Mavzu: mashg'ulotda tarbiyachining yetakchilik roli



Yüklə 120,49 Kb.
səhifə8/10
tarix13.12.2023
ölçüsü120,49 Kb.
#176026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MASHG\'ULOTDA TARBIYACHINING YETAKCHILIK ROLI

Bo'yoqlar. Rasm solishda suvli bo'yoqning ikki turi - guash va akvareldan foydalaniladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun pastasimon, shaffof bo'lmagan bo'yoqlar - guash qulaydir.
Bo'yoqni mo'yqalamda turadigan, undan tomib tushmaydigan, suyuqroq qaymoq quyuqligidek qilib aralashtirilishi kerak. Bo'yoqlarni bolalar rangni ko'rib turishlari uchun qirralari past shaffof bankachalarga quygan ma'qul.
Yopiq qopqoqchali polietilen bankachalardagi guash bo'yoqlaridan foydalanish qulay: tarbiyachilar bo'yoqni ularning o'zida tayyorlaydilar va mashg'ulotdan so'ng ularni boshqa narsaga qo'ymay qoldiraveradilar. Bunda bo'yoq tejam bilan sarflanadi va uni tayyorlashga ko'p vaqt ketmaydi. Tarbiyachi bo'yoqning kerakli rangini chiqarishni bilishi kerak. Akvarel bo'yoqlar katta va maktabga tayyorlov guruhlari bolalariga tavsiya qilinadi. Akvarel bo'yoqlarining farqlovchi xususiyati, bularning kukun qilib maydalangan pigment va ko'p miqdordagi yopishtiruvchi moddalardan (bog'lovchi sifatida) iboratligidir. Kukun qilib foydalanganligi tufayli akvarel bo'yoqlar o'zlarining asosiy fazilatlari - shaffoflik kasb etadilar. Hozirgi kunda akvarel har xil ko'rinishda: qattiq - plita shaklida, yarim yumshoq-chinni shaklchalarda va yumshoq tubikchalarda ishlab chiqarilmoqda. Maktabgacha ta'lim muassasasi sharoitlarida yarim yumshoq (shaklchalardagi) akvareldan foydalanish ma'qulroq. Bolalarning akvarel bo'yoqlaridan xuddi guash bo'yoqlari bilan rasm solganidek foydalanishlariga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Bolalar akvarel bo'yoqlari bilan rasm solar ekanlar, predmetlar konturini oldin qog'ozga oddiy qalam bilan tushiradilar. Mashg'ulotlar va bolalarning mustaqil badiiy va ijodiy faoliyatlari uchun pastel - turli rangdagi yo'g'on sterjenchalar tavsiya etiladi. Pastel to'plamida har bin bir nechta tusga ega bo'lgan beshta rang bo'ladi, buning o'zi ish uchun tayyor palitradir. Pastel qattiq, yumshoq va o'rtacha turlarga bo'linadi. Bolalar uchun yumshoq pastel tavsiya etiladi. Bu bo'yoq ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishni talab etadi, chunki u oson uvalanadi, sinadi. Shuning uchun pastel sterjenining har birini zar qog'ozga o'rash kerak bo'ladi. Rangli mum bo'rlar sterjen ko'rinishida 12 tadan 36 tagacha rangda to'plam qilib sotiladi. Uning bilan ham xuddi pastel singari rasm solinadi. Rangli mum bo'rlarning afzalligi shundaki, ular bilan qalam chizig'i qalinligidagi chiziqni chizish mumkin. Shuning uchun mum bo'rlar bilan rasm chizishda oddiy qalamdan foydalanilmaydi. Rangli bo'rlardan mashg'ulotlardan bo'sh vaqtlarda taxta (doska) ga rasm chizishda foydalaniladi. O'chirish uchun ikkita - quruq va ozgina namlangan latta kerak: qurug'i bilan xatolar yo'qotiladi, rasmga bo'r changi (kukuni) tushurilib, ayrim joylari xiralashtiriladi: ho'li bilan eng to'q joylari oqartiriladi, oxirida esa rasm doskadan o'chiriladi. Rasm solishga mo'ljallangan ko'mir uzunligi 10-12 sm va diametri 5-8 mm bo'lgan yirik sterjendan iborat bo'ladi. U yumshoq, sinuvchan, uqalanuvchan material bo'lganligi uchun zar qog'ozga o^ralishi kerak. Ko'mir to'q, xira-qora iz qoldiradi. Ko'mir bilan ishlashda uning changini saqlab qoladigan tukli qog'ozlar - gulqog'oz, o'rash uchun ishlatiladigan va rasm solish qog'ozlari ishlatiladi. Agar ko'mir bilan ishlangan rasm ustidan paxta tamponni ozgina ho'llab, rasm solingan qog'oz sathidan vertikaliga yengil surib chiqilsa, bo'yoq yanada mustahkamlanadi.
