Gullar va manzarali o‘simliklarning
urug‘lari mog‘orlashi bilan kurash choralari
● Urug‘ olish uchun o‘stirilayotgan gullar va manzarali o‘simliklar uchastkalarning fitosanitar
holatini muntazam ravishda nazorat qilib borish, ushbu uchastkalarda kasalliklarning oldini olish
ishlarini o‘tkazish.
● Urug‘larni to‘plash va saqlash qoidalariga qat’iy rioya qilish.
● Urug‘larni tavsiya qilingan optimal muddatlarda to‘plash,
ular tuproq bilan uzoq vaqt
davomida kontaktda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik.
●Urug‘larning bir partiyasi bilan ish tugagach, barcha idishlar va ish qurollarini
formalinning3%-li eritmasi yoki boshqa biror fungitsid bilan zararsizlantirish.
● Urug‘ saqlanadigan xonalarni ularga urug‘larni saqlashga qo‘yishdan oldin oltingugurt (30
g/m
3
)tutatib zararsizlantirish.
● Urug‘ saqlanadigan xonalarda harorat 0
o
S...+4
o
S va havo namligi 65-70% orasida bo‘lishini
ta’minlash. Xonalarni vaqti-vaqti bilan shamollatib turish. YAщik va jovonlarda saqlanayotgan
urug‘larni vaqti-vaqti bilan aralashtirib turish.
● Agar ayrim urug‘larda mog‘or paydo bo‘lsa, urug‘larni sodaning3%-li
eritmasi bilan yuvib
olish, quritish, xonani shamollatish va xonada tavsiya qilingan qulay harorat va havo namligini
ta’minlash.
● Ekishdan oldin urug‘larni
Fusarium, Alternaria
,
Botrytis
va boshqa patogen zamburug‘lar
bilan zararlanish darajalarini fitopatologik tahlil yordamida aniqlash va urug‘larga
albatta biror
fungitsid bilan ishlov berish lozim.
Dostları ilə paylaş: