4. Tuplangan axborotlarni tahlilqilish va qayta ishlash Marketing tadqiqotlari jarayonida olingan ma’lumotlar kayta ishlanishi, umumlashtirilishi kerak. Bunda 3 soha ajratiladi:
tartibga solish;
masshtablashtirish;
umumlashtirish va tahlilqilish.
Ma’lumotlarni tartibga solish ma’lumotlarni kategoriya bо‘yicha, ularni taxrirlash va natijalarni kodlashtirish, shuningdek ularni toifalashtirishdan iborat. Kategoriya bо‘yicha ma’lumotlarni tartibga solish oldindan berilgan shartli sinf yoki zonalar bо‘yicha amalga oshiriladi.
Taxrirlash deganda ishlash imkoniyati kо‘rin ishga ega bulgan ma’lumotlarni kurib chiqish tushuniladi. Kurib chikilgan materiallar ma’lumotlarini jalval kо‘rin ishila kо‘rsatish ularni tabullashtirishni bildiradi.
Shkalalashtirish aniq ulchamlari orqalianiqlash asosida ma’lumotlarni klassifikatsiyalashni bildiradi. Amaliyotda nominal shkala, tartibli shkala va son shkalalari kullaniladi.
Axborotlarni kayta ishlash uchun yozma va tahliliy uslublar ishlatiladi. Marketingda tahliliy uslublar ichida kо‘prok: trend tizimi, regressiya va korrelyatsiya uslubi, diskriminant tahlil, klaster tahlili, omillar tahlili va boshqalar kullaniladi.
Axborotni kayta ishlash, hisoblash va boshqarish uchun tayyorlash mashina texnikasi vositasi yordamida amlaga oshiriladi. Bajariladigan hisoblarning aniq va operativligiga kuyiladigan talablarga qarab, shuningdek, ularning xarakteriga kura hisoblash jadvallari va monogrammalar, hisoblash asboblari, hisoblash mashinalari, kompyuterlar ishlatiladi.