"Registon" guruhi 2005-yilda mohir sozandalar va yakkaxon xonandadan iborat bo'lgan tarkibda tashkil etilgan professional guruh. Guruhning tashkilotchisi va badiiy rahbari O'zbekiston davlat konservatoriyasi dotsenti, respublika tanlovlari laureati, dutor bas va ud cholg'ulari ijrochisi Zulxorbek Turapov.
Guruh tarkibida iste'dodli, oliy darajadagi usta san'atkorlardan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, respublika tanlovlari g'olibi Komiljon Shermatov (chang, qonun), Maqom ijrochilari respublika tanlovi Gran pri sohibi O'tkir Qodirov (g'ijjak, sato), respublika tanlovi go'libi Nazira Tursunova (rubob prima), respublika tanlovi go'libi Elmurod Shoxakimov (doira, urma zarbli cholg'ular), Davronbek Shermetov (surnay, qo'shnay, bulomon) hamda xushovoz xonanda, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Mohichehra Shomurodovalar faoliyat olib bormoqdalar.
Guruh o'zining ijrochilik faoliyatida o'zbek xalq musiqasini, bastakorlik ijodiyotini va jahon xalqlari musiqasini targ'ib etishga katta e'tibor qaratib kelmoqda. Sozandalar musiqiy asarlarni ijro etish jarayonida ularning milliy jihatlari va beqiyos xususiyatlarini ifodalab berishda talqin etishning o'ziga xos uslubini qo'llamoqdalar.Maqom (arab. — joy, makon, oʻrin) — musulmon Sharqi musiqasida asosiy tushunchalardan biri. Dastlab muayyan balandlikdagi tovushni hosil etish uchun torli cholgʻuning dastasida barmoq bilan bosiladigan joy, parda maʼnosida ishlatilgan. Keyinchalik Sharq musiqa nazariyasi rivojlanishi jarayonida M.ning mazmun doirasi tobora kengayib, bir-biriga nisbatan bogʻliq boshqa maʼnolarni ham anglata boshladi: lad tuzilmasi, lad tizimi; muayyan pardalar zaminida vujudga kelgan kuy-ohanglar; shakl, janr; bir qismli yoki turkumli cholgʻu va ashula yoʻllari; musiqiy uslub va boshqa M.larga oid nazariy va musiqiyestetik masalalar Abu Yusuf Yoqub ibn Ishoq al-Kindiy va Forobiy (9—10-asr), Ibn Sino va Ibn Zayla (11-asr), Safiuddin al-Urmaviy (13-asr), Mah-mud ashSheroziy va Abdulqodir Marogʻiy (14-asr), Jomiy va Zaynulobiddin Husayniy (15-asr), Najmiddin Kavkabiy Buxoriy (16-asr), Darvishali Changiy (17-asr) va boshqa olimlarning musiqiy risolalarida tadqiq etilgan. Yaqin va Oʻrta Sharq mumtoz musiqa nazariyasida 13-asrga qadar M.lar soni aniq belgilanmagan. Safiuddin al-Urmaviy M. nomlaridagi parda tuzilmalarini ilmiy tasniflab, Oʻn ikki maqom tizimini ishlab chiqqan. Ushbu tizim birmuncha takomillashtirilgan holda qariyb 17-asrga qadar qoʻllanib kelingan. Oʻn ikki maqom negizida keyinchalik har xil milliy hamda mintaqaviy M. turlari va turkumlari vujudga keldi. Bular oʻzbek va tojiklarda M. deyilsa, turkman va uygʻurlarda muqom, eron xalqlari, ozarbayjon va armanlarda murom yoki dastgoh, turklarda makam, arab xalqlarida maqam shaklida talaffuz qilinadi. Xalqchil, milliymahalliy anʼanalar taʼsiri ostida M.larning musiqiy va ijroviy xususiyatlari yangi hislatlar bilan boyigan holda umumiy soni, nomlanishi, tartibi hamda tuzilishida muayyan mushtaraklik va tafovutlar mavjud. MAQOM ANSAMBLIMAQOM ANSAMBLI «MAQOM» ANSAMBLI — h) maqomlarni ijro etishga ixtisoslashgan xonanda va sozandalar guruhi. Ularning ijro dasturlaridan asosan maqomlar, shuningdek, oʻzbek bastakorlarining kuy va ashulalari, xalq musiqasi na-munalari oʻrin oladi. 20-a. ning boshlariga qadar «Maqom ansambli»a. lari Buxoro, Samarqand, Xiva, Qoʻqon, Toshkent va b. yirik shaharlarda, xususan saroy sharoitida faoliyat kursatgan. Keyinchalik «Maqom ansambli»a. lari yangicha shart-sharoitlarda mumtoz milliy musiqa ijodiyotini keng targʻib qilish maqsadida qayta tuzilgan. Oʻtmishda «Maqom ansambli»a. lari tomonidan maqomlar yaxlit turkum holda yoki ularning alohida-alohida cholgʻu va ashula qismlari ijro etilgan. Bunda, jumladan, Shashmaqomttt Talqin, Nasr, Savt kabi shoʻbalarini aytishga ixtisoslashgan hofizlar talqinxon, nasrchi, savtxon deb yuritilgan. Ularga tanbur, doyra yoki ixcham cholgʻu ansambli joʻrlik qilgan. Jumladan, 19-a. ning oxirida Buxoroga mos «Maqom ansambli»a. tarkibida, odatda, 2 ta tanbur, dutor, qoʻbiz (yoki sato), doira va 2—3 nafar joʻrovoz hofizlar boʻlgan. 1920-y. larda tashkil topgan Sharq musiqa maktablarida, Samarqand musiqa va xoreografiya in-tida maqom ijrochiligidan saboq berishda Opga Jalol Nosirov, Ota Gʻiyos Abdugʻani, Domla Halim Ibodov, Hoji Abdulaziz Rasulov, Matyoqub Xarratov kabi yirik maqomchi ustozlar xizmat qilganlar;
2) Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi qoshidagi Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ansambli. 1959-y. da akademik Yu. Rajabiy tashabbusi bilan tuzilgan. 1989-y. dan Yunus Rajabiy nomida. Respublika radiosi huzurida 1927-y. da tashkil topgan oʻzbek xalq cholgʻulari ansambli (rahbar Yu. Rajabiy), shuningdek, Hoji Abdulaziz Rasulov, Domla Halim, Toʻychi hofiz kabi atoqli hofizlarning boy ijodiy-ijrochilik anʼanalariga tayanib ish tutdi. Ansamblga tajribali xonanda va sozandalar jalb etilib, milliy cholgʻulardan tanbur, dutor, chang, rubob, gʻijjak, sato, nay, qoʻshnay, doira va b. kiritildi. Ansambl tomonidan, asosan, Buxoro va Fargʻona-Toshkent makom yoʻllari mukammal oʻrganilishi hamda noyob ijro uslublari oʻzlashtirilishida F. Sodiqov (1961—76 yillarda changchi va musiqa rahbari), J. Sultonov, O. Imomxoʻjayev, A. Haydarov, K. Ismoilova, B. Dovidova, O. Alimahsumov, O. Qosimov, T. Alimatov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar — K. Moʻminov, A. Ubaydullayev, B. Zirkiyev, I. Katayev, S. Aminov, Sh. Ergashev, X. Qodirova, H. Yusupova, 3. Sodiqov, I. Qodirov, shuningdek, I. Toʻrayev, D. Sottixoʻjayev, U. Otayev va b. ning ulushi katta boʻldi. Bu jamoa ijrosida Shashmaqom, Fargʻona— Tosh-kent maqom yoʻllari magnit tasmasi hamda grammofon plastinkalarga yozib olinib, bir necha bor koʻpaytirilgan. Yu. Rajabiy rahbarligida keng faoliyat koʻrsata boshlagan bu ijodiy jamoa katta va oʻziga xos maktab yaratishga muvaffaq boʻldi. Ansamblga badiiy rahbar sifatida ishlagan Yu. Rajabiy (1959—76), O. Alimahsumov (1976—79), Sh. Mirzayev (1979—81), Gʻ. Toshmatov (1981—86), A. Ismoilov (1989—96 va 1999-y. dan), Isroil Vahobov (1996 — 99)larning xizmatlari katta. Soʻnggi davrdagi ansambl tarkibi ud va qonun cholgʻulari bilan kengaydi, maqomlarning ijro talqinlari yanada koʻpaydi. «Maqom ansambli»a. ijrochiligining keyingi ravnaqida A. Ismoilov va A. Abdurashidov, O. Hotamov, O. Otaxonov, E. Lutfullayev, H. Rajabiy, M. Tojiboyev, M. Yoʻldoshev, aka-uka Vahobovlar, B. Doʻstmurodov, T. Maxmudov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar A. Xoltojiyev, M. Dalabosova, N. Sattorova, A. Dadayev, M. Ziyoyeva va b. ning munosib hissasi bor. Ansambl sozanda va xonandalari nufuzli musiqiy anjumanlar, shu jumladan, YUNESKO qoshidagi xalqaro musiqa kengashining VII kongressi (Moskva, 1971), Xalqaro musiqashunoslik simpoziumlari (Samarqand, 1978, 1983, 1987), «Sharq taronalari» xalq-aro musiqa festivallari (Samarqand, 1997, 1999, 2001) da muvaffaqiyatli ishtirok etgan;
3) Oʻzbekistonning turli joylar (madaniyat saroylari, oʻquv yurtlari, viloyat televideniyesi va b.)da tashkil topgan professional va havaskorlik makom ansambllari 1970-y. lardan faoliyat koʻrsatmoqda (Xorazm, Andijon, Buxoro, Samarqand, Qoʻqon va b.). «Maqom ansambli»a. lari ustozona makom ijrochiligi anʼanalarini davom ettirgani holda boshqa mumtoz kuy va ashulalarni hoz. zamon tinglovchilarining didi, talab va ehtiyojlariga moslab ijro etilishiga alohida aqamiyat beradi. 1972-y. da Toshkent konservatoriyasi (hozirda Oʻzbekiston davlat kon-servatoriyasi) tarkibida Sharq musiqasi (hozirda Anʼanaviy ijrochilik) kafedrasi ochilishi b-n sozanda talabalar uchun «Maqom ansambli»a. nomli oʻquv-amaliy fani joriy etildi. Konservatoriya talabalaridan iborat cholgʻu «Maqom ansambli»a. ijrosida Buzruk maqomi cholgʻu qismlari (1973, rahbar F. Sodiqov), shuningdek, Shashmaqomning barcha mushkilot yoʻllari (rahbar dotsent A. Hamidov) ilk bor mukammal holda yozib olinib, 5 ta maxsus grammofon stereo plastinkalar (jami 11 dona) chiqarilgan (1987— 91). Xorazm maqomlari toʻliq holda 1990-y. larda Xorazm viloyat teleradiosi qoshida tuzilgan «Maqom ansambli»a. (badiiy rahbar R. Jumaniyozov) ijrosida magnit tasmasiga yozib olingan. Hoz. musiqa va sanʼat kollejlarida hamda baʼzi boshlangʻich musiqa va sanʼat maktab va litseylarida ham maqom yoʻllari oʻqitilmoqda. 1983-y. dan muntazam oʻtkaziladigan Maqom ijrochilarining respublika tanlovlarida «Maqom ansambli»a. lari ham ishtirok etadi. 1991-y. da bu tanlovga Yunus Rajabiy nomi berilgan.
Hozirgi kunda Maqomlar oʻz salmogʻi va maz-muni bilan koʻpgina musulmon Sharq xa-lqlari musiqa merosining asosiy kismini tashkil etadi. Ular shaklan va usluban rangbarang ohangdor kuy va ashula yoʻllaridan iborat. Xususan, oʻzbek mumtoz musiqasida Buxoro Shashmaqomi, Xorazm maqomlari, Fargʻona — Toshkent maqom yoʻllari, shuningdek, yovvoyi M., surnay, dutor M. yoʻllari yuzaga kelgan. Milliy musiqa merosining salmoqli qismini tashkil etgan M. nomidagi cholgʻu va aytim musiqa asarlari oʻtmish bastakorlik ijodiyotining mumtoz mahsuli boʻlib, asrlar davomida ogʻzaki anʼanada sayqal topib bizgacha yetib kelgan.
20-asr boshlaridan shu kunga qadar oʻzbek bastakorlari va komggozitorlari maqomlardan unumli foydalanib kelmoqdalar. Maqom negizi va uslubida bastalangan Hoji Abdulaziz, Sodirxon hofiz, Yu. Rajabiy, F. Sodiqov, K. Jabborov, S. Kalonov, O. Hotamov, F. Mamadaliyev va boshqalarning kuy va ashulalari, V. Uspenskiyning "Farhod va Shirin" musiqali dramasi, R. Glier va T. Sodiqovlarning "Layli va Maj-nun", M. Ashrafiyning "Dilorom" operalari, M. Burhonovning "Alisher Navoiyga qasida"si, M. Mahmudovning "Navo", M. Tojiyevning 3,9 va 11sim-foniyalari, shuningdek, poema, syuita, oratoriya, kantata, xor kabi janrlarni ijodiy oʻzlashtirishda oʻzbek maqomi qonuniyatlari hamda oʻziga xos ifoda vositalari muhim omil boʻlib xizmat qildi. Koʻhna maqom sanʼati oʻzining barkamol badiiy-estetik ahami-yatini tiklab, zamonaviy musiqiy jarayonning ajralmas tarkibiy qismi sifatida oʻzining beqiyos ijodiy, ijroviy va ilmiy salohiyatini namoyon etmoqda. Xususan, maqom ijrochilarining respublika tanlovlari 1983-yildan eʼti-boran har 4 yilda muntazam oʻtkazib kelinmoqda. maqom masalalariga bagʻishlangan koʻplab ilmiy-ijodiy konferen-siyalar ("Rajabiyxonlik", 1993, 1996, 1999), seminarlar, xalqaro musiqashu-noslik simpoziumlari (Samarqand, 1978, 1983, 1987, 2001; Berlin 1988, Finlyandiya 1996, Istanbul 1999) oʻtkazilmoqda. Maqomlarning ilmiynazariy hamda amaliy asoslari mamlakatning boshlangʻich, oʻrta maxsus, oliy musika va sanʼat taʼlimi muassasalarida oʻqitilib, malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda. 1987-yildan YUNESKO huzuridagi Anʼanaviy musiqa boʻyicha xalqaro uyushma (IFMC) qoshidagi "Maqam" ilmiy guruhi faoliyat koʻrsatmoqda. "Registon" guruhi o'z mahoratlarini Yaponiya, Belgiya, Gollandiya, Avstriya, Qozog'iston, Latviya, Litva, Misr Arab Respublikasi va jahonning bir necha mamlakatlarida namoyish etib, yuqori darajadagi tahsinlarga sazovar bo'lib, katta muvaffaqiyatlarga erishdilar.
Jamoaning asosiy maqsadi ijroda musiqaning badiiy mazmuni, o'zbek musiqasining o'ziga xos xususiyatlari, ijrochilik san'atining beqiyos jihatlari hamda badihaviy ijro yo'nalishini ifodalab, milliy cholg'ularning betakror fazilatlarini va ijrochilik imkoniyatlarini musiqa shinavandalariga yetkazib berishdan iboratdir.
Guruh 3 ta CD albomi chiqardi:
Dostları ilə paylaş: |