27.11.2019-yil. Fizika 6-sinf.
Mavzu: MASALALAR YECHISH
Darsning maqsadi:
Paskal qonuni mavzusida olgan bilimlarini chuqurlashtirish;
o’tgan mavzular bo’yicha olgan bilimlarini amaliyotda qo’llay olish malakasini hosil qilish;
darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;
o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari:
1. Fizika darsligi.
2. Mavzuga oid chizmalar.
3. Doska, bo‘r, daftar.
4. Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:
1. Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
2. Sinf holati bilan tanishish va davomatni aniqlash.
II. Darsning mazmuni:
1. Gidravlik press, tutash idishlar, suyuqlikning idish tubiga bosimi formulalarini yodga olish.
2. Paskal qonunini yodga olish.
3. O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
O'qituvchining 6-sinfdagi ,,Fizika“ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1.Mavzuga oid masalalar o’quvchilar tomonidan yechishga beriladi:
1. Gidravlik press kichik porsheniga 10 N kuch ta’sir ettirilganda, katta porshendan 180 N kuch olindi. Agar katta porshen yuzasi 90 sm2 bo‘lsa, kichik porshen yuzasi nimaga teng? (Javobi:5 sm2.)
2. Eni 50 sm, bo‘yi 40 sm va balandligi 50 sm bo‘lgan akvarium-dagi suvning idish tubiga bergan bosimini hisoblang. (Javobi: 4900 Pa.)
3. Nima sababdan futbol to‘pini og‘iz bilan puflab shishirish mumkin emas?
4. Kichik yuzali menzurkadagi suv keng yuzali bankaga quyildi. Suvning idish tubiga bergan bosimi qanday o‘zgardi?
2.Masalalar yechish yakunlarini chiqarish.
V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo'yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa: 3,4- masalalarni yechish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ___ A.Niyaztaganov
Dostları ilə paylaş: |