Mavzu: mantiq bilish nazariyasining tadqiqot ob`yekti reja



Yüklə 210,92 Kb.
səhifə13/20
tarix19.10.2023
ölçüsü210,92 Kb.
#157227
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Mavzu mantiq bilish nazariyasining tadqiqot ob`yekti reja 2

2. E – Umumiy inkor hukmlarning sub’ekti ham, predikati ham to‘liq hajmda olingan bo‘ladi. Masalan, «Hech bir dindor e’tiqodsiz emas». Bu hukmda S – dindorlarni, P – e’tiqodsizlarni ifodalaydi, hech bir – umumiylik kvantoridir. Bunda har ikki terminning hajmi bir-birini istisno qiladi (3-rasm).
3-rasm


3. I – Juz’iy tasdiq hukmlarning sub’ekti hamma vaqt to‘liqsiz hajmda olinadi, predikati esa ba’zan to‘liq, ba’zan to‘liqsiz hajmda bo‘ladi. Masalan: «Ba’zi talabalar ingliz tilini biladi». Hukmning terminlari quyidagicha: S – talabalar, R – ingliz tilini biladiganlar, ba’zi – mavjudlik kvantori. Bu hukmda S ham, R ham to‘liqsiz hajmda olingan bo‘lib, har ikki terminning hajmi bir-biriga qisman mos keladi (4-rasm).


4-rasm

YAna bir misolni ko‘ramiz: «Ba’zi vrachlar xirurgdir». Bu hukmda S – vrachlar, R – xirurglar, ba’zi-mavjudlik kvantoridir. Hukmda sub’ekt to‘liq hajmda olinmagan, chunki unda ba’zi vrachlar haqida fikr bildirilgan, predikat esa to‘liq hajmda olingan, chunki xirurglarning hammasi vrachdir. Predikatning hajmi sub’ektning hajmiga kirgani uchun u to‘liq hajmda olingan bo‘ladi (5-rasm).

5-rasm.



4. O – Juz’iy inkor hukmlarning sub’ekti hamma vaqt to‘liqsiz hajmda, predikati esa to‘liq hajmda olinadi. Masalan, «Ba’zi yoshlar hunarmand emas». Bu hukmning terminlari S – yoshlar, R – hunarmand emaslar, ba’zi – mavjudlik kvantori. Hukmning sub’ekti to‘liq hajmda olinmagan, unda yoshlarning bir qismi haqida fikr Yuritiladi, xolos. Hukmning predikati esa to‘liq hajmda olingan. Unda hunarmandlarning hammasi haqida fikr bildirilgan (6-rasm).


6-rasm



YUqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkinki, umumiy hukmlarning sub’ekti hamma vaqt to‘liq hajmda, juz’iy hukmlarning sub’ekti to‘liqsiz hajmda olinadi. Inkor hukmlarning predikati hamma vaqt to‘liq hajmda bo‘ladi. Tasdiq hukmlarning predikati R £ S bo‘lgandagina to‘liq hajmda bo‘ladi, boshqa hollarda esa to‘liqsiz hajmda olinadi.
Hukmlarda terminlar hajmini aniqlash qat’iy sillogizmni to‘g‘ri tuzishda va bevosita xulosa chiqarishda muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 210,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin