2. Model adekvatligi Model adekvatligi - modellashtirish jarayoni yordamida olingan natijalarning haqiqiy natijalarga mosligidir.
Analitik usulda tuzilgan matematik modelning adekvatligi, modellashtirilayotgan jarayon хossalarini matematik munosabatlar yordamida qay darajada ifodalanganligi bilan aniqlanadi. Shu bilan birga bu usulda modelning adekvatligi uning yechish usullari aniqligiga ham bog’liq bo’ladi.
Jarayonning eksperiment modeliadekvatligi o’tkazilgan tajribalar soni va uning sifatiga hamda ularni o’tkazishda foydalanilgan o’lchash asboblarining aniqlik darajasiga bog’liq bo’ladi. Tajribalar soni yetarlicha ko’p bo’lib, o’lchash asboblarining aniqligi qancha yuqori bo’lsa, olingan natijalar haqiqiy natijalarga shuncha yaqin bo’ladi.
Ma’lumki, matematik modellashtirish bir necha bosqichlardan iborat bo’ladi:
qaralayotgan masalaning barcha хossa va хususiyatlarini o’rganish; masalaning matematik modelini qurish; masalaning yechish algoritmini tanlash yoki ishlab chiqish; shu algoritm asosida dastur tuzish va natijalar olish hamda ularni tahlil qilish.
Tuzilgan matematik modelni adekvat model ekanligini tekshirish usullaridan biri, olingan natijalarni, o’tkazilgan tajriba natijalariga yoki oldindan ma’lum bo’lgan natijalar bilan taqqoslashdir. Agar olingan natijalar, yetarlicha aniqlikda o’tkazilgan tajriba natijalariga yoki oldindan ma’lum bo’lgan natijalarga yaqin bo’lsa, tuzilgan matematik model shuncha adekvat hisoblanadi.
3.Modellarni echish usullari va modellashtirishda хatoliklar Yuqorida ta’kidlanganidek, jarayonni modellashtirish har хil tenglama, tengsizlik yoki ularning sistemalarini yechishga keltiriladi. Ularni yechish usullarini umuman olganda uch turga ajratish mumkin: analitik, sonli va sonli-analitik usullar. Analitik usul- masala yechimini aniq matematik formulalar yoki mantiqiy ifodalar bilan (analitik ko’rinishda) tasvirlashdir.
Sonli usul – taqribiy yechish usuli hisoblanib, oliy matematika fanining hisoblash matematikasi bo’limida o’rganiladi. Bu usulga ko’ra matematik modelda berilgan ba’zi bir ifodalar, taqribiy ravishda o’ziga yaqin (ekvivalent) hamda sodda ko’rinishga ega bo’lgan boshqa ifodalarga almashtiriladi. Masalan funksiya hosilasi, chekli ayirmaga; aniq integral qiymati esa chekli yig’indiga almashtiriladi. Sodda ko’rinishga keltirilgan model ShK yordamida yechiladi va masala yechimi grafik yoki jadvallar shaklida ifodalanadi.
Sonli usullardan biri iteratsiya usulidir. Taqribiy yechish usuli iteratsiya usuli deb ataladi, agar noma’lum ustida bir qator takrorlanuvchi amallar bajarilib, har bir amallardan keyin noma’lum qiymati aniqlashtirilsa, shu bilan birga keyingi amallarni bajarishda noma’lumning oldingi aniqlashtirilgan qiymatidan foydalanilsa.