CD 1, 2005 y.
CD 2, 2006 y.
CD 3, 2009 y. Shveytsariyaning O'zbekistondagi hamkorlik byurosi ko'magida chiqarilgan.
"Registon" guruhi bir necha Xalqaro hamda Respublika miqyosidagi tadbirlarda qatnashdi. Jumladan:
2009 y. - "BUYUK IPAK YO'LI BO'YLAB MUSIQIY SAYOHAT" Xalqaro festivalida (Yaponiya);
2008 y. - Xalqaro musiqa festivalida (Misr Arab Respublikasi);
2008 y. - Xalqaro proektda (Litva);
2008 y. - Xalqaro proektda (Latviya);
2008 y. - "Dala Duman" Xalqaro proektida (Qozog'iston);
2007 y. - "BUYUK IPAK YO'LI: kecha, bugun, ertaga" Xalqaro Forum festivalida (Toshkent);
2006 y. - Amerika Qo'shma Shtatlari musiqa-ijrochisi, kompozitor Adam Klippl bilan Hamkorlikdagi "ADAM KLIPPLE (piano.organ.keyboards) (USA) and "REGISTAN" group (ud, kanun, g'ijjak, doyra)" Xalqaro proektida (Toshkent);
2006 y. - "Omnibus Laboratorium" Markaziy Osiyo yosh kompozitorlari uchun "Omnibus" ansambli bilan o'tkazilgan II Xalqaro "MASTER KLASS"da (Toshkent);
2006 y. - "HOLLEN-FAHRT, WIENER MOZARTJAHR 2006" Xalqaro festivalida (Avstriya);
2006 y. - Gollandiyada o'tkazilgan Xalqaro yarmarkada;
2006 y. - O'zbekistonning Belgiyadagi elchixonasi tomonidan "O'zbek fotografiyasining 125 yilligi"ga bag'ishlab o'tkazilgan Xalqaro ko'rgazmadasida (Belgiya);
2005 y. - "Sharq taronalari" Xalqaro festivali doirasida o'tkazilgan "OSWMF 2005" I Xalqaro musiqa yarmarkasida (Samarqand);
2005 y. - Fond forumning "Sharq taronalari" Xalqaro festivali doirasida o'tkazilgan "O'zbek fotografiyasining 125 yilligi" ko'rgazmasining taqdimotida (Samarqand).
“XALQCHOLG‘ULARIIJROCHILARI”, MUKARRAMATURG‘UNBOYEVANOMIDAGI “MILLIYRAQSIJROCHILARI” VAYUNUSRAJABIYNOMIDAGI “YOSHMAQOMIJROCHILARI” RESPUBLIKAKO‘RIK-TANLOVLARINIO‘TKAZISHTO‘G‘RISIDA Yosh iste’dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida keng ko‘lamli ishlarni doimiy qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, xalqimizning ma’naviy merosini asrab-avaylash hamda milliy madaniyatni keng targ‘ib etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qaroriga muvofiq “Xalq cholg‘ulari ijrochilari”, Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari”, Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovlarini an’anaviy tarzda o‘tkazish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“Xalq cholg‘ulari ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom 2-ilovaga muvofiq;
Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. “Xalq cholg‘ulari ijrochilari”, Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari”, Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovlarini (keyingi o‘rinlarda tanlovlar deb ataladi) tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarning quyidagi manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Bunda, tanlovlar sovrindorlariga to‘lanadigan pul mukofotlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha mas’ul etib belgilansin.
5. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi buyurtmasiga binoan tanlovlarning maxsus logotiplari va sovrindorlar uchun statuetkalar eskizlari loyihalarini tayyorlasin.
6. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mazkur tanlovlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’rifat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh.,
2019-yil 20-mart,
237-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-martdagi 237-son qaroriga
1-ILOVA