Loy va plastilindan narsalar yasash uchun maxsus uskunalar: aylanadigan doirali dastgoh (katta guruhlar uchun), suv solinadigan idishlar, latta; bolalar yasagan narsalarni bo'yash uchun - gruntovka; bundan tashqari, bo'yashda ishlatiladigan maxsus bo'yoqlar - angoblar kerak bo'ladi. Bolalar ishlagan haykaltaroshUk mahsulotlarini pishirish uchun mufel pechkaning bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Bunday pechkanio'quvkollektorlaridantopish mumkin,. ;
Natura yoki namunani namoyish qilish uehun natura uchun mo'ljallangan tagliklardan foydalansa bo'ladi. Karkaslar-turli uzunlik va kenglikdagi oddiy taxtalar ham uskunalarga kiritiladi. Karkaslardan foydalanish bolalarga jonivorlar oyoqlarining mukammalroq tasvirida va ularning figuralarini barqaror hamda dinamikroq qilishga imkon beradi.
Narsalar yasash mashg'ulotlari uchun plastik materiallar - loy, plastilin kerak bo'ladi, bunda asosiy yasash uchun eng maqbul material, bu loydir. Kichik guruhlarda faqat loydan foydalaniladi, chunki bu yoshdagi bolalar plastilindan narsa yasashda qiynaladilar. O'rta guruhda ham bolalar asosan loydan narsalar yasaydilar. Rangli plastilindan katta guruhlarda mazmunli narsalar yasashda foydalaniladi.
Narsalar yasash uchun loy qanday tayyorlanadi?
Turli joylardan olingan loy rangi bilan farqlanadi; u sarg'ish, jigarrang, qizg'ish, kuhang, oq, yashil-ko'kish, qo'ng'ir rang bo'lishi mumkin. Loy, uning tarkibida qum kam bo'lsa, kuchli bo'ladi, qum aralashmasi uni sochiluvchan qiladi. Loyni bevosita yerning o'zidan tanlash mumkin. Kuchli loyning yaxshi qatlamlari daryo va ariqlarning yaqinida uchraydi. Shuning uchun shahar bog'chalari uchun loyni yozda dala hovliga chiqqan vaqtlarda g'amlab kelish kerak.
Plastilin - loy, mum, yog', bo'yoq va boshqa qo'shilmalardan tayyorlangan sun'iy plastik massa. U yumshoq va qayishqoq, u uzoq qotmaydi, ammo temperatura oshganda yumshaydi va eriydi. Narsalar yasashda plastilinni qo'lda uzoq muddat ezish tavsiya qilinadi. Plastilin bilan ishlashdan oldin uni qutisi bilan issiqroq joyga yaqin qo'yib, biroz isitiladi. Katta guruhlar tarbiyalanuvchilarida plastilinning individual tayyor to'plamlari bo'lishi kerak. Ular plastilinning holatini o'zlari nazorat qilib, qolgan plastilinni rangiga ko'ra joylab qo'yadilar.
