Mavzu: Marketing faoliyatini axborot bilan ta’minlash
1. Axborot-marketingning poydevoridir. Axborot tizimi.
2. Axborot turlari va ularni turkumlash.
3. Axborotni to‘plash uslublari.
4. To‘plangan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash.
1. Axborot - marketingning poydevoridir. Axborot tizimi
Zamonaviy tadbirkorlik davri о‘zining bir kancha xususiyatlariga kura dastlabki davrlardan ajralib turadi. Bu birinchi navbatda marketing faoliyatining nazariy va amaliy jihatdan asosiy kurash vositasi, rivojlanish uslubi va dasturi sifatida tobora namoyon bulayotganligidan kо‘rin mokda.
Marketing faoliyatiga xos bulgan barcha axborotlar, ma’lumotlar tadqiqotlar uchun muhimqurol sifatida shakllanadi. Ularni tashkil etish, muayyan tartibga solish va uzluksizligini ta’minlash zarur bо‘ladi. Marketing axboroti yaxlit tizim sifatida namoyon bо‘ladi va rivojlanib boradi.
Marketing axborot tizimi - insonlar, texnik vositalar va amalga oshirish uslublaridan tashkil topib, muhim va tug‘ri axborotni tuplash tartibga solish, tahlilqilish, uzatish natijasida marketing sohasida qarorqabul kiluvchiga samarali yordam kо‘rsatish vazifasini bajaradi. Marketing axboroti tizimi о‘zaro mushtarak boglangan elementlar va munosabatlar majmuini tashkil etadi.
Axborotni tuplash va undan foydalanish jihatlariga kura axborot tizimini turtta kuyi tizimga ajratish mumkin. Bular jumlasiga tashkilot ichki hisobot tizimi, marketing tashki xabarnoma - axborot tizimi, qarorqabulqilishni kuvvatlovchi tizim, marketing tadqiqotchi tizimi kiradi. Ushbu kuyi tizimlarning shakllanishida axborotga bulgan ehtiyoj, zaruriy shakldagi va talabdagi axborotni takdim etish tartibi va muddati muhimahamiyat kasb etadi.
Tashkilot ichki hisoboti tizimi muayyan firma faoliyatining joriy xarajatlari, sotuv xajmi, ombordagi mahsulot koldigi, mavjud va kelishi kutilayotgan xaridorlar, ta’minlovchilar kulami va boshqa marketing faoliyatiga bog‘liq bulgan axborotning uz vaqtida jamlanishini, kayta ishlashini va undan foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, firma miqyosida ichki hisoboti tizimi quyidagi talablar asosida shakllanadi. Joriy yakunlanayotgan kun sungida firma dukonidagi savdo zalida xar bir tovar guruhi miqyosida qanday zaxiralar koldi, bir kunda sotuv xajmi va kaysi turdagi (assortiment) tovarlar uchun ta’minlovchilarga buyurtma berish kerak va shunga uxshash operativ axborot olish zaruriyati paydo bо‘ladi. Bu yerda muhimо‘rin ni ushbu axborot kay tarzda, kancha vaqt mobaynida yigilishi, umumlashtirilishi egallaydi. Axborot olish tezligi, sifati esa qarorqabulqilishda samarali ahamiyat kasb etadi. Demak, axborotga bulgan ehtiyojni uz о‘rnida va aniq belgilash hamda firma faoliyatida undan foydalanish jihatlarini avvalrok belgilab olish lozim.
Marketing tashki xabarnoma - axborot tizimi marketing va tijorat faoliyatiga xos bulgan barcha olinadigan xabarlar, uslubiy ishlanmalar natijalaridan tashkil topadi. Kundalik matbuot (ruznoma va maxsus jurnallar), ta’minotchi va iste’molchilar bilan bulgan mulokat natijalari, reklama e’lonlari va boshqalar bevosita xabarnomani olish manbai bо‘lishi mumkin. Ushbu sohaga oid xabarlar va tahliliy ma’lumotlarga bulgan talab ortib borishi natijasida ayrim firmalar xatto о‘sha sohaga ixtisoslashdilar. Masalan, AQShda “Market riserch korporeyshn of Amerika” kompaniyasi xaftalik jurnalida tovarlar bо‘yicha bozordagi ulushining о‘zgarishi, tovarlarning narxi va kadoklashdagi о‘zgarishlar, shartnomalar xususida axborot beradi. “A.K.Nilson kompani” nafakat AQShda, balki Germaniyada xam uz bulimiga ega bо‘lib, antika tovarlar bо‘yicha bozor ulushining holati, chakana narxlar, savdo kilayotgan yirik tashkilotlar xususida xabarlar yetkazadi. Germaniyadagi “CFH” tadqiqot markazi (“CFH” kompaniyasining shu’ba korxonasi) 5000 uy xо‘jaliklari iste’molidagi о‘zgarishlar bо‘yicha axborot beradi.
Demak, marketing tashki xabarnoma - axborot kuyi tizimi - tashkilotning marketing muxitidagi о‘zgarishlar va xolatlar xususida tuplangan axborot manbai bо‘lib, marketing boshqaruvchilari uchun kay yusinda ushbu muxitga ta’sir etish imkonini beradi.
Marketing tadqiqoti kuyi tizimi - tartibga solingan va tuplangan kо‘rsatkichlarni amaliyotda tatbiq etishva tayinli marketing holati xususida tashkilot uchun zaruriy axborotlar, ishlanmalar yigindisi tashkil etadi. Ushbu kuyi tizim marketing xabarnoma - axboroti kuyi tizimdan muayyan tashkilot uchun maxsus ishlangan, zaruriy kо‘rsatkichlari va natijalari bilan farklanadi. Kо‘pgina yirik chet el firmalarida marketing tadqiqoti uchun savdo aylanishining 0,1-2 foizi mikdorida mablag sarflanadi. Masalan, mashxur “Prokter end Gembel” kompaniyasi xar yili 1000dan ortik marketing tadqiqotlarini jahonda barcha bulinmalari bо‘yicha utkazadi. Xar bir mahsulotguruhi bо‘yicha mutaxassislarning kundalik faoliyatlari xaridorlar talabini о‘rganish, tashkilot sotuv xajmini oshirish, yangi mahsulotni rejalashtirish va shu kabi muammolarni xal etish bilan bog‘liqbо‘ladi.
Odatda marketing tadqiqotlari 5 ta yо‘nalish bо‘yicha amalga oshiriladi:
1. Reklamani tashkil etish tadqiqotlari.
2. Strategik rejalashtirish va tashkilot siyosati (qisqa va uzok muddatli bashoratlar о‘tkazish, amaliy faollik, narx siyosatidagi о‘zgarishlar va korxona natijalari, bozor manzilgoxlari, operativ yalpi tahlil, tashkilot ichki muxiti tahlili, eksport bozori kuzatuvlari va x.k.)
3. Tashkilot ma’suliyati bо‘yicha izlanishlar.
4. Bozor tahlili.
5. Sotuv imkoniyatlari va marketing izlanishlari (saloxiyatli bozorlarni aniqlash, bozor tarkibi tahlili, sotuv xajmi о‘zgarishlari tahlili, sinov marketingi о‘tkazish, sotishni rag‘batlantirish tadbirlarini о‘rganishbо‘yicha va x.k.)
Marketing xususida tuplangan barcha axborot va xabarlar boshqarishda qarorqilishni kuvvatlovchi kuyi tizim sifatida, tahliliy uslublar, ishlanmalar, qarorqabulqilish modellari, kompyuter dasturlaridan tarkib topadi. Boshqarish doirasida qabul kilinayotgan qarorlar ma’lum manbalarga tahliliy natijalarga asoslangan bо‘lishi tabiiydir.
Dostları ilə paylaş: |