Mavzu: mashg'ulotda tarbiyachining yetakchilik roli


II Bob. Mashg'ulotlarni kuzatish bo'yicha umumiy ko'rsatmalar va tavsiyalar



Yüklə 120,49 Kb.
səhifə7/10
tarix13.12.2023
ölçüsü120,49 Kb.
#176026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MASHG\'ULOTDA TARBIYACHINING YETAKCHILIK ROLI

II Bob. Mashg'ulotlarni kuzatish bo'yicha umumiy ko'rsatmalar va tavsiyalar
2.1 Ijodiy mashg’ulotlarda tarbiyachining ijodkorlik sifatlari
Bolalarning ishlarini ko'rib chiqish: olingan ko'rsatmalarga muvofiq ishlay bilish, texnik va tasviriy ko'nikma hamda malakalar, qo'yilgan vazifani hal etishga ijodiy yondoshish, ishning puxta yoki naridan beri bajarilganligi.
Mudira tarbiyachi bilan birga, har bir bolaning mazkur mashg'ulotda bajargan ishini ko'rib chiqadi va tahlil qiladi. Ayrim hollarda (ishning sifati ko'pchilik bolalarnikidan past bo'lsa) bolaning oldingi mashg'ulotlarda bajargan ishlari ko'rib chiqiladi. Bu o'rinda quyidagilar qayd etiladi:
1. Ishning taklif etilgan mavzu va ko'rsatmalarga muvofiq kelish- kelmasligi, bola o'z ishini tugatgan-tugatmaganligi.

  1. Tasvirlangan va asl predmet (natura, namuna) o'rtasida o'xshashlikning bor-yo'qligi.

  2. Predmetning qaysi belgilari: xarakterli yo kam ahamiyatli yoki har ikkalasi ham tasvirlanganligi.

  3. Predmetning tuzilishi (qismlarining joylanishi) to'g'ri berilgan-berilmaganligi.

  1. Predmet qismlarining lozim joylaridagi farqlari berilgan- berilmaganligi. Bola predmetning rangini realistik bera olgan yoki bera olmaganligi. Bolaning kuzatuvchanligi, tasavvurining mahsuli haqida nimalar dalolat berayotganligi. Bolaning o'zi tasvirlayotgan narsaga munosabati nimalarda namoyon bo'lganligi (rasmga rangli qilib bo'yoq berishda, o'lchamdan foydalanishda, obrazlar dinamikasida).

  2. Bolaning qog'oz sahifalarini qanday to'ldirganligi, bolada predmetlarning real va ma'naviy aloqalarga muvofiq keluvchi fazoviy joylashuv haqida tasavvurning bor-yo'qligi (yonida, oraliqda, oldinda, orqasida, yuqorida, pastda va shu kabilar).

  3. Bola tavsiya etilgan mavzuning mazmunini mustaqil bera olgan- olmaganligi (bu savolga javob berish uchun guruhdagi barcha bolalarning rasmlarini qiyoslash lozim bo'ladi).

  4. Texnik malaka va ko'nikmalarning sifati (predmet kontur to'g'ri tasvirlanganmi, rasm tartibli qilib bo'yalganmi, bola mayda detallarning tasvirida mo'yqalamning ingichka uchidan foydalana oladimi yoki yo'qmi, loy va plastilindan narsalar yasashda predmetning shaklini to'g'ri belgilanganmi, yuza qismi tekislanganmi, qismlar oralig'i mustahkam qilib biriktirilganmi, g'adir-budur elementlari yo'qmi, predmetning konturi to'g'ri qirqilganmi, predmetning qismlari to'g'ri yelimlanganmi).

Mashg'ulotning umumiy bahosi, ijobiy tomonlari va nuqsonlari,
mazkur mashg'ulotning metodikasiga qanday o'zgarishlar kiritish
maqsadga alohida predmetlarning tasvirlari uchun yozuv qog'ozining yarmini (butun qog'ozdan ham foydalanish mumkin) berish tavsiya qilinadi: mazmunli rasmlar uchun kattaroq shakldagi qog'ozni berish kerak. Rasm solish uchun qog'oz tayyorlar ekan, tarbiyachi tasvirlanadigan predmetning tuzilishini va o'lchamini hisobga olishi kerak.
Guash bo'yoqlar bilan rasm solishda to'yingan va yumshoq tondagi rangli qog'ozlardan foydalaniladi. Katta guruh bolalari kerakli rangdagi qog'ozlarini mustaqil tayyorlay oladilar (qog'ozga tus berishda guash va akvarel bo'yoqlardan hamda yo'g'on, yumshoq mo'yqalamlardan foydalanadilar: o'lchami unchalik katta bo'lmagan yassi bo'yoq mo'yqalamlari - fleytslar qulaydir. Bo'yoq oldin gorizontaliga, so'ngra uning ustidan vertikaliga beriladi).

Yüklə 120,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin