MAVZU: MANZARALI GULLAR KASALLIKLARI
.
Ish rejasi.
1.Gulli o‘simliklarning urug‘lari, piyozboshlari, tuganak piyozlari, tuganaklari va ildizpoyalari
mog‘orlashi.
2. Gulli o‘simliklarning ko‘chatlari va nihollarining kasalliklari.
3. Gulli o‘simliklarning vilt kasalliklari.
4. Gulli o‘simliklarning un-shudring, zang va boshqa kasalliklari.
Zaruriy jixozlar
: rangli qalam, mikroskop, lupa, skalpel, buyum va qoplog‘ich oynalar,
igna, pipetka, suv, rangli plakatlar, gerbariy materiallari.
Topshiriq:
1.Zararlangan o‘simlik a’zolarini tashqi ko‘rinishiga qarab kasallikni aniqlash va
rasmini chizish.
2. Preparat tayyorlab mikroskopda ko‘rish.
Manzarali o‘simliklar qatoriga bir va ko‘p yillik gullar, ko‘p butalar va daraxt turlari kiradi..
Gullar va boshqa manzarali o‘simliklar shaharlarda boshqa
joylardan olib kelingan
tuproqlarda, ko‘pincha qurilish chiqindilari bilan ifloslangan va o‘ta zich bo‘lib qolgan joylarda
o‘stiriladi. Ular odatda ifloslangan havo sharoitida o‘stiriladi va muntazam sug‘orishni talab
qiladi. Bularning barchasi o‘simliklarning
zararli organizmlarga, jumladan kasallik
qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarga chidamliligini pasaytiradi.
Gullar
va
manzarali
o‘simliklar ko‘p hollarda katta
shaharlardan tashqarida
ko‘chatxonalarda, issiqxonalarda va parniklarda etishtiriladi. Ularda odatda gullar va manzarali
o‘simliklar
chegaralangan maydonlarda, zich o‘stiriladi, hamda ushbu o‘simliklarning ayni
turlari yoki hatto ayni navlari o‘stiriladi, bu esa o‘simliklarda ayrim kasalliklar kuchayishiga olib
keladi. YOpiq joyda (plyonka ostida, issiqxonada va hokazo) o‘stirishda kuzatiladigan yuqori
harorat va havoning nisbiy namligi kasalliklar rivojlanishini yanada
kuchayishi uchun sharoit
yaratadi.
Kasalliklar gullar va manzarali o‘simliklarning tashqi ko‘rinishini xunuklashtiradi,
hayotchanligini va saqlanish muddatini kamaytiradi.
Jumladan, gulli o‘simliklarning urug‘lari,
piyozboshlari, tuganak piyozlari, tuganaklari va ildizpoyalarini
saqlash davrida ular nobud
bo‘lishi yoki ular olingan ekilganida nimjon va kasal bo‘lishi mumkin. Ko‘chatlar va yosh
o‘simliklar kasalliklar bilan zararlanishi natijasida ular nobud bo‘lishi, ekin siyrak bo‘lib qolishi
mumkin.