Applikatsiya mashg'ulotlari uchun tayyor shakl, qog'oz, qiyqimlar uchun patnis va yuza qutilar; kleyonka; shakllarga yelim surish uchun plastmassa taxtachalar (20 x 15sm): latta, shirach uchun chetlari past quticha; mo'yqalamlar uchun taglik; dag'al jundan tayyorlangan mo'yqalamlar; to'mtoq uchli qaychilar; (richagining uzunligi 18 sm) kerak bo'ladi. Applikatsiya ishlarida har xil navli oq va rangli qog'ozlardan foydalaniladi. Fon uchun oq qalin qog'oz: rasm albomlarning varaqlari yoki stolga solinadigan rangil qog'oz yo bo'lmasa, yupqa karton ishlatiladi. Predmetning qismlari yupqa qog'ozdan, yaxshisi yaltiroq qog'ozdan qirqilgani ma'qul; uning rangi yorqin, ushlaganda qo'lga xush yoqadi. Maktabgacha katta yoshdagilar har xil rang va tusdagi jilosiz rangli qog'ozlardan ham foydalanadilar. Katta guruhlarda har bir bola uchun turli rang va tusdagi qog'ozlar naboriga ega bo'lish maqsadga muvofiqdir. Tasviriy faoliyatga mo'ljallanganbarcha materiallar turlarga ajratilgan va ma'lum tartib bilan har qaysisi joy-joyiga qo'yilgan bo'lishi kerak. Qaychilar qutichada saqlanadi. Foydalanib bo'lgandan keyin bo'yoqlar bankalarga qayta quyiladi (bankalarning og'zini bo'yoq qurib qolmasligi uchun mahkam qilib berkitish kerak). Bankalardagi guash bo'yoqlari ustiga suv quyish lozim. Qog'oz dasta qilib taxlanib saqlanadi. Rangli qog'ozlarni kichikroq bo'laklarga qirqib, press ostiga qo'yish mumkin (keyin katta guruhlarda ular individual konvertlarga solinadi). Tartibli joylashtirilgan material kam joyni egallaydi, yaxshi saqlanadi, ulardan foydalanish ham qulay bo'ladi.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan ulkan islohatlarning
muvaffaqiyatga eng avvalo odamlarning o‘z ishlariga ma'suliyat bilan qarashlariga,
kundalik mehnat faoliyatida mamalakat taraqqiyotiga hissa bo‘lib qo‘shiladigan
savobli ishlarni qila oshilariga bog‘liq. Jamiyatda pedagog (o‘qituvchi, tarbiyachi)
birinchidan, o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ikkinchidan mehnatkash
xalqimizga har tomonlama bilim berishdek savobli va ma'suliyatli vazifalarni
bajaradi.
Pedagogika – bu kelajak, istiqbol uchun meros qilib qoldiriladigan boylikdir.
Bu boylikning qadr-qimmati shu qadar buyukki, u odamni ma'naviy jihatdan boy
qilib, qalbini baxtga, ilohiy nurga to‘ldiradi. Dunyoda biror kimsa yo‘qki, uning
ustozi bo‘lmasa. U xukumat rahyuarimi, buyuk allomami, shifokormi, xalq
mexrini qozongan yozuvchimi yoki qo‘ligul kosibmi, qo‘yingki, barchabarchaning o‘z ustozi va hayot yo‘lini charog‘on etib turuvchi
yo‘lboshchisibo‘ladi.
Ustozning eng buyuk burchi – uning xalqqa nafi tegadigan, aql-idrokli,
qobiliyatli, uquvli shogirdlar tayyorlashdir.
Tarbiyachi yosh avlodni halqimizning munosib farzandlari qilib
tarbiyalashdek muhim va fahrli shu bilan birga ma'suliyatli vazifani bajaradi.
Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarning tarbiyalash sifati uchun halq va
jamiyat oldidagi o‘z ma'suliyatini anglashga ta'lim - tarbiya ishlarini hal etishga
ijodiy yondoshishga o‘z maxoratini doimo faollashtirib bori shva hamkasblarning
ishdagi o‘sishga ko‘maklashuviga yordam beradi. Tarbiyachi o‘zi yashab turgan
o‘lka xayotini bilishi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi ijtimoiy faol bo‘lishi
kerak.
Respublikamiz rahbariyati pedagoglar faoliyatini yuqori baholamoqda.
Ma'lumki Uzbekiston Respublikasi prezidenti farmoniga binoan oktyabr oyining
Halq ta'limi hodimlari – o‘qituvchi murabbiylar kuni deb e'lon qilindi. Bu voqyea
davlatimizni o‘qituvchilarni jamiyatda tutgan o‘rni naqadar yuksakligidan dalolat
beradi. Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda erishgan yutuqlari uchun,
pedagog ishidagi ijodiy mehnatlari uchun, ilg‘or tajribalarni umumlashtirishda
erishgan yutuqlari uchun o‘qituvchi, tarbiyachilar «Metodist o‘qituvchi», «katta
o‘qituvchi», «Metodist - tarbiyachi», «Xalq maorifi a'lochisi» vash u kabi sharafli
unvonlar bilan taqdirlanadilar. Xalq ta'limi xodimlari orasidan respublika bo‘yicha
deputatlar saylanishi ham ularga bo‘lgan chuqur xurmat-ehtiromni bildiradi.

Yüklə 120,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin