Mavzu: mashg'ulotda tarbiyachining yetakchilik roli


Tasviriy faoliyat mashg'ulotlarining ko'rigi



Yüklə 120,49 Kb.
səhifə5/10
tarix13.12.2023
ölçüsü120,49 Kb.
#176026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MASHG\'ULOTDA TARBIYACHINING YETAKCHILIK ROLI

Tasviriy faoliyat mashg'ulotlarining ko'rigi
Har bir mashg'ulotning tarbiyaviy-ta'limiy ahamiyati dastur mazmunining to'g'ri tanlanishi, yaxshi tashkil etilishi, tarbiyachining
tayyorgarligi, tegishli asbob-uskunalar va tasviriy materiallarining mavjudligi, bolalar faoliyatiga aniq rahbarlik bilan aniqlanadi.
Bolalarning mashg'ulotlardagi to'laqonli o'quv yoki ijodiy faoliyatlari oldingi barcha ishlarning sifatiga, shuningdek, ularni mana shu aniq mashg'ulotga tayyorlashga bog'liq bo'ladi. Tayyorlov ishlari bo'lajak mashg'ulot mazmuniga mos bo'lishi kerak: mazmunli rasm solishdan oldin tevarak-atrof bilan tanishtirish maqsadida sayohatlar o'tkazish, badiiy asarlar o'qish, bolalarga mashg'ulot mavzusi bilan bog'liq bo'lgan illustratsiyalar, reproduksiyalarni ko'rsatish, suhbat o'tkazish, diafilm va bolalarning yaxshi chiqqan rasmlarini ko'rsatish mumkin va hokazolar; katta guruhlarda dekorativ rasm chizishlardan oldin bolalarga xalq amaliy san'ati namunalarini, illustratsiyalar, bolalar rasmlarini ko'rsatish, suhbat o'tkazish, «Tasvirdan bilib ol» didaktik o'yini, didaktik mozaika bilan o'yinlar o'tkazish va shu kabilar maqsadga muvofiqdir; loy va plastilindan narsalar yasash mashg'ulotidan oldin kichik shakldagi haykaltaroshlik bilan tanishtirish, bolalarga o'zlari yasaydigan jonivorlar tasvirlangan rasmlarni tanlashni, dekorativ plastika eskizini bajarishni topshirish mumkin va boshqalar. Qog'ozga rang-tusini mustaqil bera olish, applikatsiya va konstruktorlik ishlari uchun tayyorgarlik qilish ham mashg'ulotga tayyorlanish jarayoniga kiradi.
Oldindan qilingan barcha ishlarning mazmunini mudira tarbiyachi bilan qilingan qisqa suhbatdan bilib oladi. Mudira tarbiyachining dastur vazifalarini to'g'ri tushunish va tushunmasligini aniqlaydi, mashg'ulot rejasi bilan tanishadi, konspektni ko'rib chiqadi, tasviriy materialning mavjudligi va uni stollarga joylashtirishning to'g'riligini qayd etadi.Mashg'ulotlarni ko'rish vaqtida mudira quyidagi holatlarga e'tibor
beradi :Mashg'ulotning boshlanishi (3-5 daq). Tarbiyachi bolalarni o'yindan mashg'ulotlarga o'tkazishda foydalangan usullar.Shundan keyin mashg'ulotning birinchi qismi - bolalar oldiga tasviriy vazifalarning qo'yilishi va ish usullarini tushuntirishning mazmuni hamda metodikasi baholanadi.
Bolalarning aqliy va nutq faolliklari, ularning mashg'ulotga qiziqishlari qanday usullar vositasida yuzaga keltirilganligi (kichik guruhlarda - o'yin usullari, ovutmachoqlardan, katta guruhlarda - bolalardagi mavjud tajribaga tayanish, qo'shiq, she'r, ertaklardan parchalar o'qish va shu kabilar) ni qayd etish lozim.Bolalarga berilayotgan savollardagi maqsadga yo'llangan tushuntirishlarning aniqligi. Ishni bajarish bosqichlarining ajratilishi. Bolalarning tushuntirishlarni qanchalik egallayotganliklarini nazorat savollar yordamida (masalan, bolalar predmetni qanday izchillikda tasvirlaydilar, qanday harakatlarni bajaradilar) tekshirish. Tushuntirishlarda ko'rgazmali material - natura, na`munaga tayanish. Predmetning tasviriy usullarini tarbiyachi tomonidan ko'rsatishning sifati (agar mashg'ulotda shunday qilingan bo'lsa). Bo'lajak ish uchun tushuntirishlar yoki ko'rsatmalarning davomiyligi. (Shuni unutmaslik kerakki, tayyorlov ishlarining barchasini tarbiyachi mashg'ulotdan oldin amalga oshirish kerak.)Bolalar ishni bajarishga qanday kirishdilar: qanchasi tarbiyachining tushuntirishi tugashi bilanoq, rasm solishga (yasashga) kirishdi, qanchasi tushuntirishdan keyin ham o'ylanib, qiynalib turdi. Bolalar tarbiyachiga savollar berishdimi, ular nima haqida so'rashdi.



Yüklə 120,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin