydigan hukmlar qarama-qarshilik (kontrar) va zidlik (kontradiktorlik) munosabatida bo‘ladi. Mulohaza (hukm) lar o‘rtasidagi munosabatlarning sxematik ifodasi «mantiqiy kvadrat» deb ataladi. Mantiqiy kvadrat orqali mulohaza (hukm)lar o‘rtasidagi chinlik munosabatlari aniqlanadi.

Masalan, «Har bir jamiyat o‘z axloqiy normalariga ega». Bu A – umumiy tasdiq mulohaza (hukm). E, I, O ko‘rinishlarda quyidagicha ifodalanadi:



Yüklə 210,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin