Gullarning piyozboshlari, tuganaklari va ildizpoyalarining kulrang mog‘ori Kulrang mog‘orni gifomitsetlarga mansub bo‘lgan fakultativ parazitlar –
Botrytis tulipae, Botrytis gladiolorum va ba’zi boshqa turlar qo‘zg‘atadi. Ushbu zamburug‘lar bilan gullarning
ko‘p turlari, jumladan lola, nargiz, piyozgul (liliya), gulisumbul (giatsint) larning piyozboshlari,
ilongul (gladiolus) ning tuganak piyozlari, kartoshkagul (georgin) ning tuganaklari, sallagul
(pion) ning ildizpoyalari va b. zararlanadi. Kasallik belgilari: zararlangan a’zolarda sarg‘ish-
qo‘ng‘ir, botiq dog‘lar hosil bo‘ladi, keyinroq to‘qima qo‘ng‘ir tus oladi, yumshaydi, vaqt o‘tishi
bilan, burishib qoladi va sirib ketadi. Ba’zan kasallikning tashqi belgilari ko‘rinmaydi, ammo
tuganakpiyozlarni ostidan barmoq bilan bosib, ko‘rganda, ularning ichidagi to‘qimalari butunlay
chirib ketganligi ma’lum bo‘ladi. Zararlangan to‘qimalar ustida zamburug‘ning mitseliy va
sporalash a’zolaridan tashkil topgan kulrang, baroq g‘ubor paydo bo‘ladi. Zamburug‘
konidiyalari boshchalarga birikkan, dumaloq va ellipsoid shaklli, o‘lchami 10-12x9-15 mkm.
Lola, kartoshkagul va ba’zi boshqa gullarning piyozboshlari va tuganaklarida, mitseliy orasida
zamburug‘ning qora, dumaloq, kichik (Ø 0,5 mm gacha) sklerotsiylari hosil bo‘lishi mumkin.
Kulrang chirish bilan o‘simlik piyozboshlari, tuganakpiyozlari, tuganaklari va ildizpoyalari
ham saqlash paytida, ham o‘suv davrida zararlanishi mumkin. Kartoshkagulning va boshqa
gullarning yosh barglarida, lolalarning kurtaklarida sarg‘ish-qo‘ng‘ir dog‘lar hosil bo‘ladi, gullar
etilmay qoladi yoki umuman hosil bo‘lmaydi. Kuchli zararlangan piyozboshlari,
tuganakpiyozlari, tuganaklari va ildizpoyalarining murtaklari tuproq ustiga chiqmasdan nobud
bo‘ladi.
Piyozboshlari va ildizpoyalarning yashil mog‘ori YAshil mog‘orni gifomitsetlarga mansub bo‘lgan fakultativ parazitlar –
Penicillium glaucum, Penicillium gladioli qo‘zg‘atadi. Piyozboshlari va ildizpoyalarda sal botiq, qizg‘ish-
qo‘ng‘ir, biroz kulrang ohangli dog‘lar hosil bo‘ladi va vaqt o‘tishi bilan ular aiyozboshlari va
ildizpoyalarni to‘la qoplaydi va ularning ichki qismlari chirib ketadi. Ularning ustida oldin oq,
so‘ngra ko‘kimtir-yashil tusli, changuvchi mog‘or rivojlanadi. Kasallik keng tarqalgan,
piyozboshlari va ildizpoyalarni saqlash davrida ayniqsa ko‘p uchraydi.